Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash
va olib chiqish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha
SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Kelgusida “Ijrochi” deb ataluvchi yuridik shaxs Ijrochi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Ijrochi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va kelgusida “Iste’molchi” deb ataluvchi jismoniy shaxs Iste’molchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan birgalikda (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataladi) ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Mazkur shartnomada qoʻllanilgan asosiy tushunchalar:
qattiq maishiy chiqindilar – jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ular hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
suyuq maishiy chiqindilar – jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashtirilmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
qurilish chiqindilari – uylar, maʼmuriy bino, koʻp kvartirali uy kvartiralarini qurishda, rekonstruksiya qilishda, taʼmirlashda va buzishda hosil boʻladigan chiqindilar;
“signal” usuli – chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan Isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turarjoy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish.
2. Shartnoma mavzusi
1. Quyidagilar shartnoma mavzusi hisoblanadi:
a) Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun maxsus ajratilgan maydonlar (chiqindi toʻplash shoxobchalari)dan va yakka tartibdagi turarjoy sektoridan “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatish;
b) Isteʼmolchi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar haqining toʻlanishi.
2. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish Isteʼmolchilarning buyurtmanomasi asosida alohida toʻlov evaziga amalga oshiriladi.
3. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari
3. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:
shartnomaga muvofiq zarur koʻlamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish;
Ijrochidan xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar tariflari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan – bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turarjoy sektoridan “signal” usulida – uch kunda bir marotaba;
oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun oldindan haq toʻlash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik;
Ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan hollarda Ijrochiga yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda shikoyat qilish va Ijrochidan xizmatlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish;
xizmatlar koʻrsatilayotganda Ijrochi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini va penya toʻlanishini talab qilish;
doimiy yashash joyida vaqtincha boʻlmaganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash majburiyatlaridan toʻliq ozod boʻlish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha sifatsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli, agar Ijrochi oʻz vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat koʻrsatsa, zararlar undirilishini talab qilib sudga murojaat qilish.
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlash;
toʻplashning “signal” usulida – qattiq maishiy chiqindilarni oʻz uylarida saqlash va Ijrochining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali boʻyicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (koʻchalarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida);
qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (idishlar, yer oʻralari va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida yoqmaslik;
koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylari tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun Ijrochining ortish joyiga bemalol oʻtishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash konteynerlari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda Ijrochini darhol xabardor qilish;
oʻzlarining mulki boʻlgan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida Ijrochini oʻn ish kuni mobaynida xabardor qilish;
yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ular chiqindi toʻplash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4. Ijrochining huquq va majburiyatlari
5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
xizmatlar uchun toʻlovlarni Isteʼmolchidan oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish hamda toʻlovlarni toʻlash muddatlari buzilgan hollarda shartnomada nazarda tutilgan choralarni koʻrish;
Isteʼmolchiga qarzdorlik toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuborish (shaxsan, pochta aloqasi vositalari orqali);
Isteʼmolchilardan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) va haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrash va olish;
yirik gabaritli, qurilish chiqindilari va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
daʼvo muddati doirasida Isteʼmolchilardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorliklarni undirish choralarini qoʻllash, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undirish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish boʻyicha sudga daʼvolar taqdim qilish.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Ijrochi quyidagilarga majbur:
oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilar muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan – bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turarjoy sektoridan “signal” usulida – uch kunda bir marotaba;
Isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlarni koʻrsatish;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Isteʼmolchilarning dispetcherlik xizmatiga tushgan buyurtmanomalarini operativ tartibda bajarish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish;
Isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Isteʼmolchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;
aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
chiqindi toʻplash shoxobchalarining holatini nazorat qilib borish va ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini joriy va kapital taʼmirlashni amalga oshirish;
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof-muhit uchun xavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar);
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida eʼlonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Isteʼmolchini xabardor qilish;
Isteʼmolchilarga ularning soʻroviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bepul maʼlum qilish, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar hisob-kitobining holati, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Isteʼmolchiga bepul taqdim etish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali, mazkur shartnoma, kvitansiyalar va boshqa toʻlov hujjatlarining namunalarini joylashtirish;
Isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini taʼminlash.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5. Hisob-kitob qilish tartibi va shartlari
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha quyidagi xizmat koʻrsatish tarif turlarini koʻrib chiqib
|
Xizmat koʻrsatish turlari |
Ish hajmi turlari birliklari boʻyicha tarif turi |
1 |
QMCHlarni ortish va olib chiqib ketish xizmati: |
|
|
Jismoniy shaxslardan |
1kub.m. uchun Qattiq maishiy chiqindilarni ortish va olib ketish xizmati narxi 1 kub metrga jismoniy shaxslar uchunsoʻm |
2 |
Suyuq maishiy chiqindilarni ortish va olib chiqib ketish xizmati: |
|
|
Jismoniy shaxslardan |
1tn uchun Suyuq maishiy chiqindilarni ortish va olib ketish xizmati narxi 1 kub metrga jismoniy shaxslar uchunsoʻm
|
3.2. Hisobot oyida amalga oshirilgan ish hajmlari uchun toʻlovlar Ijrochi tomonidan toʻlov-faktura qabul qilingan kundan keyin amalga oshiriladi. Bunda, Ijrochi Xizmat koʻrsatuvchiga oldindan pul oʻtkazib, keyinchalik amalda bajarilgan ish hajmlari uchun toʻlovlarni tegishli dalolatnomalar orqali hisob-kitobini yuritishi mumkin.
