O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Korxona mulkini jismoniy shaxslarga sotish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

Korxona mulkini jismoniy shaxslarga sotish shartnomasi namunasi

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

Sotuvchi korxonaning nomi (keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Sotuvchi korxonaning rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va fuqaro Sotib oluvchi fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi (keyingi o‘rinlarda “Sotib oluvchi” deb yuritiladi) tomonidan ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Sotuvchi Sotilayotgan korxona mulkning nomi (keyingi oʻrinlarda “korxona mulki” deb yuritiladi), Sotib oluvchiga mulk qilib topshirish, Sotib oluvchi esa korxona mulkini qabul qilish va mazkur shartnomada koʻrsatilgan bahosini toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. “Korxona mulki”ning tavsifi: Sotilayotgan korxona mulkning nomi,Sotilayotgan korxona mulkining miqdoriboshqa, korxona mulkligini aniq belgilash imkonini beruvchi belgilar.

 

2. Taraflarning majburiyatlari

 

2.1. Sotuvchining majburiyatlari:

Korxona mulkini Sotib oluvchiga Korxona mulkini topshirishning aniq sanasi va vaqti yoki maʼlum muddat;,davrdan kechiktirmasdan topshirish;

Korxona mulki bilan birgalikda mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan roʻyxatga muvofiq, unga oid hujjatlarni qoʻshib topshirish;

Korxona mulkini sifat jihatidan talablariga javob beradigan holatda topshirish;

2.2. Sotib oluvchining majburiyatlari:

mazkur shartnomada belgilangan muddatda korxona mulkini qabul qilib olish;

shartnomaning 3-bandiga muvofiq korxona mulki bahosini toʻlash;

ushbu shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda Sotuvchiga zaruriy yordam berish.

 

3. Shartnoma summasi va hisob-kitob qilish tartibi

 

3.1. Shartnomasi bahosi Shartnoma summasi (miqdori) soʻmni tashkil etadi.

3.2. Shartnoma boʻyicha hisob-kitob Hisob-kitob to‘lov shakli orqali amalga oshiriladi.

3.3. Sotib oluvchi shartnoma bahosining Oldindan to‘lov miqdori foizi miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiradi.

4. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi

4.1. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

4.2. Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.

Muzokaralar olib borish yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nizo talabnoma bildirish tartibiga rioya qilingandan keyin fuqarolik yoki iqtisodiy sudida koʻrib chiqiladi.

5. Yakunlovchi qoidalar

5.1. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, taraflarga bittadan beriladi. Ikkala nusxa ham bir xil yuridik kuchga ega.

5.2. Shartnomaga ilova qilingan korxona mulkiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

6. Taraflarning rekvizitlari:

SOTUVCHI:

Yuridik manzili: Sotuvchi korxonaning yuridik manzili

H/R: Sotuvchi korxonaning hisob raqami

Bank kodi Sotuvchi korxonaning bank kodi

STIR:Sotuvchi korxonaning STIR raqami

Sotuvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

 

 

Muhr o‘rni

SOTIB OLUVCHI:

Jismoniy shaxsning manzili: Sotib oluvchi jismoniy shaxsning yashash manzili

Pasport ma’lumotlari Sotib oluvchi jismoniy shaxsning pasport ma’lumoti

Jismoniy shaxsning INN raqami: Jismoniy shaxsning INN raqami

Jismoniy shaxsning telefon raqami

 

 

Muhr o‘rni

 

 

Korxona mulkini jismoniy shaxslarga sotish shartnomasi