O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ichimlik suvi bilan ta'minlash, oqava suvlarini qabul qilish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

MAISHIY (I GURUH AHOLI) ISTE’MOLCHILARGA (SHUNINGDEK, TURARJOYLARDAGI OILAVIY KORXONALARGA) ICHIMLIK VA OQOVA SUVI XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHANAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

 

Ushbu shartnomani Ta’minotchi korxonaning nomi va tashkiliy huquqiy shakli,keyingi o‘rinlarda “Ta’minotchi” deb yuritiluvchi rahbari Ta’minotchi korxonaning rahbari familiyasi, ismi, otasining ismishaxsida bir tomondan, hamda fuqaro keyingi o‘rinlarda “Iste’molchi”, ikkinchi tomondan Iste’molchining familiyasi, ismi, otasining ismi quyidagilar haqida tuzdilar:

 

I. Shartnoma predmeti

1.1. Suv iste’moli uchun tuzilgan shartnoma yili uchun aholiga ichimlik va oqova suv xizmatini ko‘rsatish ushbu shartnomaga muvofiq:

1 m3 ichimlik suvi uchun 1m3 ichimlik suvi uchun to‘lanadigan summa miqdori so‘m, 1 m3 oqova suv uchun 1m3 oqava suvi uchun to‘lanadigan summa miqdori so‘m,

1.2. Ta’minotchi Iste’molchiga maishiy-xo‘jalik ehtiyojlari uchun tarif narxlarda ichimlik va oqova suv xizmatini ko‘rsatadi.

1.3. Iste’molchi o‘rnatilgan muddatlar ichida Ta’minotchiga ko‘rsatilgan ichimlik va oqova suv xizmati uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

1.4. Taraflar ushbu shartnomaning ichimlik va oqova suv xizmati ko‘rsatilishi bo‘yicha shartlarini bajarish, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga, shuningdek, shartnomada bevosita ko‘rsatib o‘tilmagan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish Qoidalari”ga (keyinchalik matnda – Qoidalar deb yuritiladi) rioya qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.

1.5. Ushbu Shartnoma shartlari turarjoydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan oilaviy korxonalarga nisbatan (QQS bilan) ham tatbiq etiladi.

 

II. Umumiy qoidalar

2.1. Ichimlik suvdan dov-daraxtlarni sug‘orish uchun foydalanilishiga quyidagi istisno holatlarda yo‘l qo‘yiladi: irrigatsiya suvi bo‘lmaganda, Ta’minotchi quvvati mavjud bo‘lganda va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval bo‘yicha, faqat tungi vaqtda (soat 00:00 dan soat 05:00 gacha) yo‘l qo‘yiladi.

2.2. Ichimlik va oqova suv xizmatidan xo‘jalik-iste’mol, maishiy ehtiyoj va yong‘inlarni o‘chirish uchun foydalaniladi.

2.3. Suvni hisobga olish asbobi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tekshirilgan va tamg‘alangan bo‘lishi va suv o‘lchash tarmog‘i suv ta’minotchi tashkilot tomonidan plombalanishi shart. Shuningdek, ichimlik va oqova suvini hisobga olish asbobini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori va Qoidalarda o‘rnatilgan tartibga asosan amalga oshiriladi.

2.4. Ichimlik va oqova suv xizmati uchun tariflar o‘zgargan taqdirda, o‘zgarish sanasidan qat’i nazar, ushbu xizmatlar yuzasidan Iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma o‘z kuchini saqlab qoladi. Iste’molchi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yangi tariflar asosida belgilangan to‘lovlarni amalga oshiradi.

2.5. Respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qo‘shimcha vositalarini olib kirish hamda o‘rnatish taqiqlanadi.

 

III. Ichimlik va oqova suv xizmatini hisobga olishva hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Ichimlik va oqova suv xizmati uchun Iste’molchi tomonidan o‘rnatilgan suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanishi lozim.

