NEFT MAHSULOTLARI YETKAZIB BERISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Yetkazib beruvchi korxonaning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Yetkazib beruvchi korxonaning rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va Iste’molchi korxonaning nomi (keyingi o‘rinlarda “Iste’molchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Iste’molchi korxona rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Yetkazib beruvchi mazkur shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan neft mahsulotlarini shartnomada belgilangan muddatda Iste’molchiga yetkazib berish majburiyatini oladi, Yetkazib beruvchi esa, o‘z navbatida, ushbu mahsulotlarni qabul qilib olish va mazkur shartnoma shartlari asosida o‘z vaqtida haqini to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Yetkazib berish narsasi bo‘lib quyidagi mahsulotlar (keyingi o‘rinlarda “Mahsulotlar” deb yuritiladi) hisoblanadi. Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning nomi,Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning nomi,Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning nomi
Mahsulot haqi shartnoma boʻyicha har bir yetkazilgan mahsulot va xarajatlar summasi miqdorida toʻlanadi.
1.3. Mazkur shartnomaning umumiy amal qilish muddati Shartnomaning amal qilish muddati ni tashkil qiladi.
Shartnomaning umumiy amal qilish muddati mazkur shartnoma imzolangan paytdan boshlanadi.
1.4. Iste’molchi Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan tovarlar uchun Yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lanadigan haq miqdori haq to‘laydi.
2. TOVARLARNI YETKAZIB BERISH TARTIBI
2.1. Mahsulotlar Yetkazib beruvchi tomonidan Iste’molchiga jo‘natish yo‘li bilan yetkazib beriladi.
2.2. Yetkazib beruvchi ushbu shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan assortimentdagi mahsulotlarni taraflarning kelishuvi bo‘yicha tuzilgan ortish jadvaliga muvofiq o‘z kuchi, vositalari va hisobidan ortish va ushbu shartnomada belgilangan joyga yetkazib beruvchi hisobidan 1510-84 davlat standarti talablariga mos holda jihozlangan avtositsernada yetkazib berish majburiyatini oladi.
O‘z omborida mahsulotni tushirib olish Iste’molchining kuchi, vositalari va hisobidan amalga oshiriladi.
2.3. Iste’molchi neft mahsulotlarini saqlash joylarini tegishli standart talablariga muvofiq holda jihozlangan bo‘lishi, mahsulotning sifatli saqlanishi va maqsadli foydalanilishini, olingan mahsulotning uchinchi shaxslarga sotilmasligini ta’minlashi shart.
3. SHARTNOMA TARAFLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Yetkazib beruvchining huquqlari:
–sotilgan tovar haqini toʻlashni;
–tovarni oʻz vaqtida qabul qilib olishni;
–shartnoma shartlariga toʻliq rioya etishni;
–sotib oluvchi tomonidan oʻziga yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilish.
Iste’molchi qonun hujjatlarida belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchidan mahsulotni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi sotib oluvchidan mahsulot haqini toʻlashni talab qilishga haqli.
3.2. Yetkazib beruvchining majburiyatlari:
–mahsulotni sotib oluvchiga topshirish;
–shartnomada nazarda tutilgan mahsulotni topshirish;
–shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi mahsulotni topshirish;
–shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi mahsulotni topshirish;
–uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan holi boʻlgan mahsulotni topshirish;
–mahsulotni sotib oluvchiga topshirgunga qadar saqlash.
3.3. Iste’molchining huquqlari:
–sotib olayotgan mahsulotni oʻziga topshirishni;
–shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi mahsulotni topshirishni;
–shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi mahsulotni topshirishni;
–uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi boʻlgan mahsulotni topshirishni talab qilish.
3.4. Iste’molchining majburiyatlari:
–sotib olgan mahsulot haqini oʻz vaqtida toʻlash;
–mahsulotni oʻz vaqtida qabul qilib olish;
–shartnoma shartlariga toʻliq rioya etish;
–sotuvchiga yetkazilgan zararni qoplash.
4. MAHSULOT SIFATI VA UNING KAFOLATLARI
4.1. Yetkazib berilayotgan mahsulot sifati va uning kafolatlari jihatidan Yetkazib berilayotgan mahsulot sifati va uning kafolatlari aniqlash vositasi talablariga javob berishi shart.
