O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ko'chmas mulk (turar joy, bino, inshoot)ni garovga qo'yish (ipoteka) shartnomasi

Hujjat tavsifi
Umumiy
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

KOʻCHMAS MULK (TURAR JOY, BINO, INSHOOT)NIGAROVGA QOʻYISH (IPOTEKA)

SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Garovga oluvchi bankning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Garovga oluvchi” deb yuritiladi) nomidan Garovga oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga oluvchi bankning rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Garovga qoʻyuvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Garovga qoʻyuvchi” deb yuritiladi) nomidan Garovga qoʻyuvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga qoʻyuvchining rahbari lavozimi va F.I.Osi. ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

SHARTNOMA PREDMETI

Mazkur shartnomaga asosan Garovga oluvchi Kredit shartnomasi imzolangan yil va sanakunidagi Kredit shartnomasining raqami-sonli shartnomaga (keyingi oʻrinlarda “Asosiy shartnoma” deb yuritiladi) muvofiq Garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kreditni garovga qoʻyilgan mulk hisobidan qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi:

IPOTEKA BILAN TAʼMINLANGAN MAJBURIYAT

Asosiy shartnoma boʻyicha qarzdor boʻlgan ushbu shartnoma boʻyicha Garovga qoʻyuvchi hisoblanadi va oʻz navbatida, asosiy shartnoma boʻyicha kreditor boʻlgan, ushbu shartnoma boʻyicha Garovga oluvchi hisoblanadi.

Asosiy shartnomaning ipoteka bilan taʼminlangan talabning miqdori Kreditning umumiy miqdori soʻmni tashkil etadi.

Garovga qoʻyuvchining mazkur shartnoma bilan taʼminlangan majburiyatini bajarish muddati Kreditni qaytarish sanasigacha belgilanadi.

IPOTEKA NARSASI

Mazkur shartnomada koʻrsatilgan koʻchmas mulk Ipoteka narsasi (keyingi oʻrinlarda “Obyekt” deb yuritiladi) hisoblanadi.

Mazkur obyekt Koʻchmas mulkning umumiy maydoni maydonni egallaydigan tegishli yer uchastkasi bilan birga garovga qoʻyiladi.

Ipoteka bahosi mustaqil ekspert tomonidan baholangan va taraflar tomonidan maʼqullangan boʻlib Ipoteka bahosi mustaqil ekspert tomonidan baholangan miqdorisoʻmni tashkil etadi.

 

GAROVGA QOʻYUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Garovga qoʻyilgan obyekt Garovga qoʻyuvchining mulkchiligida va tasarrufida qoladi. Garovga qoʻyuvchi ipoteka narsasi boʻlgan obyektdan uning belgilanishi boʻyicha foydalanishga haqli.

Garovga qoʻyuvchi ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar Garovga oluvchining roziligi bilan ipoteka obyektidan quyidagi tartibda foydalanishga va uni tasarruf etishga haqli:

Garovga qoʻyuvchi huquqi asosidagi obyektni navbatdagi garovga oluvchilarga topshirish chogʻida mazkur shartnoma haqidagi maʼlumotlarni bildirishi lozim va bu majburiyatni bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan zararlar uchun javobgardir.

Garovga qoʻyuvchi oʻz hisobidan garovga qoʻyilgan obyektning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan sugʻurtalashi shart.

Garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan obyektning asralishini taʼminlash choralarini koʻrishi, jumladan, oʻz vaqtida taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi lozim.

Ipoteka obyektining yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfi yuzaga kelgan taqdirda, Garovga qoʻyuvchi bu haqda zudlik bilan Garovga oluvchini xabardor qilishi lozim.

Garovga qoʻyuvchi obyektning haqiqatda mavjudligi, asralishi va saqlanish sharoitlarini tekshirish uchun kelgan Garovga oluvchining vakolatli shaxslari garovga qoʻyilgan obyekt joylashgan hududga oʻtishi uchun toʻsqinlik qilmasligi lozim.

GAROVGA OLUVCHINING HUQUQLARI

Garovga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

Garovga olingan ipoteka obyektining yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, sugʻurta tovonidan oʻz talablarining ustunligi tartibida qanoatlanish olish;

Garovga qoʻyilgan obyektning amalda mavjudligi, miqdori, holati va saqlanish sharoitini hujjatlar boʻyicha tekshirish;

Garovga qoʻyuvchidan garovga qoʻyilgan qoʻzgʻalmas obyektning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qilish.

QOʻSHIMCHA SHARTLAR

Mazkur shartnoma notarial guvohlantirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va garovga qoʻyilgan qoʻzgʻalmas obyekt joylashgan yerdagi kadastr roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Shartnoma ikki asl nusxada tuzilgan boʻlib, taraflarga bir nusxadan beriladi.

Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar taraflarning kelishuvi bilan kiritiladi va ushbu shartnomaga ilovalar tariqasida rasmiylashtirilib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

GAROVGA OLUVCHI:

Yuridik manzili: Garovga oluvchining yuridik manzili

H/R:Garovga oluvchining hisob raqami

Bank kodi Garovga oluvchining STIR raqami

STIR: Garovga oluvchining STIR raqami

Garovga oluvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

GAROVGA QOʻYUVCHI:

Yuridik manzili: Garovga qoʻyuvchining yuridik manzili

H/R Garovga qoʻyuvchining hisob raqami

Bank kodi Garovga qoʻyuvchining bank kodi

STIR: Garovga qoʻyuvchining STIR raqami

Garovga qoʻyuvchining telefon raqami

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Ko'chmas mulk (turar joy, bino, inshoot)ni garovga qo'yish (ipoteka) shartnomasi