Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo arizasi berilayotgan sudning nomiga
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.Osi
Daʼvogarning doimiy yashash manzili
Daʼvogarning telefon raqami
Daʼvogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgarning manzili
Javobgarning STIR raqami
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
DAʼVO ARIZASI
(Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida)
Men Daʼvogarning F.I.Osi Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – daʼvogar)da Daʼvogar Javobgar tashkilotda mehnat faoliyatini boshlagan sana kunidan fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida Daʼvogarning lavozimi sifatida faoliyat yuritib kelaman.
Bu toʻgʻrisida javobgar va men oʻrtamda Daʼvogar Javobgar tashkilotda mehnat faoliyatini boshlagan sanadagi Daʼvogarni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq raqami-sonli fuqarolik huquqiy shartnomasi tuzilgan va ushbu shartnomaga muvofiq men javobgar tomonidan menga topshirilgan ishlarni oʻz vaqtida bajarishim va shunga binoan javobgar menga har oyda ish haqi toʻlovlarini toʻlab borishi koʻrsatilgan.
Men shu vaqtga qadar oʻzimga yuklatilgan majburiyatlarni va vazifalarni oʻz vaqtida hamda sifatli ravishda bajarib kelyapman, faoliyatimga nisbatan shu paytgacha hech qanday eʼtirozlar bildirilmagan.
Biroq, javobgar tomoni shu vaqtga qadar menga qolgan xodimlarga berilayotgan mehnat taʼtili, vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganimda kasallik nafaqasi, mukofotlar, ustamalar va boshqa kompensatsiya toʻlovlarini toʻlamasdan kelmoqda.
Garchi men bilan javobgar oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsada, aslida menga nisbatan mehnat munosabatlariga oid shartlar va qoidalar qoʻllanib kelmoqda. Misol uchun, fuqarolik-huquqiy shartnomasida javobgar – ish beruvchi deb, men esa xodim deb koʻrsatilganman.
Bundan tashqari, menga fuqarolik-huquqiy munosabatini anglatuvchi xizmat yoki ish topshirilmagan, aksincha, oʻrtadagi shartnomaga va tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan ushbu lavozimga tayinlanganman.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 33-moddasiga asosan jismoniy shaxs bilan ushbu Kodeks 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan munosabatlarni haqiqatdan tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomani tuzish ushbu munosabatlarning sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb eʼtirof etilishiga sabab boʻladi. Bunday holda mehnat shartnomasi fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi, taraflarning munosabatlari esa shartnomada shartlashilgan ishni jismoniy shaxs tomonidan bajarish boshlangan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb eʼtirof etiladi.
Yuqorida men keltirib oʻtgan shartlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan belgilangan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni yuzaga keltiruvchi shartlar hisoblanib, bu aslida men bilan fuqarolik-huquqiy emas, balki mehnatga oid munosabatlar oʻrnatilganini toʻliq tasdiqlaydi.
Shunga koʻra, men va javobgar oʻrtasida tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnoma aslida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzasidan tuzilgan va aslida men bilan mehnat shartnomasi tuzilib, mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan barcha mehnat kafolatlari (taʼtillar, ijtimoiy nafaqalar, ish haqi va ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlar, kompensatsiya toʻlovlari va boshqalar) berilishi kerak edi.
Yuqoridagilarga asoslanib, suddan javobgar Javobgar tashkilotning nomi va men oʻrtamizda tuzilgan Daʼvogar Javobgar tashkilotda mehnat faoliyatini boshlagan sanadagi Daʼvogarni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq raqami-sonli fuqarolik huquqiy shartnomasidan kelib chiqqan munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb eʼtirof etishni soʻrayman.
Daʼvo ariza berilgan sana