BAHOLOVCHILARNING KASBIY JAVOBGARLIGINI SUGʻURTA QILISH BOʻYICHA NAMUNAVIY SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Sugʻurta kompaniyasining nomi Sugʻurta Kompaniyasi,keyingi oʻrinlarda Sugʻurtalovchi deb nomlanuvchi, Sugʻurta kompaniyasiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbari Sugʻurta kompaniyasi rahbari F.I.O bir tomondan va quyida Sugʻurta qildiruvchi deb yuritiladigan, Sugʻurta qildiruvchining F.I.O ikkinchi tomondan, birgalikda TOMONLAR, mazkur Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Baholovchilarning kasbiy javobgarligini sugʻurta qilish Qoidalari (keyingi oʻrinlarda – “Sugʻurta qoidalari”) va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlar, istisno va ilovalariga muvofiq, Sugʻurtalovchi Shartnomada nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berishi natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni Shartnomada kelishilgan sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi.
1.2. Sugʻurtalovchi mazkur Shartnoma boʻyicha Sugʻurta qildiruvchining kasbiy javobgarligini mazkur Shartnomaning 3-boʻlimida kelishilgan xavflardan sugʻurtaga qabul qiladi.
1.3. Sugʻurta qildiruvchi mazkur Shartnoma boʻyicha Sugʻurtalovchiga sugʻurta mukofotini toʻliq va oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini oladi.
1.4. Sugʻurta summasi, franshiza va sugʻurta mukofoti miqdori mazkur Shartnomaning 4-boʻlimida keltirib oʻtilgan.
SUGʻURTA OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI
2.1. Sugʻurta qildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Sugʻurta qildiruvchi baholovchi kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida Sugʻurta qildiruvchi baholovchi kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keluvchi sug‘urta hodisalari nomi sugʻurta obyekti hisoblanadi.
2.2. Sugʻurta subyektlari boʻlib, Sugʻurtalovchi hamda Shartnomada Sugʻurta qildiruvchi va Naf oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxslar hisoblanadi.
2.3. Sugʻurta himoyasi sugʻurta hodisasi yuz berishi oqibatida uchinchi shaxslarga yetkazilgan va ularning Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi zarur boʻlgan zararni qoplash boʻyicha talablarini qondirishni oʻz ichiga oladi.
2.4. Sugʻurta himoyasi Sugʻurta qildiruvchining xodimi oʻz mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarish jarayonida yetkazgan zararni qoplashga nisbatan tatbiq etiladi.
Sugʻurta qildiruvchining xodimlari deb mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida faoliyat yurituvchi fuqarolar, shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi fuqarolar eʼtirof etiladi, basharti ular bunda Sugʻurta qildiruvchining topshirigʻiga binoan va uning nazorati ostida harakat qilgan yoki harakat qilishi lozim boʻlgan boʻlsa.
2.5. Sugʻurta himoyasi mulkiy zararni qoplashga nisbatan tatbiq etiladi.
SUGʻURTA SUMMASI VA SUGʻURTA MUKOFOTI
3.1. Sugʻurtalovchi Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishi uchun javobgar boʻlgan miqdordagi pul mablagʻlari Sugʻurta summasi hisoblanadi.
Mazkur Shartnoma boʻyicha sugʻurta summasi Shartnoma boʻyicha sugʻurta summasi miqdori soʻm miqdorida belgilanadi. Mazkur summa ushbu Shartnomada nazarda tutilgan va uning amal qilish davrida yuz bergan barcha sugʻurta hodisalari boʻyicha Sugʻurtalovchining yagona javobgarlik limiti hisoblanadi.
3.2. Sugʻurta mukofoti bir yoʻla toʻlovni amalga oshirish yoʻli bilan toʻlanadi.
3.3. Sugʻurta mukofoti toʻlangan kun deb, Sugʻurtalovchining bank hisob raqamiga pul kelib tushgan kun (sugʻurta mukofoti naqdsiz pul koʻrinishida) yoki sugʻurta mukofoti Sugʻurtalovchi kassasiga yoki uning vakiliga naqd pul koʻrinishida toʻlangan kun hisoblanadi.
