O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Dilerlik shartnomasi

Hujjat tavsifi
Umumiy
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

DILERLIK SHARTNOMASI NAMUNASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

1.1. Sotuvchi tashkilotining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Sotuvchi tashkilotining rahbari F.I.O bir tomondan va Diler tashkilotining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Diler” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Diler tashkiloti rahbarining F.I.O. ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Sotuvchi topshiriq beradi, Diler esa, quyidagi harakatlarni bajarish majburiyatini oladi: Keyingi o‘rinlarda mahsulot deb yuritiladigan Diler tomonidan sotilishi nazarda tutilgan mahsulotning nomi ni tarqatish (sotish);

Sotuvchi tomonidan Sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib beriladigan hudud hududida yetkazib berilayotgan Mahsulotga nisbatan sotuvdan oldingi (marketing) va sotuvdan keyingi zaruriy tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash.

 

 

2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI

2.1. Diler o‘zi faoliyat yuritadigan hududda quyidagilarni bajarish majburiyatini oladi:

2.1.1. Mahsulotni sotish bozorini kengaytirish maqsadida marketing-reklama ishlarini amalga oshirish;

2.1.2. Mahsulotning har bir nusxasini Sotuvchi taqdim etgan original o‘rash vositasida va yagona majmuada (komplektda) sotish;

2.1.3. Mahsulotni Sotuvchi bilan kelishgan baholarda va belgilangan hudud doirasida sotish;

2.1.4 Mahsulotdan bevosita foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularga Mahsulotdan ruxsatsiz nusxa olish ta’qiqlanganligi haqidagi shartni ko‘rsatish;

2.1.5. Barcha mahsulot sotib oluvchilarni ro‘yxatga olish. Mahsulotni sotish paytida sotib

oluvchilarga mahsulotdan foydalanish huquqini beruvchi belgilangan shakldagi ish qog‘ozlarida

bitilgan litsenziyalarni Sotuvchi nomidan berish;

2.1.6. Sotuvchiga Mahsulot sotib oluvchilari va berilgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etib borish;

2.1.7. Sotuvchiga mahsulotdan bevosita foydalanuvchilar tomonidan mahsulotdan ruxsatsiz nusxa olinishining oldini olishda yordam berish;

2.1.8. Sotuvchining ruxsatisiz Mahsulotdan yoki uning komponentidan (yo‘riqnoma, ta’riflar) qisman yoki to‘liq nusxa olmaslik, shuningdek yo‘riqnoma va ta’riflarni chop etib ko‘paytirmaslik.

Dilerning shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

2.2. Sotuvchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:

2.2.1. Dilerning tezkor so‘rovlari bo‘yicha belgilangan muddatlarda sotish uchun butlangan holdagi (komplekt) Mahsulotni topshirish;

Dilerga Mahsulotni yetkazib berishning eng kam muddati Dilerga Mahsulotni yetkazib berishning eng kam muddati belgilab qo‘yiladi.

2.2.2. Reklama-texnik materiallar nusxalarini taqdim etish, reklamani joylashtirishda yordam ko‘rsatish, Diler va uning rekvizitlarini Sotuvchining umumfirma reklama materiallarida

ko‘rsatib o‘tish;

2.2.3. Dilerning o‘zi sotishdan manfaatdor bo‘lgan oxiridagi sotib oluvchilarga (foydalanuvchilarga), shuningdek Dilerning mijozlari bo‘lgan foydalanuvchilarga mahsulotni sotmaslik;

Shartnomaning 2.1.3-bandida kelishilgan Diler xizmat ko‘rsatadigan hududda Dilernikiga o‘xshash faoliyatga uchinchi shaxslarni jalb etmaslik;

2.2.4. Dilerni mahsulotdagi texnik o‘zgarishlar va narx siyosati to‘g‘risida tezkor tartibda

xabardor qilib borish;

Sotuvchining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari.

 

2. MAHSULOT QIYMATI

2.1. Mahsulotning oxirida foydalanuvchi uchun qiymati Sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Diler uchun mahsulot qiymati mazkur shartnoma taraflari tomonidan kelishiladigan Dilerlik chegirmasi bilan belgilanadi.

2.2. Diler uchun chegirma Dilerning Sotuvchi bilan kelishilgan miqdorda amalga oshiriladigan marketing va reklamaga xarajatlar hamda distribtyutorlik haqini o‘z ichiga oladi.

