O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida da'vo arizasi

Hujjat tavsifi
Da’vo ariza rekvizitlari
Taraflarning rekvizitlari
Da’vo ariza mazmuni

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Da’vo arizasi berilayotgan sudning nomiga

Daʻvogar: Da’vogarning F.I.Osi

Da’vogarning doimiy yashash manzili

Da’vogarning telefon raqami

Da’vogarning elektron manzili

Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi

Javobgarning manzili

Javobgarning STIR raqami

Javobgarning telefon raqami

Javobgarning elektron manzili

 

 

DAʼVO ARIZASI

(Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida)

 

Men Da’vogarning F.I.Osi Da’vogar Javobgarning tashkilotida ish boshlagan sanadan Da’vogar Javobgarning tashkilotida ishni tugatgan sanaga qadar Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – Javobgar)da Da’vogarning ishlagan lavozimi lavozimida ishlab kelganman.

Ish boshlaganimdan beri, oʻzimga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni sidqidildan bajarib, yaxshi natijalarga erishib kelganman. Oʻtgan faoliyatim davrida biror marta ham intizomiy jazoga tortilmaganman. Aksincha, shaxsiy koʻrsatkichlarim tufayli rahbariyat tomonidan ragʻbatlantirilganman.

Boshqa ishga o‘tganligim sababli ishxonamga oʻz xohishimga koʻra ariza yozib, Da’vogar Javobgarning tashkilotida ishni tugatgan sana kungi Da’vogarning ishdan bo‘shatilgan buyruq raqami-sonli buyruq bilan oʻz tashabbusimga koʻra ishdan boʻshaganman va men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Biroq, Javobgar tomonidan hozirgi kunga qadar mehnat shartnomam bekor qilinganligi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan hisob-kitob summalari hech qanday sabablarsiz, asossiz ravishda toʻlanmasdan kelinmoqda.

Men Javobgarning hisob-kitob boʻyicha buxgalteri Javobgarning hisob-kitob bo‘yicha buxgalteri F.I.Osiga va HR xodimi Javobgarning HR bo‘yicha mas’ul xodimi F.I.Osiga bu haqida bir necha bor ogʻzaki ravishda murojaat qildim. Natija boʻlmagach, Da’vogar tomonidan Javobgarga yozma murojaat qilingan sanada rasman yozma ravishda murojaat qildim.

Lekin, hali-hanuz ish beruvchi hisob-kitob summalarini toʻlab bergani ham, murojaatlarimga rasman javob qaytargani ham yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. Hisob-kitob xodimga: oxirigacha olinmagan ish haqini; xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalarni; agar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa toʻlovlarni toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu toʻlovlarni toʻlashni oʻz ichiga oladi.

Javobgar menga Da’vogar Javobgarning tashkilotida ishni tugatgan sana sanasigacha boʻlgan mehnatim uchun ish haqi, Da’vogarning mehnat ta’tilidan foydalanmagan yillari-yillardagi ish davrimning foydalanilmagan mehnat taʼtilim uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlamagan. Mendagi hisob-kitob boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summalar Da’vogarga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqi summasi miqdori soʻmni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 319-moddasida “agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy zarar yetkazilgan boʻlsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim” deyilgan. Javobgar Da’vogar Javobgarning tashkilotida ishni tugatgan sanadan hozirgi kungacha meni sarson qilib kelayotganligi, hech qanday asoslarsiz toʻlovni amalga oshirmayotganligi, ogʻzaki va yozma murojaatlarimga nisatan hech qanday munosabat bildirmaganligi menga qattiq taʼsir qildi hamda bundan men maʼnaviy ziyon ko‘rdim. Shunga koʻra, men Javobgar tomonidan menga yetkazilgan maʼnaviy zarar qiymatini Da’vogar talab qilayotgan ma’naviy zarar miqdori soʻm deb hisobladim.

 

Yuqorida keltirilgan barcha holatlarni inobatga olib, suddan:

 

javobgar Javobgar tashkilotning nomidan mening hisobimga Da’vogarga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqi summasi miqdori soʻm hisob-kitob summalarini hamda yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun Da’vogar talab qilayotgan ma’naviy zarar miqdori soʻm, jami Da’vogarga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami summa miqdori soʻmlik pul mablagʻlarini undirib berishni soʻrayman.

 

Da’vo ariza berilgan sana

 

 

 

Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida da'vo arizasi