O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Reklamani tayyorlash to'g'risida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

REKLAMANI TAYYORLASH TOʻGʻRISIDA SHARTNOMA

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Reklama tayyorlovchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Reklama tayyorlovchi” deb yuritiladi) nomidan Reklama tayyorlovchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Reklama tayyorlovchining rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Reklama beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Reklama beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Reklama beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Reklama beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida toʻzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

Mazkur shartnoma boʻyicha Reklama tayyorlovchi reklama materialini tayyorlab, unga boʻlgan mualliflik huquqi va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan yoʻriqnoma bilan birga Reklama beruvchiga topshirish, Reklama beruvchi esa, ushbu reklama asarini qabul qilib olish va uning haqini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Reklama materialini tayyorlashdan oldin Reklama tayyorlovchi Reklama beruvchiga namuna shaklidagi dastlabki reklama materiallarini (eskiz, reklama matni, slayd va shu kabi boshqa loyihalarni) taqdim etishi, Reklama beruvchi esa, uni tasdiqlashi lozim.

Reklama tayyorlovchi oʻz majburiyatlarini reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, Reklama beruvchi topshirigʻining mazmuni, uning badiiy va estetik (xizmat sifati) talablariga muvofiq aniq, oʻz vaqtida va toʻliq (lozim darajada) bajarishi shart.

TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Reklama beruvchining huquqlari:

Reklama tayyorlovchidan reklamani tarqatish uchun tayyor shaklga keltirish, reklama materialiga boʻlgan mualliflik huquqi va reklama materialidan foydalanish uchun zarur boʻlgan yoʻriqnoma (hujjatlar)ni topshirishni talab qilish;

Reklamani tayyorlash yuzasidan topshiriq tuzilishini belgilash;

Reklama qonunchilik hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar boʻyicha Reklama tayyorlovchidan maʼlumot berishini talab qilish;

Reklama tayyorlovchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda ishning borishi va sifatini tekshirish;

Reklama tayyorlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin boʻlmasligi aniq boʻlib qolsa, shartnomadan voz kechib, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;

Dastlabki reklama materiallarini qabul qilish vaqtida unga kamchiliklarni aniqlash va bu kamchiliklarni tuzatish toʻgʻrisidagi talabni qoʻyish;

Reklama materiali oʻziga topshirilgunga qadar istalgan vaqtda shartnomadan voz kechib, belgilangan bahoning shartnomadan voz kechganligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish olingunga qadar Reklama tayyorlovchiga u bajargan ishga mutanosib qismini toʻlash.

Reklama beruvchining majburiyatlari:

2.2.1.Reklama tayyorlovchining talabiga binoan reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;

2.2.2.Agar Reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi yoki mahsuloti sertifikatlashtirilishi zarur boʻlsa, mahsulotni yoki Reklama beruvchining oʻzini reklama qilayotganda tegishli litsenziya yoki sertifikatni taqdim etish;

2.2.3.Reklama materialini yaratish yuzasidan Reklama tayyorlovchiga topshiriq berish;

2.2.4.Shartnomada nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda Reklama tayyorlovchiga yordam berish;

2.2.5.Dastlabki reklama materiallarini tasdiqlash;

2.2.6.Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda reklama materiali haqini toʻlash;

2.2.7.Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.

2.3.Reklama tayyorlovchining huquqlari:

2.3.1.Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda Reklama beruvchidan tegishli litsenziya, sertifikat hamda reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;

2.3.2.Reklama beruvchidan reklamani tayyorlash yuzasidan topshiriqni talab qilish;

2.3.3.Shartnomaning bajarilishi munosabati bilan Reklama beruvchi belgilangan haq va boshqa summani toʻlamagan taqdirda, Reklama beruvchi tegishli summani toʻlagunga qadar unga tegishli ashyolarni ushlab qolish;

2.3.4.Reklama beruvchidan reklama materialini qabul qilib olishini talab qilish;

2.3.5.Dastlabki reklama materialini tasdiqlashni talab qilish;

2.3.6.Shartnomada nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda Reklama beruvchidan yordam berishni talab qilish;

2.3.7.Reklamani tayyorlash xizmati uchun Reklama beruvchidan oldindan avans toʻlovini toʻlashni talab qilish;

2.3.8.Reklama beruvchidan ishni kabul qilib olishini talab qilish.

