O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

IKKILAMCHI IJARAGA BERISH SHARTNOMASI NAMUNASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisidagi”gi hamda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunlariga muvofiq, kelgusida “IJARAGA BERUVCHI” deb ataluvchi yuridik shaxs Ijaraga beruvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Ijaraga beruvchi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va kelgusida “IKKILAMCHI IJARAGA OLUVCHI” deb ataluvchi yuridik shaxs Ikkilamchi ijaraga oluvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi Ikkilamchi ijaraga oluvchi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:

 

1. SHARTNOMANING PREDMETI

 

1.1. Shartnomaga muvofiq, Ijarachi topshiradi, Ikkilamchi ijaraga oluvchi esa, ushbu shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan quyidagi mol-mulkni Ijaraga beriladigan mol-mulkning nomi (keyingi o‘rinlarda “Mulk” deb yuritiladi) vaqtincha foydalanish uchun ijaraga oladi.

1.2. “Ikkilamchi ijaraga oluvchi” esa mazkur binodan Ijaraga olingan binodan foydalanish maqsadimaqsadida foydalanishi shart.

 

2. IJARA HAQINING MIQDORI VA TOʻLOV MUDDATLARI

 

2.1. Tomonlarning kelishuviga asosan bir oylik ijara haqi Bir oylik ijara to‘lovi miqdori soʻm etib belgilangan.

2.2. Ijara uchun toʻlovlar har oyning Ijara to‘lovini amalga oshirish (to‘lash) muddati sanasigacha Ijara haqini to‘lash usuli (naqt pulda, pul ko‘chirish yo‘li bilan va hokazo) yoʻli bilan amalga oshiriladi.

2.3. Kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar Ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi.

2.4. Zaruratga asosan binoni taʼmirlash Ijaraga beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.

3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

1.“IJARAGA BERUVCHI” ning huquqlari:

 

3.1.1. Ijaraga berilgan mulklarning “Ikkilamchi ijaraga oluvchi” tomonidan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini, uni ozoda saqlanishi, yongʻinga qarshi va sanitariya qoidalariga amal qilinishini koʻzdan kechirib borish, dalolatnoma yoki boshqa hujjatlar tuzish;

3.1.2. Ijara haqini tegishli muddatlarda toʻlanishini talab qilish, “Ikkilamchi ijaraga oluvchi” bilan birgalikda hisob kitoblarni solishtirish dalolatnomalarini tuzish.

3.1.3. Shartnoma shartlarini oʻzaro yoki sud orqali tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish.

 

2.IJARAGA BERUVCHI”ning majburiyatlari:

 

3.2.1. Ijaraga berilgan mulk nizosiz ekanligi va oʻziga tegishli ekanligini tegishli hujjatlar bilan asoslash;

3.2.2. Shartnoma tuzilganidan soʻng Ijara obyektini shartnoma tuzilganidan so‘ng ijara obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi orqali “IJARAGA OLUVCHI”ga topshirish;

3.2.3. Ijara obyektini sotishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirishi toʻgʻrisida Ijaraga beruvchi ijara obyektini sotish yoki boshqacha tarzda begonalashtirishi to‘g‘risida ijaraga oluvchini maʼlum qilish muddati kun oldin “Ikkilamchi ijaraga oluvchi”ga maʼlum qilish.

 

3. “IKKILAMCHI IJARAGA OLUVCHI”ning huquqlari:

3.3.1. Ijara mulkidan ushbu shartnomada belgilangan muddatda va tegishli maqsadga muvofiq foydalanish;

3.3.2. Shartnomani bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotnomalar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish va olish.

 

“IKKILAMCHI IJARAGA OLUVCHI” ning majburiyatlari:

 

3.4.1. Ijara mulkidan maqsadga muvofiq foydalanish;

3.4.2. Mulkdan, asbob-uskunalar va inventardan tegishli ravishda foydalanish;

3.4.3. Mulk va uning hududini ozoda saqlashi, barcha sanitar, yongʻinga qarshi va elektr energiyadan foydalanish qoidalariga amal qilish;

3.4.4. Ijara mulkining xavfsizligini taʼminlash.

3.4.5. Ijara shartnomasi muddati tugagach, barcha mulklarni “IJARAGA BERUVCHI”ga toʻliq ravishda topshirish.

3.4.6. “IJARAGA BERUVCHI” ning yozma roziligisiz ijara mulki bilan bogʻliq huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek binoni subijaraga bermaslik.

 

4. MAJBURIYATLARNI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

 

4.1. Taraflar uchun ushbu shartnomada belgilanmagan javobgarlik masalasi Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

 

5. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH ASOSLARI

 

5.1. Ushbu shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

5.2. Shartnoma quyidagi hollarda sud tartibida bir tomonlama oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi:

Egallangan mulklardan shartnomaning 1.2. bandida koʻrsatilgan maqsadlarga nomuvofiq ravishda foydalanish hollari aniqlanganda;

Mulklarni yongʻinga qarshi va sanitariya qoidalariga zid ravishda foydalanilayotganligi hamda xavfsizlikni taʼminlash choralari koʻrilmaganligi aniqlansa va bu holatlar tegishli xizmatlar tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan tasdiqlanganda yoxud Qonunda koʻrsatilgan boshqa hollarda.

5.3. Sud qarori asosida.

 

6. SHARTNOMANI KUCHGA KIRISHI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

6.1. Mazkur shartnomada ijara muddati Ijaraga berish shartnomasi boshlanadigan sana dan Ijara muddati tugaydigan sanagacha belgilangan muddat davomida yuridik kuchga ega boʻladi.

6.2. Mazkur shartnoma ikki nusxadan iborat boʻlib, ularning har biri bir xil yuridik kuchga ega.

6.3. Ushbu shartnoma boʻyicha kelib chiqqan nizolar taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tartibida hal qilinadi.

 

7. TARAFLARNING REKVIZITLARI

IJARAGA BERUVCHI:

Yuridik manzili: Ijaraga beruvchining yuridik manzili

H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami

Bank kodi Ijaraga beruvchining bank kodi

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

Ijaraga beruvchining telefon raqami

IKKILAMCHI IJARAGA OLUVCHI:

Yuridik manzili: Ikkilamchi ijraga oluvchining yuridik manzili

H/R: Ikkilamchi ijraga oluvchining hisob raqami

Bank kodi Ikkilamchi ijraga oluvchining bank kodi

STIR: Ikkilamchi ijraga oluvchining STIR raqami

Ikkilamchi ijraga oluvchining telefon raqami

 

 

Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi