ALOHIDA TURDAGI VA KOMPLEKSDAGI ISHLARNI BAJARISHGA YORDAMCHI PUDRAT SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Bosh pudratchining nomi va tashkiliy huquqiy shakli; (keyingi o‘rinlarda “Bosh pudratchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi Bosh pudratchi nomidan harakat qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va Yordamchi pudratchining nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Yordamchi pudratchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi Yordamchi pudratchi nomidan harakat qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:
1. SHARTNOMANING PREDMETI
1.Yordamchi pudratchi Loyihani tasdiqlagan organ nomi tomonidan Loyiha tasdiqlangan sanada tasdiqlangan loyihaga muvofiq, quyidagi obyektning Korxona, bino, inshoot yoki uning navbatdagi qismi nomi yangisini qurish, qayta jihozlash yoki kengaytirish bo‘yicha Montaj va boshqa maxsus qurilish ishlarining turlari nomiishlarni bajarish majburiyatini oladi.
2.Yordamchi pudratchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:
Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, titul ro‘yxati, montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarish jadvaliga muvofiq shartnomada nazarda tutilgan ishlarni bajarish, bajarilgan ishlarning tayyorligini ta’minlash, qurilish me’yorlari va qoidalari bilan belgilangan tartibda mazkur ishlarni topshirish;
Bosh pudratchi va Buyurtmachi bilan birgalikda quyidagi ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarni ishga tushirish:
3. Bosh pudratchining majburiyatlari:
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, uskunalar, materiallar va ashyolarni yordamchi pudratchiga topshirish;
Obyekt qurilishining; konstruktsiyalarining va alohida turdagi ishlarning tayyorligini ta’minlash;
Ushbu shartnoma bo‘yicha Yordamchi pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish va haqini to‘lash.
4. Alohida turdagi va kompleksdagi ishlarning shartnomaviy bahosi (smetaviy qiymati) asosida ushbu shartnoma bo‘yicha Yordamchi pudratchiga topshirilayotgan ishlarning qiymati Yordamchi pudratchiga topshirilayotgan ishlarning qiymati miqdori so‘mni tashkil etadi.
Amaldagi tartibga muvofiq, alohida turdagi va kompleksdagi ishlarning qiymati qurilish jarayonida aniqlashtiriladigan holda ushbu shartnomaga asosan Yordamchi pudratchiga topshiriladigan ishlar qiymati shartnomaviy baho, ko‘rsatilgan turdagi va kompleksdagi ishlarning qiymati sifatida belgilanadi.
5. Ushbu shartnoma bo‘yicha maxsus shartlar: Ushbu shartnoma bo‘yicha maxsus shartlar
6. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, taraflarga bir nusxadan beriladi.
7. Shartnoma taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va taraflar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni to‘liq bajarmagunlaricha amalda bo‘ladi.
8. Shartnoma shartlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, shartnomani bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar uning ajralmas qismi hisoblanadi, ular albatta, inobatga olinishi zarur.
9. Shartnomani bir taraflama rad etish, uning shartlariga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
10. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
11. Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.
7. TARAFLARNING REKVIZITLARI
BOSH PUDRATCHI: Yuridik manzili: Bosh pudratchining yuridik manzili H/R:Bosh pudratchining hisob raqami Bank kodi Bosh pudratchining bank kodi STIR:Bosh pudratchining STIR raqami Bosh pudratchining telefon raqami
|
YORDAMCHI PUDRATCHI: Yuridik manzili: Yordamchi pudratchining yuridik manzili H/R:Yordamchi pudratchining hisob raqami Bank kodi Yordamchi pudratchining bank kodi STIR:Yordamchi pudratchining STIR raqami Yordamchi pudratchining telefon raqami
|