Fuqarolik ishlari boʻyicha Da’vo arizasi berilayotgan sudning nomiga
Da’vogar: Da’vogarning F.I.Osi
Da’vogarning doimiy yashash manzili
Da’vogarning telefon raqami
Da’vogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgarning manzili
Javobgarning STIR raqami
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
DAʼVO ARIZASI
(Dam olish kunlari ishlagan ish haqi toʻlovlarimni hamda yetkazilgan maʼnaviy zararni undirish haqida)
Men Da’vogarning F.I.Osi Da’vogar ish boshlagan sana kunidan Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – javobgar)da Da’vogarning lavozimi lavozimida ishlab kelyapman.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 209-moddasiga asosan “dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno. Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy boʻlinmalarining, yakka tartibdagi tadbirkorning keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bogʻliq boʻlsa, oʻsha ishlarni bajarish zarur boʻlgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi” deyilgan.
Biroq, javobgar meni Da’vogar g‘ayriqonuniy ravishda ishlatib kelinayotgan sanaoyidan beri gʻayriqonuniy ravishda dam olish kunlari ishga jalb qilib, majburiy ravishda ishlatib kelgan. Umumiy hisobda Da’vogar g‘ayriqonuniy ishlatilgan umumiy kunlar miqdori kun ishga jalb qilinganman hamda ushbu dam olish kunlari toʻliq ishlaganman. Shunga qaramasdan, javobgar ushbu dam olish kunlari ishlagan davrlarimning birortasini ish vaqti va ish haqi hisoblash tabellariga kiritmagan. Vaholanki, Mehnat kodeksining 200-moddasida “ish beruvchi xodimlarning ishga kelishi va ishdan ketishi hisobga olinishini tashkil etishi shart” deyilgan.
Bundan tashqari, javobgar yuqoridagi dam olish kunlarida ishlaganim uchun shu vaqtga qadar menga hech qanday ish haqi toʻlamagan. Vaholanki, Mehnat kodeksining 263-moddasida dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun xodimlarga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanishi koʻrsatilgan. Maʼlumot sifatida oylik maoshim haqida shtatlar jadvalidan koʻchirma taqdim etyapman.
Men javobgarning yuqoridagi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari, jumladan, menga bosim va tazyiq oʻtkazib xohishimga qarshi ravishda dam olish kunlari ishlatgani, qolaversa, ishimga yarasha ish haqi toʻlanmaganligi natijasida men kuchli ruhiy tushkunlikka tushib, ruhiy azob chekdim va oʻzimni kamsitilgan, xoʻrlangan his qildim. Men javobgar tomonidan menga maʼnaviy zarar yetkazilgan deb hisoblayman va uning miqdorini Da’vogarga yetkazilgan ma’naviy zarar miqdori soʻm sifatida baholayman.
Yuqoridagilarga asoslanib, suddan javobgar hisobidan mening foydamga:
–Da’vogar g‘ayriqonuniy ravishda ishlatib kelinayotgan sana oyidan hozirga qadar dam olish kunlari ishlagan vaqtlarim uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 263-moddasiga asosan kamida ikki hissalik miqdorda ish haqi toʻlovlarini hamda menga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun Da’vogarga yetkazilgan ma’naviy zarar miqdori soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini undirib berilishini soʻrayman.
Da’vo ariza berilgan sana