O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Baxtsiz hodisalardan jamoaviy sugʻurta qilishning shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

 

 

BAXTSIZ HODISALARDAN JAMOVIY SUG‘URTA QILISH SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Sugʻurta kompaniyasining nomi Sugʻurta kompaniyasi,keyingi oʻrinlarda Sugʻurtalovchi deb nomlanuvchi, Sugʻurta kompaniyasiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbari Sugʻurta kompaniyasi rahbari F.I.O bir tomondan va 7Sugʻurta qildiruvchi tashkilotning nomi keyingi oʻrinlarda Sugʻurta qildiruvchi deb nomlanuvchi, Sug‘urta qildiruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi rahbari Sug‘urta qildiruvchi tashkilot rahbarining F.I.O ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda Tomonlar ushbu Shartnomani tuzdilar:

SHARTNOMA PREDMETI

 

1. Baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish Qoidalari (keyinchalik – “sugʻurta Qoidalari”) hamda ushbu sugʻurta Shartnomasida koʻzda tutilgan shartlar, istisno va ilovalarga muvofiq, Sugʻurtalovchi Shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, Sugʻurtalangan shaxsga (Naf oluvchiga) Shartnomada kelishilgan sugʻurta summasi doirasida sugʻurta tovonini toʻlab berish (taʼminlash) majburiyatini oladi.

2. Ushbu Shartnomaga koʻra Sugʻurta qildiruvchining ishchilari, keyingi oʻrinlarda Sugʻurtalangan shaxslar deb nomlanuvchilar, Shartnomaning 3-boʻlimida keltirilgan xavflardan sugʻurtalanadi. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurtalangan shaxs boʻlib, sugʻurtalangan shaxslar roʻyxatida koʻrsatilib oʻtilgan, uning mulkiy manfaatlariga nisbatan Sugʻurta qildiruvchi Sugʻurtalovchi bilan Shartnoma tuzgan, Sugʻurta qildiruvchining ishchisi boʻlgan jismoniy shaxs hisoblanadi.

2. SUGʻURTA OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI

 

2.1. Sugʻurta obyekti boʻlib, Sugʻurtalangan shaxsning Sug‘urta qilinayotgan shaxsning sug‘urta obyektlari nomi va uning hayotida Shartnomada koʻzda tutilgan sugʻurta hodisasining yuz berishi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

2.2. Sugʻurta subyektlari boʻlib, Sugʻurtalovchi va Shartnomada Sugʻurta qildiruvchi, Sugʻurtalangan shaxs va Naf oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxslar hisoblanadi.

3. SUGʻURTA HODISALARI

3.1. Ushbu Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurta hodisalari hisoblanadi:

Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta hodisalari nomi

 

4. SUGʻURTA SUMMASI

 

4.1. Ushbu Shartnomaga koʻra bitta Sugʻurtalangan shaxs uchun sugʻurta summasi Sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta summasi miqdori soʻm miqdorida belgilanadi.

Ushbu summa Sugʻurtalovchining ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan va Shartnoma amal qilish davrida yuz bergan barcha sugʻurta hodisalari boʻyicha yagona javobgarlik limiti hisoblanadi.

5. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA UNING AMAL QILISH MUDDATI. SUGʻURTA SHARTNOMASINI TUGATILISH TARTIBI

 

5.1. Ushbu Shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati yil muddatga tuzilgan. Shartnoma Tomonlarning maxsus vakolatga ega boʻlgan shaxslari imzolagan kundan kuchga kiradi. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha javobgarligi sugʻurta mukofoti (yoki uning birinchi qismi) Sugʻurtalovchi bank hisob raqamiga kelib tushgan yoki sugʻurta mukofoti (yoki uning birinchi qismi) Sugʻurtalovchi kassasiga naqd pul koʻrinishida toʻlangan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.

6. SUGʻURTA TOVONI VA UNI TOʻLASH TARTIBI

 

6.1. Sugʻurta tovoni Sugʻurtalovchi tomonidan Sugʻurtalangan shaxsga yoki uning merosxoʻriga Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta mukofotini toʻliq va oʻz vaqtida toʻlagandagina toʻlab beriladi. Agar Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlgunga qadar, Shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta mukofotining faqatgina bir qismini toʻlagan boʻlsa, u holda Sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz bergan vaqtda sugʻurta summasining miqdorini sugʻurta mukofotining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda cheklaydi.

6.2. Sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta tovonini olish uchun Sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

oʻrnatilgan shakldagi ariza;

baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtdan eʼtiboran 3 (uch) taqvim kuni ichida berilgan, shuningdek, sugʻurta hodisasining sanasini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar (kasallik varaqasining nusxasi, davolanishning davomiyligi haqida maʼlumotnoma, Tibbiy mehnat ekspert kmissiyasi xulosasining nusxasi;

oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma);

sugʻurta hodisasining sababi va xarakterini aniqlash uchun zarur boshqa hujjatlar;

jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;

sugʻurta summasini oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va zarur boʻlganda, meros huquqining kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

6.15. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan Sugʻurtalovchiga sugʻurta taʼminotini toʻlash boʻyicha daʼvolar OʻzR qonunchiligida belgilangan, daʼvolarni koʻrib chiqish muddatlarida qondiriladi.

7. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

7.1. Sugʻurta qildiruvchining huquqlari:

7.1.1. sugʻurta qilish Qoidalari bilan tanishish;

7.1.2. Sugʻurtalovchi tomonidan ushbu sugʻurta Shartnomasi shartlari talablariga rioya etilishini tekshirish;

7.1.3. sugʻurta polisi yoʻqolgan taqdirda, uning dublikatini olish;

7.1.4. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, ushbu Shartnomada va sugʻurta Qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

7.2. Sugʻurta qildiruvchining majburiyatlari:

7.2.1. ushbu Shartnomada belgilangan miqdorlarda va muddatlarda sugʻurta mukofotini toʻlash;

7.2.2. sugʻurta hodisasi yuz berganda bu haqda Sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilish;

Sugʻurta qildiruvchining sugʻurta hodisasi yuz berganligi toʻgʻrisida xabar berish majburiyati Sugʻurtalangan shaxs yoki Naf oluvchi tomonidan bajarilishi mumkin;

7.2.3. Sugʻurtalovchiga, uning talabiga binoan Sugʻurtalangan shaxs va Naf oluvchi haqida ishonchli axborotni berish;

7.2.4. Sugʻurtalovchiga yoki uning vakiliga sugʻurta hodisasiga taalluqli boʻlgan axborotni erkin va bepul olish uchun imkon berish;

7.2.5. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, ushbu Shartnomada va sugʻurta Qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

7.3. Sugʻurtalovchining huquqlari:

7.3.1. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan berilgan axborotlarni, shuningdek Sugʻurta qildiruvchi tomonidan ushbu Shartnoma shartlariga va sugʻurta qilish Qoidalariga rioya etilishini tekshirish;

7.3.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, ushbu Shartnomada va sugʻurta Qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.

7.4. Sugʻurtalovchining majburiyatlari:

7.4.1. sugʻurta hodisasi yuz berganda Sugʻurta qildiruvchiga (Sugʻurtalangan shaxsga) sugʻurta tovonini toʻlash yoki ushbu Shartnomada belgilangan muddat va tartibda sababini koʻrsatgan holda tovon toʻlashni rad etish;

7.4.2. Sugʻurtalovchi Sugʻurtalanuvchidan namunaviy sugʻurta Shartnomasi va Qoidalarda koʻzda tutilmagan maʼlumot (hujjatlar)ni talab qilishga haqli emas.

8. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

8.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha qabul qilgan majburiyatlarini buzganliklari uchun OʻzRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.

8.2. Sugʻurta qildiruvchi ushbu sugʻurta Shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda sugʻurta mukofotini oʻz vaqtida toʻlash uchun javobgar.

 

9. SUBROGATSIYA

9.1. Toʻliq yoki qisman sugʻurta tovonini toʻlagan Sugʻurtalovchiga shu summa doirasida Sugʻurta qildiruvchi (Naf oluvchi)ning yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talabi huquqi oʻtadi.

9.2. Sugʻurta qildiruvchi (Naf oluvchi) sugʻurta tovonini olgandan soʻng Sugʻurtalovchiga regress talabi huquqini amalga oshirish uchun barcha zaruriy hujjatlarni berishi va barcha choralarni koʻrishi shart.

9.3. Sugʻurtalovchiga oʻtkazilgan regress talabi huquqi Sugʻurta qildiruvchi (Naf oluvchi) bilan yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi Qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

10. BOSHQA SHARTLAR

10.1. Tomonlar oʻrtasidagi barcha pulli hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

10.2. Ushbu Shartnomaga kiritiladigan barcha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar, shuningdek, Shartnomani bekor qilish va tugatish yozma koʻrinishda boʻlishi kerak.

10.3. Ushbu Shartnoma Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta qilish Qoidalari bilan toʻliq tanishib chiqqani holda tuzilgan.

10.4. Tomonlar Shartnoma shartlarini bajarmaganda yoki notoʻgʻri bajarganda, yuzaga keladigan nizolar Tomonlar muzokarasi orqali hal etiladi, kelishuvga erishishning iloji boʻlmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli sudida yoki Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi huzuridagi Hakamlik sudida koʻrib chiqiladi.

10.5. Ushbu Shartnoma har bir Tomonda bittadan saqlanuvchi va bir xil yuridik kuchga ega ikkita aynan bir xil nusxalarda tuzilgan.

7. TARAFLARNING REKVIZITLARI

SUG‘URTA KOMPANIYASI:

Yuridik manzili: Sugʻurta kompaniyasining yuridik manzili

H/R:Sugʻurta kompaniyasining hisob raqami

Bank kodi Sugʻurta kompaniyasining bank kodi

STIR: Sugʻurta kompaniyasining STIR raqami

Sugʻurta kompaniyasi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

 

SUG‘URTA QILDIRUVCHI:

Yuridik manzili: Sug‘urta qildiruvchining manzili

H/R:Sug‘urta qildiruvchining hisob raqami

Bank kodi Sug‘urta qildiruvchining bank kodi

STIR: Sug‘urta qildiruvchining STIR raqami

Sug‘urta qildiruvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqam

 

Baxtsiz hodisalardan jamoaviy sugʻurta qilishning shartnomasi