O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Hakamlik bitimi

Hujjat tavsifi
Bitimning rekvizitlari
Taraflar
Bitim shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

HAKAMLIK BITIMI

Bitim tuzilgan vaqt Bitim raqami – son Bitim tuzilgan joy

Hakamlik bitimi tomoni boʻlgan tashkilotning nomi (birinchi taraf) nomidan ish yurituvchi Hakamlik bitimi tomoni boʻlgan tashkilot nomidan ishda qatnashuvchi shaxsning F.I.Osi (birinchi taraf)bir tomondan va Hakamlik bitimi tomoni boʻlgan tashkilotning nomi (ikkinchi taraf) nomidan ish yurituvchi Hakamlik bitimi tomoni boʻlgan tashkilot nomidan ishda qatnashuvchi shaxsning F.I.Osi (ikkinchi taraf)ikkinchi tomondan mazkur bitimni quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

Mazkur bitimning taraflari oʻrtasida paydo boʻlayotgan yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday nizolar, shu jumladan, shartnomaga oid boʻlmagan munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar, agar ular qonunga muvofiq hakamlik sudiga taalluqli boʻlgan taqdirda, “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga binoan koʻrib chiqiladi.

Hakamlik muhokamasining joyi: Hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy (taraflar tomonidan kelishuvga binoan belgilanadi)

Koʻrsatilgan nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka holda koʻrib chiqiladi.

Hakamlik muhokamasini tezlashtirish maqsadida hakamlik sudi taraflarga hujjatlarni quyida koʻrsatilgan pochta manzillariga (elektron manziliga) joʻnatishi lozim:

Birinchi tarafning pochta manzili (elektron pochta manzili)

Ikkinchi tarafning pochta manzili (elektron pochta manzili)

Xabar yuqorida koʻrsatilgan manzillarga yuborilganligi toʻgʻrisidagi dalil mavjud boʻlgan taqdirda, u qabul qilingan deb hisoblanadi.

Taraflar oʻz vakilini hakamlik sudi majlisida ishtirok etishi uchun joʻnatishi lozim. Ular oʻz vaqtida hakamlik sudi majlisiga yetib kelmagan hollarda, nizo hakamlik sudiga taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etiladi.

Hakamlik sudi ishni hakamlik sudi majlisida koʻrishni taraf vakilining yoʻqligi yoki uning kasalligi, safarda, boshqa sudda band boʻlganligi sabablariga koʻra qoldirmaslik huquqiga ega. Mazkur holatlar vujudga kelganda, taraflar hakamlik sudiga boshqa vakil kelishini taʼminlashi lozim.

Hakamlik muhokamasining tili Hakamlik muhokamasi amalga oshiriladigan til tili hisoblanadi.

Nizoni hal qilish uchun kerak boʻlgan barcha dalillarni taraflar bir-biriga va hakamlik sudiga sudgacha boʻlgan davrda yoki ish koʻrilayotgan vaqtda taqdim etishlari lozim.

Hakamlik sudining qarori qatʼiy va taraflar uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

BIRINCHI TARAF:

Yuridik manzili: Birinchi tarafning yuridik manzili

H/R:Birinchi tarafning hisob raqami

Bank kodi Birinchi tarafning bank kodi

STIR: Birinchi tarafning STIR raqami

Birinchi taraf bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

IKKINCHI TARAF:

Yuridik manzili: Ikkinchi tarafning yuridik manzili

H/R Ikkinchi tarafning hisob raqami

Bank kodi Ikkinchi tarafning bank kodi

STIR: Ikkinchi tarafning STIR raqami

Ikkinchi tarafning telefon raqami

 

 

 

 

 

Hakamlik bitimi