BUYRUQ
Buyruq qabul qilingan sana |
Buyruq raqami |
Buyruq qabul qilingan joy |
Oliy o‘quv yurtida ta’lim olish munosabati bilan
ta’til berish to‘g‘risida
Mehnat kodeksining 384-moddasi. Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirayotgan xodimlar uchun kafolatlar
Kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan xodimlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarini topshirish uchun kamida o‘n besh kalendar kun muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, ta’lim tashkilotlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.
385-modda. Kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:
oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;
oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 384, 385-moddalariga muvofiq,
BUYURAMAN
1. Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi - Tashkilot nomi Xodimning lavozimi Oliy ta’lim muassasasining nomi ta’lim olayotganligi munosabati bilan O‘quv sessiyasining soni sessiyasida ishtirok etishi uchun O‘quv ta’tili boshlanadigan sanadan O‘quv ta’tilining muddati (kalendar kunda) kalendar kundan iborat ta’til berilsin.
2. Mazkur ta’til davrida xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinsin.
3. Xodimning ishga chiqish sanasi xodimning ishga chiqish kuni sifatida belgilansin.
4. Buxgalteriya bo‘limi Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismiga hisobot oyi yakuni bo‘yicha ish haqi hisoblashda xodimning ta’tilda bo‘lgan davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishini hisobga olsin.
Asos:O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 384, 385-moddalari, Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi ning arizasi, Oliy ta’lim muassasasining nomiining chaqiruv xati.
Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi |
_______________ |
Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si |
(imzo)