O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Intizomiy jazoni bekor qilish yuzasidan da'vo arizasi

Hujjat tavsifi
Daʻvo ariza rekvizitlari
Taraflarning rekvizitlari
Daʻvo ariza mazmuni

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʻvo arizasi berilayotgan sudning nomiga

Daʻvogar: Daʻvogarning F.I.Osi

Daʻvogarning doimiy yashash manzili

Daʻvogarning telefon raqami

Daʻvogarning elektron manzili

Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi

Javobgarning manzili

Javobgarning STIR raqami

Javobgarning telefon raqami

Javobgarning elektron manzili

 

 

DAʼVO ARIZASI

(Ish beruvchining intizomiy jazo qoʻllashga oid harakatlari yuzasidan)

Men Daʻvogarning F.I.Osi Da’vogar Javobgar tashkilotda mehnat faoliyatini boshlagan sana kunidan Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – javobgar)da Da’vogarning lavozimi lavozimida ishlab kelyapman.

Shu vaqtga qadar javobgar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi va lavozim yoʻriqnomamda koʻrsatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida hamda toʻliq bajarib kelganman.

Tashkilot rahbar o‘rinbosarining alohida topshirig‘i bilan Da’vogarga alohida topshiriq berilgan sanada ish vaqtim tugaganiga qaramasdan qo‘shimcha ishlab berdim. Buning natijasida ertasi kuni ishga kech keldim. Shu kuni HR boʻlimi boshligʻi meni chaqirib ishga kech qolib kelganligim yuzasidan tushuntirish xati yozib berishimni talab qildi. Men nima sababdan kech qolganligimni atroflicha keltirib tushuntirish xati yozdim. Biroq HR boʻlimi boshligʻi menga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘lladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 301-moddasi birinchi qismida “intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, gʻayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi” deyilgan. Shuningdek, ushbu moddaning ikkinchi qismida “agar xodimning oʻz mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuz bergan boʻlsa (xodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar taʼminlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yoʻl qoʻyilmaydi” deb koʻrsatilgan.

Mazkur Kodeksning 313-moddasi uchinchi qismiga koʻra intizomiy jazo chorasini qoʻllashda sodir etilgan qilmishning ogʻir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Meni ishga kechikib kelishim avvalo, ish beruvchi tomonining xatti-harakatlari, yaʼni bir kun oldin meni gʻayriqonuniy ravishda ishlatganligi va shundan kelib chiqqan kuchli charchoq va toliqish sabab ertalab dam olganligimdan kelib chiqqan. Yaʼni, ishga kechikib kelganligim uzrli sabablarga koʻra yuz bergan, qolaversa, bu holatda menda hech qanday ayb mavjud emas. Bundan tashqari, men shu vaqtga qadar zimmamdagi vazifa va majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarib kelganman va mening faoliyatimga nisbatan ish beruvchida shu kunga qadar hech qanday eʼtirozlar bildirilmagan. Xulq-atvorim borasida ham jamoa yoki rahbariyat tomonidan biron-bir eʼtirozlar bildirilmagan.

Men ish beruvchiga Da’vogar tomonidan Javobgarga alohida yozma ariza kiritilgan sana kuni alohida ariza kiritdim va menga nisbatan chiqarilgan intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq gʻayriqonuniy boʻlganligi sababli, uni bekor qilishni talab qildim. Lekin, ish beruvchi buyruqni bekor qilmadi. Shu sababli, sudga murojaat qilishdan boshqa choram qolmadi, chunki bu buyruq agar bekor qilinmasa, men turli ragʻbat va bayram mukofoti pullaridan mahrum boʻlaman. Bundan tashqari, men intizomiy jazoga loyiq boʻlgan biror ish qilmadim.

Yuqoridagilarga va FPKning 27012705-moddalariga asoslanib, suddan:

–   javobgar Javobgar tashkilotning nomi direktorining menga nisbatan intizomiy jazo qoʻllashga doir xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni;

javobgarning menga nisbatan chiqarilgan intizomiy jarima qoʻllash haqidagi Da’vogarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiya jazo sanasidagi buyrugʻini bekor qilish (haqiqiy emas deb topish)ni soʻrayman.

 

Daʻvo ariza berilgan sana

 

Intizomiy jazoni bekor qilish yuzasidan da'vo arizasi