3.3. Toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda Ijrochi shartnomada koʻrsatilgan muddatdan kechiktirilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning Taraflardan undirilishi ko‘zda tutilgan penya miqdori miqdorida, lekin kechiktirilgan toʻlov summasining 50% dan oshmagan miqdorida penya toʻlaydi.
4. Tomonlarning javobgarligi
4.1. Shartnoma boʻyicha shartnoma majburiyatlari Tomonlar tarafidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilib, tomonlardan biriga zarar yetkazilgan taqdirda, aybdor tomon yetkazilgan barcha zararlarni tasdiqlangan hujjatlar asosida toʻliq qoplaydi.
4.2. Ushbu shartnoma boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim boʻlgan darajada bajarilmaganligi uchun Tomonlar qonun hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq javob beradilar.
5. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
5.1. Ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning roziligi boʻyicha yoki fors-major holati vujudga kelganda amalga oshiriladi.
5.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar qoʻshimcha kelishuvlar tuzish orqali yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
5.3. Tomonlar kelisha olmagan taqdirda, ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoki bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5.4. Tomonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar.
5.5. Shartnomani bir tomonlama bekor qilish tashabbusi quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyiladi:
tomonlardan biri tomonidan shartnoma shartlarining surunkali bajarilmasligi tufayli;
tomonlardan biri faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi yoki toʻxtatib qoʻyilishi hollarida;
oʻz faoliyatini toʻxtatish maqsadi toʻgʻrisida faoliyatning toʻxtatilishi kutilayotgan sanadan uch oy oldin Ijrochini xabardor qilgan holda, Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning tashabbusi bilan.
5.6. Ushbu shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan Tomon ikkinchi tomonga bu toʻgʻridagi bevosita topshirish, pochta aloqasi yoki elektron shaklda, ularni olganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborish orqali yozma bildirishnoma yuboradi.
6. Nizolarni hal qilish tartibi
6.1. Ushbu shartnoma doirasida kelib chiqadigan nizolar Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha hal etiladi.
6.2. Kelishuv bilan hal etilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
7. Shartnomaning amal qilish muddati
7.1. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati gacha amal qiladi.
7.2. Shartnoma muddati tugagach, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar qoniqarli bajarilgan taqdirda shartnomaning amal qilish muddati Tomonlarning kelishuvi boʻyicha uzaytiriladi.
7.3. Shartnomaning amal qilish muddati davomida tomonlarning kelishuviga muvofiq ushbu shartnomaga uning ajralmas qismini tashkil etadigan ilova sifatida qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
9. Nizolarni hal qilish
23. Tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
TARAFLARNING REKVIZITLARI
IJROCHI: Yuridik manzili: Ijrochining yuridik manzili H/R: Ijrochining hisob raqami Bank kodi Ijrochining bank kodi STIR: Ijrochining STIR raqami Ijrochining telefon raqami
|
ISTE’MOLCHI: Manzili: Iste’molchining doimiy yashash manzili INN: Iste’molchining INN raqam Iste’molchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqam
|