GAROVGA QOʻYILAYOTGAN TRANSPORT VOSITALARINI KOMPLEKS SUGʻURTALASH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Sug‘urtalovchining nomi keyingi oʻrinlarda “sugʻurtalovchi” deb ataluvchi sugʻurta kompaniyasi nomidan Sug‘urtalovchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbari Sug‘urtalovchining rahbari F.I.O si bir tarafdan, keyingi oʻrinlarda “sugʻurta qildiruvchi” deb ataluvchi Sugʻurta qildiruvchi tashkilotning nomi nomidan Sug‘urta qildiruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Sug‘urta qildiruvchi tashkilot rahbarining F.I.O. si,ikkinchi tarafdan ushbu garovga qoʻyilayotgan transport vositalarini kompleks sugʻurtalash shartnomasini quyidagilar haqida tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Sugʻurta mukofoti ushbu sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda toʻlanishi sharti bilan sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida hamda ushbu shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan ilovalar, qoʻshimcha kelishuvlar, arizada keltirilgan shartlarga muvofiq sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchi va (yoki) naf oluvchiga va (yoki) garovga qoʻyuvchiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxsga sugʻurta tovonini belgilangan tartibda va hajmda toʻlash majburiyatini oladi.
2. SUGʻURTA HODISASI VA SUGʻURTA OBYEKTI
2.1. Sugʻurta hodisasi boʻlib:
a) sugʻurta muddatida sugʻurta hududida transport vositasi va (yoki) qoʻshimcha jihozlarning quyidagi sugʻurta qaltisliklari yoki shikastlanishi hisoblanadi. Sug‘urta hodisalarining nomi va turlari
b) sugʻurta muddatida sugʻurta hududida transport vositasidan foydalanilayotganda uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchi va (yoki) haydovchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi hisoblanadi;
v) sugʻurta muddatida sugʻurta hududida transport vositasi bilan baxtsiz hodisa sodir boʻlishi natijasida haydovchi va (yoki) yoʻlovchi hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetishi hisoblanadi.
2.2. Sugʻurta obyekti boʻlib Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan, transport vositasining hamda uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganda, shuningdek haydovchi va yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon yetganda pul mablagʻlarining asralishi bilan bogʻliq sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchining mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
3. SUGʻURTA PULI, SUGʻURTA MUKOFOTI VA UNI TOʻLASH TARTIBI
3.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha bitta transport vositasining sug‘urta puli Ushbu shartnoma bo‘yicha bitta transport vositasining sug‘urta puli miqdori so‘mni tashkil qiladi.
3.2. Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti Ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori so‘mni tashkil qiladi.
5.6. Ushbu sugʻurta shartnomasi boʻyicha barcha oʻzaro hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
4. SHARTNOMANI KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISH MUDDATI
4.1. Ushbu sugʻurta shartnomasi, qaysi vaziyat birinchi yuzaga kelishiga qarab, tomonlar oʻrtasida imzolangan vaqtdan yoki sugʻurta mukofoti yoki birinchi badali toʻlangan paytda kuchga kiradi vaShartnomaning amal qilish muddatigacha amalda boʻladi.
4.2. Sugʻurtalovchining sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta tovonini toʻlash majburiyati sugʻurtalovchi yoki sugʻurta agentiga sugʻurta mukofoti toʻlangan fursatdan boshlab kuchga kiradi.
5. SUGʻURTA SHARTNOMASINING BEKOR QILINISHI
5.1. Sugʻurta shartnomasining amal qilishi sugʻurta qildiruvchining va (yoki) naf oluvchining yozma arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.
6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Sugʻurtalovchining majburiyatlari:
a) sugʻurta qildiruvchini sugʻurta shartlari bilan tanishtirishi;
b) sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta polisini sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta mukofoti yoki uning birinchi
(navbatdagi) qismi toʻlangandan keyin taqdim etishi;
v) sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchi va (yoki) naf oluvchi va (yoki) garovga qoʻyuvchiga ushbu sugʻurta shartnomasi bilan belgilangan tartib va muddatda sugʻurta tovoni toʻlovini amalga oshirishi;
g) sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchini sugʻurta tovoni toʻlovi rad etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda yozma shaklda xabardor qilishi;
d) sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchidan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash, sugʻurtalovchi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat idoralariga axborot taqdim etishi shart boʻlgan holatlar yoki axborotni oshkor qilish uchun uning egasidan yozma ruxsat olingan holatlar bundan mustasno.
6.2. Sugʻurtalovchining huquqlari:
a) sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchidan sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishini talab qilishi;
b) sugʻurta qildiruvchi yolgʻon maʼlumotlarni xabar qilsa, sugʻurta shartnomasi haqiqiy emas deb topilishini va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanilishini talab qilishi. Sugʻurta qildiruvchi yolgʻon xabar qilingan tafsilotlar bartaraf boʻlgan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasini haqiqiy emas deb topilishini talab qilishga haqli emas;
6.3. Sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchining majburiyatlari:
a) sugʻurta shartnomasini tuzayotganda sugʻurta hodisasi sodir boʻlishi ehtimolini aniqlash uchun sezilarli ahamiyatga ega unga maʼlum barcha tafsilotlarni xabar qilishi. Sezilarli boʻlib sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi va sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan tafsilotlar hisoblanadi;
b) sugʻurta mukofotini oʻz vaqtida toʻlashi.
6.4. Sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchining huquqlari:
a) sugʻurta muddati mobaynida sugʻurta masalalari boʻyicha sugʻurtalovchining maslahatlarini olishi;
b) sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurtalovchidan sugʻurta tovonini olishi;
v) sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda mustaqil tekshiruv oʻtkazilishini talab qilishi;
g) transport vositasiga oʻrnatilgan qoʻshimcha uskunalarni sugʻurtalashi;
d) qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan sugʻurtalovchi bilan kelishgan holda sugʻurta shartnomasiga oʻzgarishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritishi;
e) sugʻurtalovchi xabardor qilinishi sharti bilan shartnomani bekor qilishi;
j) polis yoʻqolgan taqdirda uning dublikatini olishi.
7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
7.1. Tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
8. BAHSLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.1. Ushbu sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan bahslar, kelishmovchiliklar yoki talablarni, shu jumladan uning ijrosi, buzilishi, toʻxtalishi yoki haqiqiy emasligiga taalluqli masalalarni muzokaralar orqali hal etishning imkoni boʻlmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
9. BOSHQA SHARTLAR
12.1. Sugʻurta shartnomasiga barcha qoʻshimchalar va oʻzgarishlar yozma koʻrinishda amalga oshirilishi shart.
12.2. Tomonlarning ushbu sugʻurta shartnomasida koʻrsatilmagan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
12.3. Ushbu sugʻurta shartnomasi har bir tomon uchun bir nusxada tuzildi. Barcha nusxalar bir xil yuridik kuchga ega.
10. TOMONLARNING REKVIZITLARI VA YURIDIK MANZILI
SUG‘URTALOVCHI: Yuridik manzili: Sug‘urtalovchining yuridik manzili H/R: Sug‘urtalovchining hisob raqami Bank kodi Sug‘urtalovchining bank kodi STIR: Sug‘urtalovchining STIR raqami Sug‘urtalovchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami
|
SUG‘URTA QILDIRUVCHI: Yuridik manzili: Sug‘urta qildiruvchining manzili H/R: Sug‘urta qildiruvchining hisob raqami Bank kodi Sug‘urta qildiruvchining bank kodi STIR: Sug‘urta qildiruvchining STIR raqami Sug‘urta qildiruvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqam |