O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ish yuritishni tugatish haqida daʻvo ariza (Mehnatga oid nizolar boʻyicha)

Hujjat tavsifi
Umumiy
Ariza rekvizitlari
Ariza mazmuni

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomiga

 

Daʼvogar Da’vogarning F.I.Osidan

Manzil: Da’vogarning manzili

Hal qiluv qarori raqami-sonli ish yuzasidan

ARIZA

(Ish yuritishni tugatish haqida)

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi sudining Hal qiluv qarori chiqarilgan sanadagi hal qiluv qaroriga asosan meni Javobgar tashkilotning nomining Da’vogar tiklanishi nazarda tutilgan lavozim lavozimiga ishga tiklanishim belgilangan.

Biroq, javobgar tomonidan meni sud qarorida koʻrsatilgan lavozimiga emas, balki boshqa lavozimga tiklash haqida buyruq chiqarilgan.

Yuqoridagilardan koʻrinadiki, javobgar sudining hal qiluv qarorini va ijro varaqasini ijro qilmagan. Shunga koʻra, javobgar kassatsiya shikoyati berishdan avval sudning ishga tiklash haqidagi hal qiluv qarori ijrosini taʼminlamagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 407-moddasida “xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi” deyilgan.

Demak, javobgarning kassatsiya shikoyati sud tomonidan xatolik bilan ish yurituvga qabul qilingan.

FPKning 4079-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish tugallanishi kerak.

Yuqoridagilarga asoslanib, Hal qiluv qarori raqami-sonli ish yuzasidan kiritilgan kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yurituvga qabul qilingan fuqarolik ishi yuritishni tugatilishini soʻrayman.

 

Da’vogarning F.I.Osi Ariza berilgan sana

 

Ish yuritishni tugatish haqida daʻvo ariza (Mehnatga oid nizolar boʻyicha)