3.2. Iste’molchining oqova tizimiga chiqariladigan oqova suvlari miqdori ichimlik suv ta’minoti tizimidan sarflangan suv miqdoriga teng deb qabul qilinadi.

3.3. Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti mavjud xonadonlaridan chiqadigan oqova suv miqdori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qaror bilan belgilangan koeffitsiyentga ko‘ra (2 koeffitsiyentdan oshmagan holda), mahalliy sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi. 

3.4.Iste’molchi ichimlik va oqova suv xizmati uchun hisobga olish asbobi mavjud bo‘lganda hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha, agar hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda oylik iste’mol normasi bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi.

Iste’molchining hisobida yetarli miqdorda mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda keyingi oy uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi, bunda hisobga olish asbobi mavjud bo‘lganda oxirgi uch oyning o‘rtacha sarfi bo‘yicha, hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda oylik iste’mol normasi bo‘yicha har oyning 10-sanasiga qadar amalga oshirilishi shart.

3.5. To‘lovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun Iste’molchi kechiktirilgan to‘lovlarning Iste’molchi tomonidan kechiktirilgan to‘lovlar uchun belgilangan penya miqdori foizda foizi miqdorida penya to‘laydi. Ammo bu ko‘rsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim.

3.6. Ta’minotchi suvni hisobga olish asbobini o‘rnatish muddatlariga amal qilmagan taqdirda, hisob-kitob avvalgi uch oydagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuningdek, Ta’minotchi suvni hisobga olish asbobini qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarga amal qilmagani uchun, kechiktirilgan har bir kun uchun Ta’minotchi tomonidan kechiktirilganligi uchun belgilangan penya miqdori foizda miqdorida penya to‘laydi, lekin uning miqdori shartnoma summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.

3.7. Fuqarolar doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan xonadonlarda, suvni hisobga olish asbobi mavjud bo‘lmaganda, ichimlik va oqova suv xizmati uchun to‘lovlar qonunchilikda ko‘rsatilgan iste’mol normalariga ko‘ra, belgilangan tariflarga 1,5 orttiriluvchi koeffitsiyentini qo‘llash yo‘li bilan: bir va ikki xonali uylarda – bir kishi hisobidan; uch xonali uylarda – ikki kishi hisobidan; to‘rt xonali uylarda – uch kishi hisobidan; besh xonali uylarda – to‘rt kishi hisobidan va undan ortiq xonali uylarda shu tartibda amalga oshiriladi.

3.8. Ichimlik va oqova suv xizmati uchun to‘lovlar Iste’molchining tanlovi bo‘yicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul o‘tkazish (to‘lov hujjati yoki to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha) orqali pul mablag‘lari bilan, shuningdek, plastik kartochkalardan yoki elektron aloqa tizimlari vositasida pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.

3.9. Iste’molchi avans tariqasida ichimlik va oqova suv xizmati uchun 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘lovlarni avvaldan amalga oshirib qo‘ygan bo‘lsa, iste’molchi shu vaqt mobaynida tariflar o‘zgarishi tufayli to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi.

 

IV. Taraflarning huquq va majburiyatlari

4.1. Iste’molchining huquqlari:

a) Ta’minotchidan, ushbu shartnoma asosida, ichimlik suv va oqova suvni chiqarish xizmatlarining uzluksiz amalga oshirilishini, o‘z hayoti va sog‘lig‘iga, mulkiga xavf tug‘dirmaydigan darajadagi (O‘zDSt 950:2011 davlat standartiga muvofiq) sifat va miqdorda ichimlik suv berilishini talab qilish;

b) tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish talablarini bajarmaganligi uchun Ta’minotchidan qonunchilikda va shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan miqdorda jarima (penya)lar to‘lashni talab qilish;

v) Ta’minotchidan suvni hisobga olish asboblarini o‘rnatish, ularni belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratdan o‘tkazishni talab qilish;

