O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Fermer xo'jaligining dehqon xo'jaligi shirkatlari bilan shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

DEHQON (FERMER) XOʻJALIGINING SHIRKAT XOʻJALIGI (DEHQON(FERMER) XOʻJALIKLARI BIRLASHMASI) BILANSHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Fermer xoʻjaligining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Fermer” deb yuritiladi) nomidan Fermer xoʻjaligiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Fermer xoʻjaligi rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Xoʻjalik tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Xoʻjalik” deb yuritiladi) nomidan Xoʻjalik shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Xoʻjalik tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

FERMERNING MAJBURIYATLARI

Quyidagi miqdorda va muddatda standartlar va texnik shartlar, veterinariya va sanitariya talablariga javob beradigan mahsulotni mazkur shartnomada kelishilgan bahoda sotish:

Mahsulotning nomi

Mahsulotning oʻlchov birligi

Mahsulotning bahosi

Mahsulotning yillik miqdori

Xoʻjalikdan sotib olinayotgan chorva va parranda, yonilgʻi-moylash va qurilish materiallari, yem-ozuqa, oʻgʻitlar, urugʻlik, koʻchatlar va boshqa moddiy qimmatliklar uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda naqd pul yoki topshirilgan mahsulot hisobidan haq toʻlash.

Xoʻjalikdan ijaraga olingan chorva, texnika, uskunalar, binolar va hokazolar uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan miqdorda ijara haqi toʻlash.

Zootexnika, veterinariya, agrotexnika va agrokimyo talablariga, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi, atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish.

Gaz, elektr energiyasi, suv taʼminoti va boshqa xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlash.

Xoʻjalikdan ijaraga olingan qishloq xoʻjalik texnikasi, uskunalar va asboblarni tegishli holatda saqlash, oʻz hisobidan va oʻz vaqtida ularga sifatli texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash.

Xoʻjalikdan olingan ssuda boʻyicha qarzni oʻz vaqtida qaytarish.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida Xoʻjalikka moddiy-texnik resurslari uchun buyurtmalar berish.

XOʻJALIKNING MAJBURIYATLARI

Bevosita Fermer xoʻjaligida qabul qilish uchun taqdim etilgan yoki kelishilgan jadval boʻyicha u tomondan qabul qilish-topshirish punktiga yetkazib kelingan barcha mahsulotni oʻz vaqtida qabul qilib olish, miqdorini aniqlash va zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish, qabul qilingan mahsulot haqini kelishilgan baho boʻyicha, lekin davlat xarid bahosidan kam boʻlmagan miqdorda har oyda kamida bir marta toʻlash.

2.2.Fermerga topshiriladigan mahsulot hisobiga Xoʻjalik tomonidan toʻlanadigan avans miqdori soʻm miqdorida pul avansini toʻlash.

2.3.Fermerning buyurtmasiga muvofiq kelishilgan baholarda texnika va uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, zooveterinar va agrokimyoviy xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek agroservis korxonalari orqali xizmat koʻrsatilishida yordam berish.

2.4.Fermerni mahsulot topshirishning belgilangan muddatiga muvofiq zaruriy idishlar bilan taʼminlash. Fermerga tegishli idishlarni soz holatda va oʻz vaqtida unga qaytarish va ularning boshqa yetkazib beruvchilarning idishlari bilan aralashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik. Idishlarni fermerga qaytarmagan taqdirda, ularning toʻliq qiymatini toʻlash.

2.5.Fermerni haq evaziga uni qiziqtiradigan narxnomalar, standartlar, texnik shartlar, mahsulotlarni qabul qilish, tashish va saqlash haqidagi yoʻriqnomalar va qoidalar bilan taʼminlashda yordam berish, ushbu meʼyoriy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida uni oʻz vaqtida xabardor qilish.

2.6.Fermerni qishloq xoʻjaligi zararkunandalari paydo boʻlganligi va noqulay ob-havo sharoitlari ehtimoli toʻgʻrisida vaqtida xabardor qilish.

Kelishilgan bahoda ekinlarni kimyoviy va boshqa usulda ishlash.

2.7.Fermerga chorva, parranda, texnika, binolar va boshqa moddiy boyliklarni ijaraga berish.

2.8. Texnologiya, muxandislik, zootexnika, veterinariya, agrotexnika va agrokimyo xizmati, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Fermerga maslahat berilishini taʼminlash.

2.9.Fermerga ishlarni tashkil qilish va texnologiyada toʻla mustaqil holda harakat qilishiga sharoit yaratish.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VANIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

Ushbu shartnoma bilan nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

Tabiiy ofatlar natijasida ekinlar nobud boʻlgan, ushbu maydonlarga qayta ekish imkoniyati boʻlmagan hamda fermerga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra chorva mollari nobud boʻlgan taqdirda, u belgilangan tartibda mahsulot topshirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan toʻliq yoki qisman ozod etiladi.

Fermer toʻliq yetkazib berilmagan mahsulot miqdorini qoplash hisobiga vakolatli organlar tomonidan aniqlangan ekinlar va chorvaning nobud boʻlishi, mahsulotni toʻliq yigʻib ololmaganlik uchun sugʻurta organlari tomonidan berilgan sugʻurta guvohnomasi boʻyicha olingan sugʻurta summalari hisobidan Xoʻjalikka yetkazilgan zararni toʻlaydi.

Taraflardan biri yoki ikkala taraf shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, manfaatdor taraf qishloq xoʻjalik yili tugagandan soʻng ikkinchi tarafni kamida 2 oy oldin ogohlantirgan holda shartnomani bir taraflama bekor qilishga haqli.

Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Dyemokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

BOSHQASHARTLAR

Shartnomaning amal qilish muddati Shartnomaning amal qilish muddati (yillarda) yildir va imzolangan paytdan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana gacha amal kiladi.

Shartnoma 2 nusxada tuzilgan boʻlib, birinchi nusxasi Xoʻjalikda va ikkinchisi Fermerda saqlanadi.

Taraflarning kelishuviga muvofiq ushbu shartnomaga yozma ravishda tuzilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

FERMER XOʻJALIGI:

Yuridik manzili: Fermer xoʻjaligining yuridik manzili

H/R: Fermer xoʻjaligining hisob raqami

Bank kodi Fermer xoʻjaligining bank kodi

STIR: Fermer xoʻjaligining STIR raqami

Fermer xoʻjaligi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

XOʻJALIK:

Yuridik manzili: Xoʻjalikning yuridik manzili

H/R Xoʻjalikning hisob raqami

Bank kodi Xoʻjalikning bank kodi

STIR: Xoʻjalikning STIR raqami

Xoʻjalikning telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Fermer xo'jaligining dehqon xo'jaligi shirkatlari bilan shartnomasi