3.4. Sugʻurta shartnomasining amal qilish davrida Sugʻurta qildiruvchi xavf darajasining barcha oʻzgarishlari toʻgʻrisida xavf darajasida oʻzgarish yuz bergan sanadan eʼtiboran oʻn (10) ish kuni ichida Sugʻurtalovchiga yozma ravishda xabar berishi shart. Agar xavf darajasining oshishi sugʻurta mukofoti miqdorini oshirishni talab qilsa, Sugʻurtalovchi Sugʻurta qildiruvchiga tegishli xabarnomani yoki sugʻurta Shartnomasiga qoʻshimcha oʻzgarishni qoʻshimcha sugʻurta mukofoti hisobi bilan birga joʻnatadi. Agar qoʻshimcha sugʻurta mukofotga xabarnoma olingan kundan boshlab 10 (oʻn) ish kuni davomida Sugʻurta qildiruvchi uni toʻlasa, sugʻurta Shartnomasining tegishli oʻzgartirishlari qabul qilingan, xavf darajasining oshishi – qoʻshimcha mukofot toʻlangan paytdan sugʻurtalangan hisoblanadi. Aks holda xavf darajasining oshishi sugʻurtalanmagan hisoblanadi.
SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA UNING AMAL QILISH MUDDATI. SUGʻURTA SHARTNOMASINI TUGATISH TARTIBI
4.1. Sugʻurtalovchi sugʻurta mukofoti (yoki uning birinchi qismi) uning bank hisob raqamiga kelib tushgan yoki sugʻurta mukofoti (yoki uning birinchi qismi) Sugʻurtalovchining kassasiga naqd pul koʻrinishida toʻlangan sanadan boshlab Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha javobgarligi kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisini rasmiylashtiradi va Sugʻurta qildiruvchiga taqdim etadi. Shartnoma (polis) yoʻqolgan taqdirda, Sugʻurtalovchi Sugʻurta qildiruvchining yozma arizasiga binoan, belgilangan tartibda Shartnoma(polis)ning dublikatini beradi, shundan soʻng Shartnoma(polis)ning yoʻqolgan nusxasi haqiqiy emas deb topiladi.
4.2. Sugʻurtalovchining mazkur Shartnoma boʻyicha javobgarligi Shartnomaning amal qilish davrida Sugʻurta qildiruvchining professional faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi va Sugʻurta qildiruvchi bilan uning mijozi oʻrtasida ushbu Shartnomaning amal qilish davrida, baholash xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi imzolangan sanadan eʼtiboran Shartnomaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.
5. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Sugʻurtalovchining majburiyatlari:
5.1.1. Sugʻurta qildiruvchini Sugʻurta qoidalari bilan tanishtirish;
5.1.2. Sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilgan holat boʻyicha Sugʻurta shartnomasi(polis)da kelishilgan muddat ichida sugʻurta summasi va javobgarlik limitlari doirasida sugʻurta tovoni toʻlashni oʻz vaqtida amalga oshirish;
5.1.3. Sugʻurta tovonini toʻlash rad etilgan taqdirda, Sugʻurtalovchi bu haqda Sugʻurta qildiruvchiga yozma ravishda, rad etish sabablarini asoslagan holda, Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida murojaat qilgan kunidan 15 (oʻn besh) taqvim kunidan kechikmagan muddatda xabar berishi shart. Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida murojaat qilgan kun Sugʻurtalovchi tomonidan toʻlovni amalga oshirish yoki uni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kun hisoblanadi;
5.1.4. Sugʻurta qildiruvchi va uning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslik, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
5.1.5. Sugʻurtalovchi Sugʻurta qildiruvchidan sugʻurta qoidalari va mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan maʼlumotlar (hujjatlar)ni talab qilishga haqli emas.