g) Ta’minotchini shartnomani bekor qilish to‘g‘risida, uning bekor qilinishidan kamida Ta’minotchini shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv ta’minoti yoki oqova suvni chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish;

d) ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning holati, qarzlarning yo‘qligi haqidagi ma’lumotlar va ma’lumotnomani shaxsan yoki o‘z vakili orqali bepul olish;

e) Ta’minotchidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, to‘lovlar tarifi va tartiblarining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarni bepul olish;

y) ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida Ta’minotchidan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;

j) “Sanitariya-epidemiologiya xizmati” organlari tomonidan tasdiqlangan amaldagi standartlarga javob beradigan sifatli ichimlik suv bilan ta’minlanmaganlik (sifatsiz ichimlik suv mavjudligi aniqlangan davrdan u tegishli darajaga olib kelingan vaqt) uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish.

4.2. Iste’molchining majburiyatlari:

a) shartnoma shartlarini bajarish;

b) Iste’molchi hududida mavjud tarmoqlar, qurilma hamda o‘lchash asboblari va uning plombasining butligini nazorat qilish hamda ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalari ustida biron-bir inshootlarni qurishga yo‘l qo‘ymaslik;

v) suvni hisobga olish asboblarida yaqqol ko‘rinib turgan nosozliklar aniqlanganda Ta’minotchining (eletron pochta, aloqa pochtalari) yagona “Call-markazi”ga qo‘ng‘iroq qilgan holda Ta’minotchiga xabar berish;

d) Iste’molchi hududida joylashgan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida olib boriladigan barcha turdagi ishlarni bajarishga begona shaxslarni kiritmaslik;

e) Avariya holatlarini bartaraf etish, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlaridagi avariyali uchastkalarni tiklash yuzasidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarida sutkaning istalgan vaqtida hamda boshqa holatlarda mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 ga qadar vaqtlarda ta’minotchining mas’ul xodimi xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda suvni hisobga olish uskunasi hamda suv va kanalizatsiya tarmoqlarini nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlash;

y) Har oyda kamida bir marotaba Ta’minotchining xizmat guvohnomasiga ega mas’ul xodimiga suvni hisobga olish asbobini tekshirishi (ko‘zdan kechirishi) uchun imkoniyat yaratib berish;

j) Uyda vaqtincha istiqomat qiluvchi (yollovchi)lar istiqomat qilganda to‘lovlar haqiqatda istiqomat qilayotganlar soniga qarab amalga oshiriladi. Iste’molchi o‘zi yashayotgan xonadonda turuvchilar soni ko‘payishi (shu jumladan, vaqtinchalik yashayotganlar hisobiga) yoki kamayishi holatlari yuzasidan, o‘zgarishlar sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan kechikmay Ta’minotchini yozma ravishda uning elektron manzili orqali yoki Ta’minotchi joylashgan manzilga borgan holda ogohlantirishi lozim. Bunda Iste’molchi, Ta’minotchi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari va uyning asosiy egasi tomonidan uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.

4.3. Ta’minotchining huquqlari:

a) Ta’minotchi, Iste’molchini 7 kun avval yozma ravishda yoki iste’molchini telefon raqamiga ovozli qo‘ng‘iroq yoki qisqa xabar xizmati (sms) orqali ogohlantirgan holda, quyidagi holatlarda suvni uzatish va oqova suvlarni qabul qilishni to‘liq va qisman to‘xtatishi mumkin:

a.a) Ta’minotchi mansabdor shaxsi Iste’molchining suvni hisobga olish uzeli, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, qurilmalari va inshootlarini nazorat qilish hamda suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini qayd etish, plombalarni o‘rnatish maqsadida ko‘zdan kechirish, Ta’minotchi naryadlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun kelganda Iste’molchi tomonidan asossiz ravishda kiritilmaganda;

a.b) Ta’minotchi tomonidan Iste’molchi ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari va qurilmalarida rejali-ogohlantirish tarzida ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatish ishlari o‘tkazilganda, shuningdek yangi abonentlarni ulash ishlari amalga oshirilganda;

a.v) Iste’molchi tomonidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari uchun belgilangan muddatlarda haq to‘lanmaganda;

a.g) Iste’molchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda.

