Fuqarolik ishlari boʻyicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomiga
Daʼvogar Da’vogarning F.I.Osidan
Manzil: Da’vogarning manzili
Hal qiluv qarori raqami-sonli ish yuzasidan
ARIZA
(Mehnat shartnomasini bekor qilish asosi va
taʼrifini oʻzgartirish haqida)
Daʼvogar Da’vogarning F.I.Osi oʻz daʼvo arizasida javobgarning Javobgar tomonidan Da’vogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyrug‘i sanasi dagi buyrugʻini bekor qilishni, uni avvalgi lavozimiga tiklashni hamda moddiy va maʼnaviy zarar summalarini undirib berishni soʻragan.
Javobgarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyrugʻida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga koʻra – Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 4-bandiga asosan, mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi munosabati bilan bekor qilinganligi koʻrsatilgan.
Sud jarayonida bu buyruqdan oldingi, yaʼni Javobgar tomonidan Da’vogarga hayfsan qo‘llanilgan sanadagi buyruq bilan daʼvogarga hayfsan intizomiy jazo chorasini qoʻllash belgilangan boʻlib, biroq, ushbu buyruqqa ish beruvchi emas, balki direktor oʻrinbosari imzo qoʻyganligi maʼlum boʻldi. Bizningcha, agar ushbu hayfsan qoʻllash haqidagi buyruq ish beruvchi tomonidan imzolanmagan boʻlsa, sud bu buyruqni qonunga xilof deb topishi va majburiyatlarni muntazam ravishda buzish fakti boʻlmaganligini hisobga olib, xodimni ishga tiklash haqida qaror chiqarishi mumkin.
Bizningcha, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish asosi va taʼrifi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 4-bandiga asosan, mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi munosabati bilan” deb xato yozilgan boʻlib chiqmoqda.
Biroq, Mehnat kodeksining 568-moddasiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifi notoʻgʻri deb yoki qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud ushbu taʼrifni oʻzgartiradi va qarorda mehnat shartnomasini bekor qilish asosini qonunchilikka qat’iy muvofiq ravishda qonunning tegishli moddasiga (qismiga, bandiga, xatboshiga) havola qilgan holda koʻrsatadi.Shuningdek, Oliy sud Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 26-sonli qarori 65-bandida agar sud ishga tiklash haqidagi nizoni hal qilishda ish beruvchining mehnat munosabatlarini bekor qilishga asosi boʻlgan deb topsa, ammo mehnat shartnomasini bekor qilish taʼrifi notoʻgʻri yoki amaldagi qonunga mos boʻlmasa, sud taʼrifni oʻzgartiradi va hal qiluv qarorida mehnat shartnomasini bekor qilish sababini qonunga aniq mos holda, qonunning tegishli moddasi (bandi)ga tayangan holda koʻrsatadi deyilgan.
Xodimning yuqoridagi intizomiy qilmishi bir vaqtning oʻzida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan, mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi munosabati bilan bekor qilishga ham asos boʻla oladi. Mazkur Ichki mehnat tartibi qoidalari avvaldan xodimga tanishtirilgan, ushbu intizomiy qilmish yuzasidan barcha hujjatlar toʻliq rasmiylashtirilgan hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligi ham olingan.
Yuqoridagilarga asoslanib, Javobgar tomonidan Da’vogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyrug‘i sanasidagi “mehnat shartnomasini bekor qilish haqida”gi buyruqning mehnat shartnomasini bekor qilish asosi va taʼrifini “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan, mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi munosabati bilan”ga oʻzgartirishni va shu orqali buyruqning qonunga muvofiqlashtirilishini eʼtiborga olib, xodimning daʼvo talablarini toʻliq rad qilinishini soʻrayman.
Da’vogarning F.I.Osi Ariza berilgan sana