O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ishga doir hujjatlarni so'rab olish to'g'risida ariza

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari

Yuklab oling

Tashkilot nomi rahbari

Tashkilot rahbarining F.I.O siga

 

Tashkilot Xodimning lavozimi

Xodimning F.I.O sidan

 

ARIZA

(Ishga doir maʼlumotlarni soʻrab olish haqida)

 

Kadrlar boshqarmasi tomonidan menga Xodimga ogohlantirish xati berilgan sana kuni ogohlantirish xati berilib, men egallab kelgan lavozim qisqartirilganligi va shu munosabat bilan men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2 oylik muddatdan soʻng bekor qilinishi maʼlum qilindi.

Haqiqatdan ham ishlab turgan lavozimim qisqarganligi va menga boshqa ish taklif qilinishiga aniqlik kiritish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 117-moddasi “xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish beruvchi ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay xodimga ish bilan bog‘liq hujjatlarni (ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlarning ko‘chirma nusxalarini; mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmalarni; ish haqi to‘g‘risidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni va boshqalarni) berishi shart”ga asoslangan holda, Sizdan:

tashkilotning yangi shtatlar jadvalidan nusxa berishingizni hamda yangi shtatlar jadvali tasdiqlangan kun holatiga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida (Xodim tomonidan so‘rab olinayotgan boshqa hujjatlar)maʼlumot berishingizni soʻrayman.

 

Xodim Xodimning F.I.O si _________

(imzo)

Ariza beilgan sana

 

 

 

 

 

Ishga doir hujjatlarni so'rab olish to'g'risida ariza