b) Ta’minotchi quyidagi holatlarda oldindan xabar qilmasdan suv uzatishni to‘liq yoki qisman to‘xtatishga haqli:

b.a) Ta’minotchining elektr ta’minoti to‘xtatilganda;

b.b) tabiiy ofatlar ro‘y berganda;

b.v) avariya holatlarida;

b.g) yong‘in chiqqan joylarga suv uzatishni ko‘paytirishga zarurat tug‘ilganda.

4.3.1. Sodir bo‘lishi sabablaridan qat’i nazar, aholi yashash punktlariga yoki ularning alohida hududlariga suv uzatilishi to‘liq to‘xtatilgan taqdirda, Ta’minotchi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida aholini vaqtinchalik suv bilan ta’minlash masalasini suv uzatish qaytadan tiklangungacha hal etadi.

4.4. Ta’minotchining majburiyatlari:

a) suv ta’minoti va oqova suvni chiqarib yuborish yuzasidan shartnoma shartlarini bajarish;

b) ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarining texnik holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish;

v) suv ta’minoti uzluksizligini ta’minlash;

g) tarmoqdagi ichimlik suv sifati monitoringini olib borish. Iste’molchining kommunal suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulangan ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari hamda qurilmalarining holatini va ulardan foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ulardan samarali foydalanishni tashkillashtirishda Iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatish;

d) Iste’molchidagi suvning behuda oqib ketishi va oqilona foydalanilmayotganlik holatlarini aniqlash, suv berish va undan foydalanishni qat’iy nazorat qilish va hisobga olish;

e) Iste’molchiga suvni hisobga olish individual asboblarini o‘rnatish, belgilangan tartib va muddatlarda ularni nazoratdan o‘tkazib turish;

y) kommunal ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarida, inshootlar va qurilmalarda naryadsiz hamda Ta’minotchining xizmat guvohnomasisiz biron-bir ish olib borayotgan shaxslar haqida ichki ishlar organlari xodimlariga xabar qilish;

j) shartnoma shartlariga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajara olmagan holatlarda Iste’molchiga penya to‘lash;

z) Iste’molchining shartnoma shartlariga rioya etmagani masalasi bo‘yicha sud organlariga murojaat qilish;

i) ichimlik suv va kanalizatsiya tizimida ro‘y bergan buzilishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida ularning sabablari, xizmat ko‘rsatishdagi to‘xtalish muddatlari va cheklanishlar, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmat sifatlarining o‘zgarishi sabablari haqida Iste’molchiga axborot berish;

k) ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan rejali to‘xtatish va uzilishlar haqida Iste’molchini uzilishlar haqida ogohlantirish;

l) ichimlik suvni iste’mol qilishga doir amaldagi va yangi joriy qilingan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar bilan Iste’molchini xabardor qilish;

m) ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari tariflaridagi o‘zgarishlar haqida ommaviy axborot vositalari yoki boshqa aloqa vositalari (Ta’minotchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari, rasmiy sayti) yordamida Iste’molchini xabardor qilish;

n) ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning holati, qarzlarning yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni Iste’molchiga bepul taqdim etish;

o) Iste’molchining suvni hisobga olish asbobini har uch oyda kamida bir marotaba tekshirish (ko‘zdan kechirish) va bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Iste’molchiga taqdim etish.

