Fuqarolik ishlari boʻyicha Da’vo arizasi berilayotgan sudning nomiga
Da’vogar: Da’vogarning F.I.Osi
Da’vogarning doimiy yashash manzili
Da’vogarning telefon raqami
Da’vogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgarning manzili
Javobgarning STIR raqami
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
DAʼVO ARIZASI
(Foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun pullik kompensatsiya, kechiktirilgan kunlarga foizlar va maʼnaviy zarar uchun pul undirish toʻgʻrisida)
Men Da’vogarning F.I.Osi Da’vogar Javobgar tashkilotda mehnat qilishni boshlagan sana kunidan Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – javobgar)da turli lavozimlarda mehnat qilib kelganman.
Men Xodimning ishdan bo‘shash sababi sababli ishdan boʻshashga ariza yozdim va Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan sana kuni men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi oʻz tashabbusimga koʻra bekor qilindi.
Biroq, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyingi hisob-kitob davrida menga foydalanilmagan mehnat taʼtilimning faqat bir yili uchun pullik kompensatsiya toʻlovlari toʻlandi xolos.
Vaholanki, undan tashqari menga jami Xodimga yillik mehnat ta’tili berilmagan yillar miqdori yillik ish yillarim uchun ham har yilgi mehnat taʼtillari berilmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga koʻra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak va bunda ish beruvchi xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalarni toʻlab berishi lozim.
Ushbu Kodeksning 216-moddasiga muvofiq “har yilgi mehnat taʼtili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish oʻrni (lavozimi) hamda oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir”.
Kodeksning 230-moddasi birinchi qismida “har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak” deyilgan.
Shuningdek, Kodeksning 234-moddasi birinchi qismiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun kompensatsiya toʻlanadi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan qoidalarga koʻra, men bilan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin, javobgar menga barcha foydalanilmagan mehnat taʼtillarim uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab berishi shart edi.
Taraflar oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining 5-bandiga asosan javobgar tomonidan Xodimga yillik mehnat ta’tili berilmagan yillar miqdori yillik ish yilining har bir yili uchun Xodimga berilishi lozim bo‘lgan mehnat ta’tili kunlari miqdori kunidan iborat mehnat taʼtillari berilmagan.
Men javobgarga Xodim javobgarga yozma ariza bilan murojaat qilgan sana kuni yozma ariza bilan murojaat qilib, yuqoridagi Xodimga yillik mehnat ta’tili berilmagan yillar miqdori yillik davrdagi foydalanilmagan mehnat taʼtillarim uchun kompensatsiya toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlashni talab qildim. Lekin javobgar shu vaqtga qadar ushbu toʻlovlarni oʻz ixtiyori bilan toʻlamadi.
Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart. Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiyaning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi.
Mazkur qoidaga binoan javobgar menga Xodimga yillik mehnat ta’tili berilmagan yillar miqdori yillik davrdagi foydalanilmagan mehnat taʼtilim uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha kechiktirilgan har bir kunga ham foizlar toʻlashi lozim.
Bundan tashqari, javobgarning yuqoridagi harakatsizligi va qonunlarni mensimasligi natijasida men jiddiy ruhiy azob chekdim va oʻzimni kamsitilgan, xoʻrlangan his qildim. Shunga koʻra men javobgar tomonidan menga maʼnaviy zarar yetkazilgan deb hisoblayman va uning miqdorini Xodim o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zararni hisoblagan miqdorsoʻm sifatida baholayman.
Yuqoridagilarga asoslanib, suddan javobgar – Da’vogar Javobgar tashkilotda mehnat qilishni boshlagan sana hisobidan mening foydamga:
–Xodimga yillik mehnat ta’tili berilmagan yillar miqdoriyillik ish yili mobaynida foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun kompensatsiya, ushbu kompensatsiya toʻlovlari kechiktirilganligi uchun Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan shu kunga qadar har bir kunga MK 333-moddasiga asosan foizlar hamda yetkazilgan maʼnaviy zarar uchunXodim o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zararni hisoblagan miqdorsoʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini undirib berilishini soʻrayman.
Da’vo ariza berilgan sana