2.3. Mahsulotning bazaviy komplektiga va uni kengaytirishga chegirmalar Sotuvchi tomonidan kelishilgan muddatda bir marta beriladi va bir marta belgilanadi.

Mahsulotning shartnomaviy bahosi Sotilishi ko‘zda tutilgan mahsulotning narxi so‘mni tashkil qiladi.

 

3. HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

3.1. Diler Sotuvchiga Dilerning sotuvchiga haq to‘lash usuli bilan haq to‘laydi. To‘lov Dilerning buyurtmasiga muvofiq Sotuvchi tomonidan barcha yetkazib berilgan Mahsulot komplektlari uchun yetkazib berilgan (olingan) kundan boshlab Sotuvchi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot uchun Diler tomonidan to‘lovlar tovar sotilgan kundan 2 ish kunida to‘lovni amalga oshiradi.

3.2. Sotuvchi Dilerga qo‘shimcha chegirmalarni hisobot choragi tugagandan so‘ng 2 ish kunida to‘lashi lozim. 2 kun ichida mablag‘larni to‘lov topshiriqnomasi bilan Dilerga Dilerning sotuvchiga haq to‘lash usuli yo‘li bilan to‘laydi va bu haqda uni tegishli bildirishnoma bilan xabardor qiladi.

3.3. Chegirmalarni to‘lash Dilerning roziligi bilan o‘zaro talablarni hisobga olish yoki mahsulotning qo‘shimcha komplektlarini yetkazib berish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

4. MAXSUS SHARTLAR

4.1. Diler mahsulot boyicha uchinchi shaxslar bilan agentlik yoki dilerlik shartnomalari tuzishga haqli, ammo Dilerning Sotuvchidan olgan mahsulotni sotish va Mahsulotga nisbatan boshqa harakatlar yuzasidan Sotuvchiga nisbatan majburiyatlari o‘z kuchida qoladi.

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Mazkur shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun

taraflarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

5.2. Diler belgilangan muddat ichida Mahsulot haqini to‘lamagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun Mahsulotga to‘langan mablag‘ hisobida Mahsulot qiymatining Diler to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi uchun to‘lashi lozim bo‘lgan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi.

5.3. Dilerga belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng qo‘shimcha chegirmalarni to‘lamagan taqdirda, Sotuvchi har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lovi kechiktirilgan summaning Sotuvchi Dilerga qo‘shimcha chegirmalarni o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun to‘lashi lozim bo‘lgan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi.

5.4. Diler shartnomaning 5.2-bandi, Mahsulotni saqlash va tashish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar talablarini bajargan taqdirda, Mahsulotning sifati uchun javobgarlik Sotuvchiga yuklatiladi.

5.5. Sotuvchi Mahsulot bo‘yicha kafolat majburiyatlarini yaroqsiz Mahsulotni bepul almashtirib berish yo‘li bilan ta’minlaydi.

5.6. Mazkur shartnomaning 2.1.8-bandi talablarini buzgan taqdirda. Diler Sotuvchiga boy berilgan foydani to‘laydi.

 

6. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA

NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

6.1. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati kuniga qadar amal qiladi.

6.2. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning kelishuviga muvofiq, yozma ravishda tuzilgan va ularning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.

Shartnoma, uni muddatidan ilgari bekor qilish to‘g‘risidagi taklif yuborilganligidan so‘ng bir oylik muddatda bekor qilinishi mumkin. Ushbu muddat davomida taraflar o‘zaro hisob-kitoblarni to‘liq amalga oshirgan, Diler esa Sotuvchidan moddiy javobgarlik asosida olingan moddiy boyliklar va Mahsulotlarni to‘liq topshirgan hollarda shartnoma bekor qilinishi mumkin.

6.3. Muzokaralar orqali taraflarning o‘rtasida kelib chiqqan nizolar hal bo‘lmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, shartlari o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqadigan sud nomi sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

SOTUVCHI:

Yuridik manzili: Sotuvchi korxonaning yuridik manzili

H/R: Sotuvchi korxonaning hisob raqami

Bank kodi Sotuvchi korxonaning bank kodi

STIR: Sotuvchi korxonaning STIR raqami

Sotuvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

 

 

Muhr orni

DILER:

Yuridik manzili: Dilerning yuridik manzili

H/R Dilerning hisob raqami

Bank kodi Dilerning bank kodi

STIR: Dilerning STIR raqamiDilerning telefon raqami

 

 

Muhr orni

 

 

Dilerlik shartnomasi