KELISHUV
Kelishuv qabul qilingan sana |
Kelishuv raqami |
Kelishuv qabul qilingan joy |
Kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodim uchun kafolatlarni qo‘llash bo‘yicha kelishuv
Tashkilot nomi tashkilotda faoliyat yurituvchi direktor Tashkilot rahbarining F.I.O. si,keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladi, bir tomondan hamda fuqaro Xodimning F.I.O. si,keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb yuritiladi, ikkinchi tomondan mazkur kelishuvni quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (keyingi o‘rinlarda – MK) 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan xodimga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shartligini inobatga oladi.
2. Ushbu kelishuvni tuzishdan maqsad taraflar o‘rtasida MKning
385-386-moddalarida belgilangan kafolatlarni ikkinchi (ikkinchi mutaxassislikda) ta’lim olayotgan xodim uchun qo‘llashga kelishildi.
3. Ish beruvchi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
ikkinchi (ikkinchi mutaxassislikda) ta’limni olayotgan xodimga MKning 385-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan davomiylikda (undan ko‘proq bo‘lgan o‘quv ta’tillari nazarda tutilishi ham mumkin) o‘quv ta’tili berishni;
o‘quv ta’tili darida ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlashni;
zaruratga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi saqlagan holda qisqartirilgan ish haftasi rejimida ishlashni qo‘llashni.
4. Xodim quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
ta’lim tashkilotida o‘quv laboratoriya-imtihon sessiyalari boshqalanishi haqida ma’lumotnomani o‘z vaqtida ish beruvchiga taqdim etishni;
ta’lim tashkilotida sidqidildan ta’lim olish va o‘zlashtirishni;
ish beruvchi tomonidan qo‘llanilgan kafolatlarni suiiste’mol qilmaslik, ta’lim tashkilotida o‘quv tashkil etilmaganda ish joyida bo‘lishni (boshqa davlat yoki hududda o‘qish davri bundan mustasno);
ta’lim tashkilotini tamomlagandan so‘ng, Xodimning ish beruvchi oldida bajarishi lozim bo`lgan majburiyatlari;
mazkur kelishuv imzolangandan so‘ng, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra (MKning 161-moddasi 4-5-qismlari bo‘yicha) mehnat shartnomasi bekor qilinganida unga kafolat davrida qo‘llanilgan to‘lovlarni mutanosib tarzda ish joyi bo‘yicha tashkilotga qaytarish majburiyatini;
mazkur bandning beshinchi xatboshisida belgilangan ishlab berish majburiyatini bajarmay, mehnat shartnomasi bekor qilinganda kafolatlar qo‘llanilgan barcha davrlar uchun ish beruvchi tomonidan to‘lab berilgan ish haqlari ish joyi bo‘yicha tashkilotga qaytarish majburiyatini.
5. Mazkur kelishuv Kelishuvning amal qilish muddati ga qadar amal qiladi (xodimning talabalar safidan muddatidan avval chiqarilgan holatlar bundan mustasno).
6. Ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi bilan bog‘liq to‘lovlar ish beruvchi tomonidan kompensatsiya qilib berilmaydi.
7. Tomonlar kelishuv shartlari bajarilmaganligi uchun javobgar hisoblanadilar.
8. Kelishuv doirasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni tomonlar muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etishadi, tomonlar kelishuvga kelolmagan holda – ular sud tartibiga muvofiq hal etiladi.
9. Mazkur kelishuv bir xil kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi va mehnat shartnomasining ajralmas qismi sifatida unga ilova qilinadi.