Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʻvo arizasi berilayotgan sudning nomiga
Daʻvogar: Daʻvogarning F.I.Osi
Daʻvogarning doimiy yashash manzili
Daʻvogarning telefon raqami
Daʻvogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgarning manzili
Javobgarning STIR raqami
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
DAʼVO ARIZA
(Xizmat tekshiruvi komissiyasining harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish hamda xodimni avvalgi lavozimiga tiklash to‘g‘risida)
Daʼvogar Daʻvogarning F.I.Osi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi javobgar Javobgar tashkilotning nomi tomonidan Da’vogar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan sana kungi Da’vogar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugʻi bilan bekor qilingan.
Mehnat shartnomasi bekor qilinishiga Xizmat tekshiruvi komissiyasining Xizmat tekshiruvi komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnoma sanasi-sanasidagi dalolatnoma asos sifatida olingan.
Da’vogarga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruv jarayonini Mehnat kodeksining 302–311-moddalariga qay darajada mos ekanligi oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida quyidagi qonunbuzarliklar aniqlandi:
Birinchidan, Mehnat kodeksining 303-moddasida “xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun ish beruvchining buyrugʻi bilan xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi). Komissiya kamida uch nafar aʼzodan iborat boʻlishi kerak, ularning bir nafari komissiyaning raisi boʻladi. Komissiya tarkibiga tashkilotda mavjud boʻlgan taqdirda kasaba uyushmasi qoʻmitasining aʼzosi kiradi” deyilgan.
Mehnat kodeksining 6-moddasida “ish beruvchi tomonidan boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining saylab qoʻyiladigan organi (kasaba uyushmasi qoʻmitasi, kasaba uyushmasining tashkilotchisi yoki kasaba uyushmasi guruhining tashkilotchisi) yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (bundan buyon matnda kasaba uyushmasi qoʻmitasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda qanday ichki hujjatlar qabul qilinishi mumkinligini belgilaydi” deyilgan. Mazkur qoidaga koʻra kasaba uyushmasi tashkilotining saylab qoʻyiladigan organlari ham, xodimlarning boshqa vakillik organi ham Kodeksning keyingi moddalarida bitta jumla bilan – “kasaba uyushmasi qoʻmitasi” degan jumla bilan ifodalanishi nazarda tutilmoqda. Yaʼni, kasaba uyushmasi qoʻmitasi deganda, tashkilotning xodimlari tomonidan saylangan xodimlar vakili ham tushuniladi.
Biroq, Javobgarda xodimlarning vakili mavjud boʻlsada, jamiyat rahbari tomonidan tuzilgan xizmat tekshiruvi komissiyasi tarkibiga tashkilot xodimlarining vakillik organiga saylangan shaxs kiritilmagan.
Ikkinchidan. Mehnat kodeksining 310-moddasi birinchi qismiga koʻra “xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tegishli qarorni qabul qilish uchun ovoz bergan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi kerak” deyilgan.
Shuningdek, MK 310-moddasining oxirgi qismida “xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma komissiya toʻplagan boshqa materiallar bilan birga ish beruvchiga komissiya majlisida oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi haqida qaror qabul qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay topshirilishi kerak” deyilgan.
Uchinchidan. Mehnat kodeksining 305-moddasida xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimlarga yozma shaklda tushuntirishlar taqdim etishni, shuningdek xizmat tekshiruvi masalalarining mohiyati yuzasidan boshqa axborotni maʼlum qilishni taklif etish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan.
Mazkur qoidaga asosan komissiya xodimdan xizmat tekshiruvi oʻtkazish chogʻida tushuntirish xati soʻrashi mumkin.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, komissiya tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi jarayoni gʻayriqonuniy boʻlgan.
Mehnat kodeksining 306-moddasiga asosan ustidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodim komissiyaning qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.
Qayd etilganlarga koʻra, ish beruvchining Xizmat tekshiruvi komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnoma sanasidagi Xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha buyruq soni-sonli buyrugʻi bilan tuzilgan xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiyaning daʼvogar Daʻvogarning F.I.Osining faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruviga oid harakatlarini gʻayriqonuniy deb topishingizni soʻrayman.
Daʻvo ariza berilgan sana