2.4.Reklama tayyorlovchining majburiyatlari:

2.4.1.Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalari hamda reklama faoliyatining professional ishtirokchisi kasb etikasiga soʻzsiz rioya qilish;

2.4.2.Reklama beruvchining topshirigʻiga binoan reklama axborotini tayyor shaklga keltirish boʻyicha ishni bajarish va uning natijasini Reklama beruvchiga topshirish;

2.4.3.Axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmaslik;

2.4.4.Reklama tayyorlovchi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan axborot bergan taqdirda, uni bu haqda oʻz vaqtida xabardor qilish;

2.4.5.Reklama materialining sifati talablariga rioya qilish, ishni sifatli bajarish;

2.4.6.Reklama beruvchiga reklama asariga boʻlgan huquqni topshirish;

2.4.7.Reklama materiallarining oxirgi marta reklama eʼlon qilingan kundan boshlab rejali tekshirish oʻtkazilguniga qadar saqlanishini taʼminlash;

2.4.8.Reklama beruvchi bergan materialdan tejab-tergab va rejali foydalanish, ish tugaganidan soʻng ishlatilgan material toʻgʻrisida hisobot berish, shuningdek, uning qoldigʻini qaytarib berishi yoxud oʻz ixtiyoridagi foydalanilmay qolgan materialning qiymatini hisobga olib, Reklama beruvchining roziligi bilan ishning bahosini kamaytirish;

2.4.9.Reklama beruvchini ogohlantirish shart boʻlgan holatlarda uni darhol ogohlantirib, undan koʻrsatma olgunga qadar ishni toʻxtatib turish;

2.4.10.Reklama beruvchiga texnik vositalardan foydalangan holda tashuvchilarda qayd qilingan reklama asari bilan birga uni ishlatish va undan boshqacha tarzda foydalanishga oid axborotlarni berish.

SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI

Ushbu shartnoma bahosi Shartnomaning umumiy bahosi soʻmni tashkil etadi.

Reklama beruvchi reklamani tayyorlashga oid xizmatlar uchun shartnoma summasining Oldindan amalga oshiriladigan summa foizi foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Reklama beruvchi dastlabki

reklama materiallari tasdigʻini Reklama tayyorlovchiga topshirganidan keyin shartnoma summasini uzil-kesil toʻlashi lozim.

Koʻrsatilgan xizmatlar haqi namuna shaklidagi dastlabki reklama materiallari buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng oʻzgartirilishi mumkin emas.

XIZMAT KOʻRSATISH MUDDATLARI

Reklama tayyorlovchi uning hisob raqamiga dastlabki toʻlov kelib tushgan kundan boshlab Reklama beruvchining topshirigʻini bajarishga kirishib, topshiriq yuzasidan namuna shaklidagi dastlabki reklama materiallarini Reklama beruvchining tasdigʻiga havola qiladi.

Reklama beruvchi dastlabki reklama materiallarini unga taqdim etilgan kundan boshlab koʻrib chiqib, oʻz imzosi va muhri orqali tasdiqlagan holda Reklama tayyorlovchiga qaytaradi.

Reklama tayyorlovchi asosiy reklama materiallari (original maket, videorolik, banner va h.k.) ni shartnoma summasi toʻliq toʻlangan kundan boshlab tayyorlab, Reklama beruvchiga topshirishi lozim.

SHARTNOMANING BAJARILISHI

Reklama asari Reklama beruvchining roziligi bilan muddatidan oldin taqdim etilishi mumkin.

Reklama asarini qabul qilish-topshirish toʻgʻrisida taraflar oʻrtasida dalolatnoma tuziladi.

Dalolatnomada reklama asarining miqdori, hajmi va sifati bilan birga, reklama asariga boʻlgan mualliflik huquqi hamda reklama asaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan yoʻriqnoma Reklama beruvchiga topshirilganligi alohida qayd etiladi.

Dalolatnoma reklama asari topshirilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan keyingi kundan kechiktirmasdan taraflar tomonidan imzolanishi lozim. Reklama beruvchi reklama asarini qabul qilish yoki dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, ushbu muddat ichida Reklama tayyorlovchiga asoslantirilgan rad javobini yozma ravishda bildirishi lozim.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Mazkur shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor shaxs Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Reklama toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-hukukiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq javobgar boʻladi

Reklama tayyorlovchi reklama axborotining haqqoniyligi va ishonchliligi, reklama qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) sifati, shuningdek, Reklama beruvchi tomonidan tasdiqlangan dastlabki reklama materialining dizayni va undagi kamchiliklar uchun javob bermaydi.

SHARTNOMANING AMAL QILISHI,UNI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

Shartnoma taraflar imzolaganidan boshlab kuchga kiradi va taraflar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.

Reklama materialining sifati Reklama beruvchi tomonidan tasdiqlangan dastlabki reklama materiallariga muvofiq boʻlmagan hollarda Reklama beruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.

Toʻlovlar mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilmagan, toʻlovni kechiktirish muddati 60 ish kunidan ortib ketgan hollarda Reklama tayyorlovchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.

NIZOLARNI HAL QILISh TARTIBI

Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

REKLAMA TAYYORLOVCHI:

Yuridik manzili: Reklama tayyorlovchining yuridik manzili

H/R: Reklama tayyorlovchining hisob raqami

Bank kodi Reklama tayyorlovchining bank kodi

STIR: Reklama tayyorlovchining STIR raqami

Reklama tayyorlovchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

REKLAMA BERUVCHI:

Yuridik manzili: Reklama beruvchining yuridik manzili

H/R Reklama beruvchining hisob raqami

Bank kodi Reklama beruvchining bank kodi

STIR: Reklama beruvchining STIR raqami

Reklama beruvchining telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Reklamani tayyorlash to'g'risida shartnoma