 

V. Taraflarning javobgarligi

5.1. Ta’minotchi quyidagilar yuzasidan javob beradi:

a) Iste’molchini me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarga hamda o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq ichimlik suv bilan ta’minlash, oqova suvlarni chiqarish;

b) Iste’molchiga me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar hamda qonunchilik asoslari va shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiq sifatli ichimlik suv yetkazib berish;

v) Iste’molchiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga ulanish uchun o‘z vaqtida, qonuniy asoslangan texnik shartlarni taqdim etish;

g) suvni hisobga olish individual asboblarini o‘z vaqtida davlat nazoratidan o‘tkazish, belgilangan muddatlarda Iste’molchidagi suvni hisobga olish asboblarining yechib olinishi, o‘rnatilishi, ko‘rsatkichlari nazorat qilinishi va tekshiruv o‘tkazilishi haqida ogohlantirish;

d) Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda javob berish;

e) shartnoma shartlari va o‘ziga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganlik.

5.2. Ta’minotchi Iste’molchini suv bilan ta’minlashda quyidagi sabablarga ko‘ra uzilishlar bo‘lganligi uchun javob bermaydi:

a) Qoidalarning 129-bandida sanab o‘tilgan sabablarga ko‘ra suv berish to‘liq yoki qisman to‘xtaganda;

b) Iste’molchining aybiga ko‘ra.

5.2.1. Ta’minotchi, agar suv ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining yengib bo‘lmaydigan kuch yoki suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari Iste’molchi tomonidan buzilganligi tufayli sodir bo‘lganini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlasa, u sifat buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

5.2.2. Tozalash inshootlari, nasos stansiyalari quvvatining yoki kommunal suv quvurlarining suv o‘tkazish quvvatining yetarli emasligi tufayli suv ta’minotida muntazam ravishda uzilishlar bo‘lgan taqdirda Ta’minotchi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Iste’molchini unga suv berilishi rejalari haqida xabardor qilib, alohida tumanlarga suv berilishi yuzasidan javob beradi. Shu bilan birga, Ta’minotchi Iste’molchini suv bilan normal ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni bartaraf etishga doir barcha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek suvni hisobga olish asboblari mavjud bo‘lmaganda — suvni berish soatlariga mutanosib ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan javob beradi.

5.3. Iste’molchi quyidagilar yuzasidan javob beradi:

a) shartnoma shartlarining bajarilishi;

b) sanitariya-texnika uskunalarining doimiy soz holatda saqlanishi;

v) sanitariya-texnika uskunalaridan suv oqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

g) ichimlik suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

d) suvni hisobga olish asboblari va ulardagi plombaning o‘zboshimchalik bilan yechilganligi.

 

VI. Alohida shartlar

6.1. Iste’molchining aybi bilan suvni hisobga olish asbobi ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda Ta’minotchi xabardor qilinmagan taqdirda sarflangan suv miqdori, suvni hisobga olish asbobi tekshirilganligi (ko‘zdan kechirilganligi) to‘g‘risida tuzilgan so‘nggi dalolatnoma sanasidan boshlab, biroq uch oydan oshmagan muddat, asbob ishidagi nosozliklar bartaraf etilgan yoki yangisi o‘rnatilgan sanagacha Qoidalarning 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Ta’minotchi ushbu shartnomaning 4.2. bandining “j” kichik bandi talablari Iste’molchi tomonidan bajarilmaganligini isbotlab bersa, sarflangan suv miqdori, suvni hisobga olish asbobi tekshirilganligi (ko‘zdan kechirilganligi) to‘g‘risida tuzilgan so‘nggi dalolatnoma sanasidan boshlab asbob ishidagi nosozliklar bartaraf etilgan yoki yangisi o‘rnatilgan sanagacha Qoidalarning 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Agar suvni hisobga olish asbobi Ta’minotchi tomonidan tarkibida loyqa, qum va toshlar bo‘lgan sifatsiz suv yetkazib berilishi natijasida nosoz holga kelib qolganligi aniqlansa, hisob-kitob oldingi uch oydagi o‘rtacha sutkalik suv sarfidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

6.2. Ta’minotchi hisobga olish asbobini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan oldin Iste’molchini hisobga olish asbobini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi.