5.2. Sugʻurta qildiruvchining majburiyatlari:
5.2.1. sugʻurta mukofotini mazkur Shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlash;
5.2.2. Sugʻurta shartnomasini tuzayotganda Sugʻurtalovchiga xavf darajasini baholash uchun ahamiyatli boʻlgan oʻziga maʼlum barcha holatlarni xabar qilish;
5.2.3. uchinchi shaxslar tomonidan eʼtiroz yoki daʼvo keltirishga asos boʻlishi mumkin boʻlgan bexosdan yoʻl qoʻyilgan kasbiy xatoni aniqlagan taqdirda zarar miqdorini kamaytirish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrish, hodisa hujjatli
rasmiylashtirilishini taʼminlash va hodisa yuz bergan sanadan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida bu haqda Sugʻurtalovchiga hodisa sababi, holatlari va ehtimol tutilgan oqibatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabar qilish. Arizada quyidagi axborot mumkin qadar toʻliq hajmda ifodalanishi lozim:
–xato harakatlarning xususiyati va sabablari;
–koʻrilishi mumkin boʻlgan zarar, hodisaga daxldor shaxslar, shu jumladan potensial daʼvogarlarning ismlari va manzillari;
–kasbiy xatoga yoʻl qoʻyilgan vaqt;
5.2.4. Sugʻurta qildiruvchiga zararlarni qoplash toʻgʻrisida sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori taqdim etilganda, bu haqda uch kunlik muddat ichida Sugʻurtalovchiga xabar berish va unga mazkur ishga taalluqli barcha hujjatlarni (sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori va sugʻurta hodisasi yuz berganini tasdiqlovchi barcha boshqa yuridik hujjatlarni) taqdim etish;
5.2.5. talab qoʻyilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xatoga biron-bir tarzda sababchi boʻlgan barcha yozuvlar, hujjatlar, asbob-uskunalarni oʻzgartirilmagan va tuzatilmagan holatda saqlash;
5.2.6. Sugʻurtalovchiga xatoning sabablari, holatlari va oqibatlari, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorlari toʻgʻrisida hukm chiqarish imkonini beradigan mavjud barcha axborot va hujjatlarni taqdim etish;
5.2.7. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, ushbu Shartnoma va Sugʻurta qoidalarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
5.3. Sugʻurtalovchining huquqlari:
5.3.1. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni, shuningdek Sugʻurta qildiruvchi tomonidan Sugʻurta shartnomasi (polis) talablari va shartlarining bajarilishini tekshirish;
5.3.2. zaruratga qarab, vakolatli organlarga soʻrovlar yuborish;
5.3.3. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda sugʻurta tovoni toʻlashni toʻxtatib turish;
5.3.4. Sugʻurta qildiruvchi Sugʻurta shartnomasi shartlarini buzgani aniqlangan taqdirda Sugʻurta shartnomasini bekor qilish;
5.3.5. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, ushbu Shartnoma va Sugʻurta qoidalarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
5.4. Sugʻurta qildiruvchining huquqlari:
5.4.1. Sugʻurtalovchini Shartnomani bekor qilishi moʻljallanayotgan sanadan kamida 15 (oʻn besh) taqvim kuni oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda Sugʻurta shartnomasini muddatidan avval bekor qilish;
5.4.2. Sugʻurta shartnomasi (polisi) yoʻqotilgan taqdirda uning dublikatini olish;
5.4.3. Sugʻurta qildiruvchining xohishi bilan va Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan Shartnomaning amal qilish davrida sugʻurta summasini oʻzgartirish;
5.4.4. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, ushbu Shartnoma va Sugʻurta qoidalarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
6. SUGʻURTA TOVONINI TOʻLASH
6.1. Sugʻurta tovonini toʻlash Sugʻurtalovchi tomonidan mazkur Sugʻurta shartnomasi (polisi) shartlariga muvofiq 7.2-bandda koʻrsatilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6.2. Sugʻurta tovonini toʻlash uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
Sugʻurta shartnomasi (polisi);
Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida ariza;
uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori; daʼvo hujjatlarining nusxalari.
