AXBOROT BERISH VA MASLAHAT-MA’LUMOT XIZMATI KO‘RSATISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Ijrochi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi Ijrochi tashkilot nomidan harakat qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va Buyurtmachining nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi Buyurtmachi nomidan harakat qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Buyurtmachi topshiriq beradi, Ijrochi esa, ushbu shartnomada belgilangan shartlarda va hajmda quyidagilarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi Buyurtmachini qiziqtiradigan axborotning mazmuni va yo‘nalishi bo‘yicha axborot berish xizmati ko‘rsatish. Maslahat, ma’lumotnomaning mazmuni va yo‘nalishi bo‘yicha maslahat-ma’lumot berish xizmati ko‘rsatish.
2. IJROCHINING MAJBURIYATLARI
2.1. Ijrochi axborot berishning quyidagi turdagi xizmatlarini ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi:
Byulletenlarni tuzish va jo‘natish bo‘yicha:
Buyurtmachining so‘rovnomasini kompyuterning ma’lumotlar bankiga joylashtirish;
Ma’lumotlar bankida mavjud bo‘lgan axborotga ishlov berish;
Buyurtmachini qiziqtiradigan axborotni qidirish variantlarini ko‘rib chiqish;
Buyurtmachini uni qiziqtiradigan axborotlarning ma’lumotlar bankiga kelib tushganligi haqida xabardor qilish.
3. BUYURTMACHINING MAJBURIYATLARI
3.1. Buyurtmachi mazkur shartnomaning 4-bo‘limida nazarda tutilgan miqdorda va muddatlarda Ijrochining ishiga haq to‘lash majburiyatini oladi.
3.2. Ijrochini shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bilan ta’minlaydi.
3.3. Olingan axborot, ma’lumotnoma, maslahatdan qanday foydalanganlik to‘g‘risida Ijrochiga (uning so‘rovnomasi bo‘yicha) ma’lumot beradi.
3.4. Olingan axborotni Ijrochining yozma ruxsatisiz boshqa foydalanuvchilarga topshirmaslik majburiyatini oladi.
4. IJROCHINING XIZMATLARIGA HAQ TO‘LASH MIQDORI VA TARTIBI
4.1. Ushbu shartnomaning 1.1. bandiga muvofiq, Ijrochi tomonidan bajarilgan ishlar uchun Buyurtmachi Bajarilgan ishlar uchun to‘lanadigan summa miqdori so‘mni bir vaqtning o‘zida pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi.
4.2. Abonentlik xizmati ko‘rsatish uchun to‘langan pul qaytarilmaydi.
5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA NUSXALARI
5.1. Ushbu shartnoma Shartnoma tuzilgan sana dan Shartnoma amal qiladigan sana gacha bo‘lgan muddatga tuzilgan bo‘lib, taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
5.2. Shartnoma taraflardan birining tashabbusi bilan, ikkinchi tarafni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
5.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega va taraflarga bir nusxadan beriladi.
6. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
6.2. Ushbu shartnoma boʻyicha kelib chiqqan nizolar taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tartibida hal qilinadi.
7. TARAFLARNING REKVIZITLARI
IJROCHI: Yuridik manzili: Ijrochi tashkilotning yuridik manzili H/R: Ijrochi tashkilotning hisob raqami Bank kodi Ijrochi tashkilotning bank kodi STIR: Ijrochi tashkilotning STIR raqami Ijrochi tashkilotning telefon raqami |
BUYURTMACHI: Yuridik manzili: Buyurtmachining yuridik manzili H/R: Buyurtmachining hisob raqami Bank kodi Buyurtmachining bank kodi STIR: Buyurtmachining STIR raqami Buyurtmachining telefon raqami
|