|
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Da’vo ariza berilayotgan sud joylashgan hudud nomi tumanlararo (tuman) sudiga |
|
|
Da`vogar
|
Da’vogarning F.I.O. si Da’vogarning doimiy yashash manzili Da’vogar bilan bog‘lanish uchun telefon raqami
|
Javobgar:
|
Javobgar tashkilotning nomi Javobgar tashkilotning manzili Javobgar tashkilotning STIR raqami Javobgar tashkilot bilan bog‘lanish uchun telefon raqami
|
|
|
DA ’ V O A R I Z A
(Buzilishga tushgan savdo do‘konlari o‘rniga kompensatsiya to‘lovlarini undirish haqida)
Menga tegishli bo‘lgan Buzilishga tushgan savdo do‘koni joylashgan manzil manzilida joylashgan Buzilishga tushgan savdo do‘konining hajmi kv.metr maydondagi savdo do‘konim mavjud. Ushbu savdo do‘konim Savdo do‘konini buzishga qaror chiqargan tashkilot nomining Buzish to‘g‘risida qaror chiqarilgan sanadagi Buzish to‘g‘risida chiqarilgan qaror raqami-sonli qaroriga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilishga tushgan.
Buzilishga tushgan savdo do‘konim Buzilishga tushgan savdo do‘konini baholagan tashkilot nomi tashkiloti tomonidan Baholash o‘tkazilgan sana da Baholash natijasiga ko‘ra savdo do‘konining qiymati so‘mga baholangan.
Shunga muvofiq men kompensatsiya pullarini to’lab berishni so’rab bir necha marotaba Javobgarga murojaat qildim. Biroq, hozirgi kunga qadar Javobgar tomonidan menga to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya pullari to‘lab berilmadi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasida Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.
Mulkdor xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli, shuningdek 19-moddada Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Bunda yetkazilgan zararning o‘rni egalik qiluvchiga to‘liq qoplanishi kerak. Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi deb belgilangan.
Fuqarolik kodeksining 206-moddasida Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonunda belgilangan hollar va tartibdagina yo‘l qo‘yiladi, bunda mulkdorga olib qo‘yilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning ko‘rgan boshqa zararlari to‘lanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar to‘la hajmda to‘lanadi. Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uylarning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki ekinlarning, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini aniqlash belgilangan tartibda baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati bevosita ushbu mol-mulkni olib qo‘yishdan oldingi holatga ko‘ra yoki kelgusida olib qo‘yilishi haqidagi xabar mol-mulkning va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatiga ta’sir qilgan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki ekinlarni buzib tashlashga zararlarning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanguniga qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga mulkdor rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror nizo sud tomonidan hal qilingunicha amalga oshirilishi mumkin emas. Nizoni ko‘rib chiqish vaqtida mulkdorga yetkazilgan zararni to‘lash bilan bog‘liq barcha masalalar ham hal qilinadi deb belgilangan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib,
SO‘ R A Y M A N:
Javobgar Javobgar tashkilotning nomidan da‘vogar Da’vogarning F.I.O. si foydasiga jami Baholash natijasiga ko‘ra savdo do‘konining qiymatiso‘m kompensatsiya to‘lovlarini undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarishingizni;
Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida taraflarni xabardor etishingizni;
Davlat boji va sud xarajatlarini javobgar hisobidan undirishingizni.
Da‘vo arizasi berilgan sana Da’vogarning F.I.O. si
Ilovalar
1.Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
2.Baholash hisobotidan nusxa;
3. Davlat boji va pochta harajatlari to‘langanligi kvitansiyasi;
4. Kadastr hujjati nusxasi;
6. Shartnoma va to‘lov topshiriqnoma.