Zarurat boʻlganda Sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi bilan bogʻliq maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar, tibbiyot muassasalaridan va sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida axborotga ega boʻlgan boshqa korxona, tashkilot va muassasalardan oladi, shuningdek sugʻurta hodisasining yuz berishi holatlari va sabablarini mustaqil ravishda aniqlashga haqli.
6.3. Sugʻurta tovoni miqdori sud yoki boshqa vakolatli organlar qarori asosida aniqlanadi. Sugʻurta tovoni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlari normalarida belgilangan miqdorda toʻlanadi, ammo u Sugʻurta shartnomasi (polisi)da belgilangan sugʻurta summasi (javobgarlik limiti)dan ortiq boʻlishi mumkin emas.
7. SUBROGATSIYA
7.1. Toʻliq yoki qisman sugʻurta tovonini toʻlagan Sugʻurtalovchiga shu summa doirasida Sugʻurta qildiruvchi (Naf oluvchi)ning yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan regress talabi huquqi oʻtadi.
7.2. Sugʻurta qildiruvchi (Naf oluvchi) sugʻurta tovonini olgandan soʻng Sugʻurtalovchiga regress talabi huquqini amalga oshirish uchun barcha zaruriy hujjatlarni berishi va barcha choralarni koʻrishi shart.
7.3. Sugʻurta qildiruvchi (Naf oluvchi) sugʻurta hodisasi yuz berishiga aybdor shaxsga nisbatan daʼvodan yoki unga qoʻyilgan talablarni amalga oshiruvchi huquqdan voz kechsa, shuningdek, Sugʻurtalovchiga regress talablarni amalga oshirish uchun zaruriy hujjatlarni berishdan bosh tortsa, Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini butunlay yoki maʼlum bir qismini toʻlab berishdan ozod qilinadi va ortiqcha toʻlangan sugʻurta tovoni qaytarib berilishini talab qilishga haqli.
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
8.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha qabul qilgan majburiyatlarni buzganligi uchun OʻzRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.
8.2. Sugʻurta qildiruvchi ushbu sugʻurta Shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda sugʻurta mukofotini oʻz vaqtida toʻlash uchun javobgar.
BOSHQA SHARTLAR
9.1. Tomonlar oʻrtasida barcha pullik hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9.2. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek Shartnomani bekor qilish yoki uning tugatilishi yozma ravishda rasmiylashtirilishi lozim.
9.3. Ushbu Shartnoma Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta qoidalari bilan toʻliq tanishib chiqqanidan keyin tuzilgan.
9.4. Tomonlar Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda yuzaga keladigan nizolar Tomonlarning muzokaralari yoʻli bilan hal etiladi, kelishuvga erishishning iloji boʻlmagan holda esa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli sudida yoki Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi huzuridagi Hakamlik sudida koʻrib chiqiladi.
9.5. Ushbu Shartnoma har bir tomonda bittadan saqlanuvchi va teng yuridik kuchga ega ikkita bir xil nusxalarda tuzilgan.
TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI, BANK REKVIZITLARI VA IMZOLARI
SUGʻURTALOVCHI: Yuridik manzili: Sugʻurta kompaniyasining yuridik manzili H/R:Sugʻurta kompaniyasining hisob raqami Bank kodi Sugʻurta kompaniyasining bank kodi STIR:Sugʻurta kompaniyasining STIR raqami Sugʻurta kompaniyasi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami Rahbar imzosi
Muhr o‘rni |
SUGʻURTA QILDIRUVCHI: Manzili: Sug‘urta qildiruvchining manzili INN:Sug‘urta qildiruvchining INN raqami Sug‘urta qildiruvchining telefon raqami
Sug‘urta qildiruvchi imzosi
|