4.2. Tovarning sifatliligi va kafolatlari Yetkazib beruvchi tomonidan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
4.3. Mazkur shartnomaning 4.1. va 4.3-bandlarida nazarda tutilmagan mahsulotlarning sifati va kafolatlari jihatidan qo‘shimcha talablar va aniqlashtiruvchi tavsiflar taraflarning alohida kelishuviga muvofiq belgilanadi.
5. MAHSULOTNI TOPSHIRISH – QABUL QILISH TARTIBI
5.1. Mahsulotning miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilish amaldagi ishlab chiqarish-texnik belgilanishdagi mahsulotlarni va xalq iste’moli tovarlarini miqdori bo‘yicha (P-6) va sifati bo‘yicha (P-7) qabul qilish to‘g‘risidagi Yo‘riqnomalar va boshqa meyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
5.2. Mahsulotning iste’molchiga topshirilganligi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
6. SHARTNOMA BOʻYICHA JAVOBGARLIK
60. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 434-moddasiga koʻra sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz xohishiga koʻra:
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
6.2. Yetkazib beruvchi shartnoma boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, zararni qoplash va neustoyka toʻlash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
6.3. Mahsulotni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun neustoyka penya shaklida undiriladi. Bunda penyaning miqdori har bir yetkazib berilmagan yoki yetkazib berish muddatlari buzilgan tovarlar umumiy summasining Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun undiriladigan penya miqdori foizda miqdorida majburiyat amalda bajarilguniga qadar undiriladi.
5.KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SHARTLARI
5.1. Tomonlar amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlari bilan bogʻliq holda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlarini buzadigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaslik, shu jumladan noqonuniy to‘lovlar taklif qilmaslik, bunday to‘lovlarga ruxsat bermaslik, va’da qilmaslik, shuningdek har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan holda) tijorat tashkilotlariga, davlat va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, davlat xizmatchilariga, xususiy kompaniyalarga va ularning vakillariga naqd pul yoki boshqa shaklda (lekin cheklanmagan holda) pora bermaslik va pora talab qilmaslik hamda qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar sodir etmaslik majburiyatini oladilar.
5.2. Tomonlardan biri ushbu bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa tomon bir tomonlama va sudgacha bo‘lgan tartibda ushbu shartnomani bajarishni rad etishga haqli. Ushbu bandga muvofiq shartnoma bekor qilingan taqdirda tomonlar bir-birlariga kompensatsiya to‘lamaydilar.
6. FORS-MAJOR HOLATLAR
6.1. Mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi fors-major holatlar (majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmas kuch taʼsiri: tovar yetkazilayotgan paytda sodir boʻlgan tasodifiy shikastlanish, sotib oluvchi egaligida suv tegishi natijasida tovarning yomon holatga kelishi va boshqa holatlar) natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
7. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
7.1. Taraflar oʻrtasida ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq yuzaga kelgan barcha kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokara yoʻli bilan hal qilinadi.
7.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilib boʻlmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud orqali hal qilinadi.
8. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
8.1. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama (toʻliq yoki qisman) bosh tortishga taraflardan biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Shartnomani buzish quyidagi hollarda jiddiy deb topiladi:
–tegishli darajada sifatli boʻlmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib boʻlmaydigan kamchiliklarga ega boʻlgan tovarlarni yetkazib berish;
–tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
8.2. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bir taraflama bosh tortish toʻgʻrisida bildirish xati olgan paytdan boshlab oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
8.3. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ularning har biri bir xil yuridik kuchga ega.
9. TARAFLARNING REKVIZITLARI
YETKAZIB BERUVCHI: Yuridik manzili: Yetkazib beruvchining yuridik manzili H/R: Yetkazib beruvchining hisob raqami Bank kodi: Yetkazib beruvchining bank kodi STIR: Yetkazib beruvchining STIR raqami Yetkazib beruvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami Rahbar imzosi
Muhr o‘rni |
ISTE’MOLCHI: Yuridik manzili: Iste’molchining yuridik manzili H/R: Iste’molchining hisob raqami Bank kodi: Iste’molchining bank kodi STIR: Iste’molchining STIR raqami Iste’molchining telefon raqami Rahbar imzosi
Muhr o‘rni |