Iste’molchining Ta’minotchi tomonidan belgilangan muddatda rasmiy ravishda ogohlantirilmasligi hisobga olish asboblarini o‘z vaqtida qiyoslovdan o‘tkazmaganlik uchun aybdorlikni keltirib chiqarmaydi.

Hisobga olish asbobini Iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan ichimlik suv uchun hisob-kitob, hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan o‘tkazishga qadar bo‘lgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.

Hisobga olish asbobi bir oy muddatda o‘rnatilmagan hollarda hisob-kitob avvalgi uch oydagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.

Iste’molchi uzrli sababga ko‘ra (xizmat safarida, kasalxonada bo‘lish) o‘z vaqtida suvni hisobga olish asbobini nazoratdan o‘tkaza olmagan hollarda (tegishli hujjatlar taqdim etilganda) ogohlantirish xati berilgan kundan keyingi muddat uzrli sabab ko‘rsatilgan muddatga uzaytiriladi.

6.3. Ta’minotchi Iste’molchiga ogohlantirish xati bermaganda, Iste’molchi tomonidan qiyoslovdan o‘tkazish muddati tugagan hisobga olish asbobi orqali iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun qaytadan hisob-kitob qilish qat’iyan man etiladi.

6.4. Iste’molchining suvni hisobga olish asbobini ta’mirlash, davlat nazoratidan o‘tkazish yoki almashtirish ishlari Ta’minotchi tashkilot tomonidan, Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi, ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi, unda yechilgan va yangidan o‘rnatilgan suvni hisobga olish asbobining tartib raqami, yechib olish va o‘rnatish vaqtidagi ko‘rsatkichlari qayd qilinadi.

6.5. Xonadon egasi o‘zgargan taqdirda, Iste’molchi chiqib ketishidan avval mavjud qarzlarini uzib, bu haqda Ta’minotchi bilan dalolatnoma imzolashi shart. Iste’molchi chiqib ketgach, suvni hisobga olish asbobi, plombalarning butligi uchun javobgarlik obyektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi.

 

VII. Nizolarni hal etish tartibi

7.1. Taraflar o‘rtasida ushbu shartnoma shartlarining bajarilishi va shartnomaga oid boshqa holatlar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar taraflarning o‘zaro kelishuvi orqali hal qilinadi. Taraflar tomonidan nizolar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilmasa, nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Iste’molchi istiqomat qiladigan hududdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, hakamlik sudlari, notarial idoralar yoki tuman prokuraturasi hamda tuman hokimligining sudlarga kiritgan davo arizalari orqali sud organlarida hal qilinadi.

 

VIII. Fors-major

8.1. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yong‘in, sel, do‘l, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

8.2. Agar fors-major holatining shartnoma shartlarini bajarishga uch oydan ko‘p muddat to‘sqinlik qilsa, tomonlardan biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

 

IX. Shartnomaning amal qilish muddati

9.1. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, ikki tarafda bir nusxadan saqlanadi.

9.2. Ushbu shartnoma imzolangan kundan haqiqiy hisoblanadi. Agar taraflardan hech biri shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talablar bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, u kelgusi yillarga uzaytirilgan deb hisoblanadi.

9.3. Ushbu shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi shart.

 

X. Taraflarning rekvizitlari

 

TA’MINOTCHI:

Yuridik manzili: Ta’minotchi korxonaning yuridik manzili

H/R: Ta’minotchi korxonaning hisob raqami

Bank kodi: Ta’minotchi korxonaning bank kodi

STIR: Ta’minotchi korxonaning STIR raqami

Ta’minotchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqam

Ta’minotchi korxonaning Call markazi qisqa raqami

 

Muhr o‘rni

ISTE’MOLCHI:

Jismoniy shaxsning: Jismoniy shaxsning manzili

H/R: Jismoniy shaxsning hisob raqami

Jismoniy shaxsning telefon raqami

 

 

 

 

 

Iste’molchining imzosi

 

 

 

Ichimlik suvi bilan ta'minlash, oqava suvlarini qabul qilish shartnomasi