Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
.Buyurtmachi korxonaning nomi nomidan faoliyat yurituvchi jamiyat rahbari Buyurtmachi korxona rahbarining F.I.O keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi Ijrochi bo‘lgan shaxsning F.I.O si ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar”,alohida “Tomon” deb ataluvchilar quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar.
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi”ning topshirigʻiga binoan “Ijrochi” “Buyurtmachi”ning topshirigʻiga binoan bajarishi lozim bo‘lgan xizmatlar nomi xizmatlarini ko‘rsatadi, “Buyurtmachi” esa koʻrsatilgan xizmatlar – ishlar uchun shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda amaldagi qonunchilik boʻyicha xizmat koʻrsatish majburiyatini oladi.
1.2. Ushbu shartnoma Shartnomaning amal qilish muddatigacha amal qiladi. Shartnoma muddati tugagandan soʻng, eʼtirozlar mavjud boʻlmasa, amaldagi Shartnoma cheklanmagan muddatga Tomonlar tomonidan uzaytirilgan deb tan olinadi;
1.4. Shartnoma shartlari faqat Oʻzbekiston Respublikasida amal qiladi.
II. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
2.1. Barcha toʻlovlar ushbu Shartnoma boʻyicha Tomonlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi – “soʻm”da amalga oshiriladi va Tomonlarning bank kartalariga oʻtkazma orqali amalga oshiriladi.
2.2. Har oyning hisobot davridan keyingi oyning Taraflar o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish sanasi sanasidan kechiktirmay, Tomonlar oʻtgan oy uchun Tizimdan olingan hisobotga koʻra, soliqlarni ushlab qolgan holda oʻtkazmalar amalga oshiriladi.
III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. “Ijrochi”ning huquq va majburiyatlari:
3.1.1. Xizmatlarni lozim darajada sifatli koʻrsatish;
3.1.2. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va ushbu shartnoma shartlarida hamda unga ilova tariqasida berilgan hujjatlarda koʻrsatilgan muddatda koʻrsatish yoki bajarish;
3.1.3. “Buyurtmachi” xizmatlar koʻrsatish jarayonida koʻrsatilgan xizmatlar natijasining sifati yomonlashuviga olib kelgan va ushbu shartnoma shartlaridan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Ijrochi”ning talabiga koʻra barcha aniqlangan kamchiliklarni bir oy davomida yoki kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oʻz hisobidan bajarish;
3.1.4. “Buyurtmachi” tomonidan belgilab berilgan hamda ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan oʻzi koʻrsatish (bajarish);
3.2. “Buyurtmachi”ning huquq va majburiyatlari:
3.2.1. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
3.2.2. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va sifatli koʻrsatilishini talab qilish;
IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. “Buyurtmachi” ushbu shartnomada kelishilgan muddatdan keyin hisob-kitoblarni amalga oshirmasa yoki ragʻbatlantirishlar bilan taʼminlamasa “Ijrochi” sud orqali undirish huquqiga ega.
4.2. “Buyurtmachi” quyidagi hollarda, yaʼni mazkur shartnoma boʻyicha “Ijrochi”ning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda javobgar boʻlmaydi.
4.3. Yetkazilgan zararlarini qoplash va neustoyka toʻlash Taraflarni oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq bajarilishidan ozod qilmaydi.
4.4. Taraflarning ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻllaniladi.
V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
5.1. Ushbu shartnomani bajarish chogʻida va bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar hamda kelishmovchiliklar Taraflar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmagan taqdirda Taraflar kelishmovchiliklarni sudgacha tartibga solishning amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibotini amalga oshirganlaridan soʻng ularni koʻrib chiqish va hal qilish uchun tegishlilik hamda taalluqliligi boʻyicha Sudga murojaat etiladi.
VI. QOʻSHIMCHA SHARTLAR VA YAKUNLOVCHI QOIDALAR
6.1. Mazkur shartnomani oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mehnat toʻgʻrisida qonunchilikdan kelib chiqadigan munosabatlar tatbiq etilmaydi.
6.2. “Ijrochi” tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda “Byurtmachi”ning talabiga asosan shartnoma muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilinadi.
6.3. “Ijrochi” tomonidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish yozma ravishda murojaat etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda shartnoma boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilgan yoxud majburiyatlar bajarilmagan boʻlsa, uning bajarib boʻlmaslik sabablari koʻrsatilishi shart. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish sabablari Taraflar ishtirokida koʻrib chiqiladi va tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. Shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilgan boʻlsa, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar, shartnoma boʻyicha majburiyatlar taraflarning biri tomonidan bajarilmagan boʻlsa, uni toʻliq bajarilishi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi va ushbu holat boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda shartnomaning V boʻlimida nazarda tutilgan yoʻnalishda hal qilinadi.
6.4. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin taraflar oʻrtasidagi majburiyatlarning bajarilishi oʻz-oʻzidan toʻxtatiladi. Bunda taraflarning yozma ravishdagi roziliklari talab etilmaydi.
6.5. Ushbu xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanib, uning bajarilishi tartibi Mehnat kodeksi va qonunchiligidagi normalarga, shuningdek, munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
6.6. Mazkur shartnoma boʻyicha ilovalar uning ajralmas qismini tashkil etadi.
6.7. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilib, ikkala nusxa bir xil kuchga ega va har bir Tarafda ushbu shartnomaning bir nusxasi saqlanadi.
TARAFLARNING REKVIZITLARI VA MANZILLARI
BUYURTMACHI: Yuridik manzili: Buyurtmachi korxonaning yuridik manzili H/R: Buyurtmachi korxonaning hisob raqami Bank kodi Buyurtmachi korxonaning bank kodi STIR:Buyurtmachi korxonaning STIR raqami Buyurtmachi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami
Muhr o‘rni |
IJROCHI: Jismoniy shaxsning manzili: Ijrochi jismoniy shaxsning yashash manzili Pasport ma’lumotlari Ijrochi jismoniy shaxsning pasport ma’lumoti Jismoniy shaxsning INN raqami: Ijrochining INN raqami Ijrochining telefon raqami Imzo |