Fuqarolik ishlari boʻyicha Da’vo arizasi berilayotgan sudning nomiga
Daʻvogar: Da’vogarning F.I.Osi
Da’vogarning doimiy yashash manzili
Da’vogarning telefon raqami
Da’vogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgarning manzili
Javobgarning STIR raqami
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
DAʼVO ARIZASI
(Mehnat daftarchasi kechiktirilgan davr uchun
ish haqi undirish haqida)
Men Da’vogarning F.I.Osi Da’vogar Javobgarning tashkilotida ish boshlagan sanadan Da’vogar Javobgarning tashkilotida ishni tugatgan sanaga qadar Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – Javobgar)da Da’vogarning ishlagan lavozimi lavozimida ishlab kelganman.
Da’vogarning ishdan bo‘shash to‘g‘risida yozgan arizasining sanasi kuni oʻz xohishimga koʻra ishdan boʻshash haqida ariza yozdim va Da’vogar Javobgarning buyrug‘i bilan ishdan bo‘shatilgan sana kungi Da’vogar ishdan bo‘shatilgan buyruq raqami-sonli buyruq bilan oʻz tashabbusimga koʻra ishdan boʻshaganman va men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Biroq, Javobgar tomoni hozirgi kunga qadar menga mehnat daftarchamni hech qanday sabablarsiz, asossiz ravishda bermasdan kelmoqda.
Men Javobgarning HR boʻyicha menejeriga bir necha bor ogʻzaki ravishda murojaat qildim. Lekin, hali-hanuz Javobgar mehnat daftarchamni bermasdan kelmoqda. Natijada, shu kunga qadar biron-bir ishga rasman mehnat shartnomasi tuzib joylasha olmadim va hech qanday ish haqiga ham, mehnat stajiga ham ega boʻla olmadim.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga binoan ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berishi shart.
Ushbu kodeksining 320-moddasiga koʻra, xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi koʻchirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi natijasida yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan qoplanishi koʻrsatilgan.
Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Mehnat daftarchalarni yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning 3.1-bandida "ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi” deyilgan.
Javobgar mehnat daftarchamni berishni 2023-yil 5-avgustidan hozirga (2023-yil 27-dekabrga) qadar jami 5 oy-u 22 kunga kechiktirgan va bu davrga hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqim 33 400 000 (oʻttiz uch millon toʻrt yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 319-moddasida agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy zarar yetkazilgan boʻlsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
402-son Yoʻriqnoma 3.1-bandining davomida yana mana bunday qoida bor: Bunday holda ishdan boʻshash kuni, mehnat daftarchasi berilgan kun hisoblanadi. Ishdan boʻshagan kunining yangi sanasi toʻgʻrisida buyruq berilib, xodimning mehnat daftarchasiga yozib qoʻyiladi. Boʻshagan kuni toʻgʻrisida ilgari kiritilgan yozuv, ushbu Yoʻriqnomaning 2.8-bandida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Shunga koʻra, mening ishdan boʻshagan kunim ham amalda menga mehnat daftarcham beriladigan kun bilan muvofiqlashtirilishi va sud tomonidan Javobgarga mehnat daftarchamdagi avval Da’vogar Javobgarning buyrug‘i bilan ishdan bo‘shatilgan sana boʻshaganligim haqidagi yozuvni bekor qilib, ishdan boʻshagan kunning yangi sanasini belgilash boʻyicha majburiyat ham yuklatilishi kerak deb hisoblayman.
Yuqorida keltirilgan barcha holatlarni inobatga olib, suddan:
–javobgardan mehnat daftarchamni berish kechiktirilganligi uchun bu davrga Da’vogar tomonidan hisoblangan o‘rtacha ish haqi miqdori soʻm ish haqi undirib berishni;
–hamda javobgarga mehnat daftarchamdagi avval Da’vogar Javobgarning buyrug‘i bilan ishdan bo‘shatilgan sana boʻshaganligim haqidagi yozuvni bekor qilib, mehnat daftarchasida ishdan boʻshagan kunning yangi sanasini belgilash haqida majburiyat yuklatilishini soʻrayman.
Da’vo ariza berilgan sana