O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Topshiriq shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Topshiriq beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Topshiriq beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Topshiriq beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Topshiriq beruvchining rahbari lavozimi va F.I.Osi bir tomondan va Vakilning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Vakil” deb yuritiladi) nomidan Vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Vakilning rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

Vakil Topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan quyidagi yuridik harakatlarni koʻrsatish majburiyatini oladi: Vakil Topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan amalga oshiradigan harakatlari

Vakil unga berilgan topshiriqni shaxsan oʻzi bajarishi shart. Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga (oʻrinbosarga) ishonib topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

TARAFLARNING MAJBURIYATLARI

Vakilning majburiyatlari:

Vakil oʻziga berilgan topshiriqni Topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarish;

Topshiriq beruvchining talabiga muvofiq unga topshiriq qanday bajarilayotganligi haqida maʼlumot berib turish;

topshiriq bajarib boʻlingandan keyin, agar topshiriqning xususiyatiga koʻra bu talab qilinsa, zudlik bilan va har qanday holatda Topshiriq beruvchiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma hisobot berish;

topshiriqni bajarish bilan bogʻliq holda olgan barcha narsalarni zudlik bilan Topshiriq beruvchiga topshirish;

topshiriqni bajarish bilan bogʻliq holda unga maʼlum boʻlgan va Topshiriq beruvchining tijorat sirini tashkil etadigan maʼlumotlarni sir saqlash.

Topshiriq beruvchining majburiyatlari:

mazkur shartnomada nazarda tutilgan topshiriqni bajarish uchun Vakilga zaruriy yordam berish, ishonchnoma berish, unga zaruriy hujjatlarni topshirish va topshiriq xususiyati boʻyicha zarur boʻladigan vositalar bilan taʼminlash;

Vakil shartnomaga muvofiq bajargan ishni kechiktirmasdan qabul qilib olish;

Vakil topshiriqni bajarish uchun qilgan zarur xarajatlarni toʻlash;

topshiriq bajarilgandan soʻng Vakilga ushbu shartnomaning 3.1-bandida nazarda tutilgan miqdorda haq toʻlash.

2.3.Agar ushbu shartnoma topshiriq vakil tomonidan toʻliq bajarilishidan oldin bekor qilinsa, Topshiriq beruvchi Vakilga topshiriqni bajarish vaqtida qilingan chiqimlarni hamda bajarilgan ishga muvofiq haq toʻlashi shart. Bu qoida Vakil topshiriqning bekor qilinganini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganidan keyin bajargan topshiriqqa tatbik etilmaydi.

SHARTNOMA SUMMASI VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

Ushbu shartnoma boʻyicha topshiriqni bajarganlik uchun Vakilga Ushbu shartnoma boʻyicha topshiriqni bajarganlik uchun Vakilga toʻlanadigan summa soʻm miqdorida haq toʻlanadi.

Mazkur topshiriq u toʻliq bajarilgunga qadar bekor qilingan taqdirda, Vakilga toʻlanishi lozim boʻlgan haq miqdori oldindan toʻlov tariqasida toʻlangan summa hisobga olingan holda taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

Majburiyatlar bekor boʻlishining umumiy asoslaridan tashqari, ushbu shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:

Topshiriq beruvchi tomonidan topshiriq bekor qilinsa;

Vakil topshiriqdan bosh tortsa;

Topshiriq beruvchi yoki Vakil tugatilsa, ulardan biri muomalaga layokatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilsa.

Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, Vakil esa, topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu holatda taraflardan biri ikkinchi tarafni shartnomani bekor qilishi haqida oʻz vaqtida xabardor qilishi lozim.

Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Vakil mazkur shartnomaning 1.2-bandida belgilangan muddatda topshiriqni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, mazkur shartnomaning 3.1-bandida nazarda tutilgan haqni olish huquqidan mahrum boʻladi.

Topshiriq beruvchi mazkur shartnomaning 3.1-bandida belgilangan xizmat haqini shartnomaning 2.2.4-bandida belgilangan muddatda Vakilga toʻlamagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlanmagan summaning Vakilga toʻlamagan summa uchun penya miqdori foizi miqdorida, lekin

Umumiy summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.

Topshiriq beruvchi oʻz manfaatlarining himoya qilinishini boshqacha tarzda taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlmagan holatda Vakil shartnomani bajarishdan bosh tortgan taqdirda, u Topshiriq beruvchiga shartnomani bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarni toʻlashi shart.

Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar

6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

Vakil ishning holatlariga koʻra Topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning koʻrsatmalaridan chetga chiqish zarur boʻlsa, hamda Topshiriq beruvchidan bu haqda oldindan soʻray olmagan yoki oʻz soʻroviga oqilona muddatda javob ololmagan boʻlsa, bu koʻrsatmalardan chetga chiqishga haqli.

Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha boʻlgan muddatga tuzildi va paytdan boshlab kuchga kiradi.

Shartnoma ikkita asl nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Topshiriq beruvchida, ikkinchisi Vakilda saqlanadi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

TOPSHIRIQ BERUVCHI:

Yuridik manzili: Topshiriq beruvchining yuridik manzili

H/R: Topshiriq beruvchining hisob raqami

Bank kodi Topshiriq beruvchining bank kodi

STIR: Topshiriq beruvchining STIR raqami

Topshiriq beruvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

VAKIL:

Yuridik manzili: Vakilning yuridik manzili

H/R Vakilning hisob raqami

Bank kodi Vakilning bank kodi

STIR: Vakilning STIR raqami

Vakilning telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Topshiriq shartnomasi