O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Darsliklarni ijaraga berish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) ko‘rsatiladi)
Tomonlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • (tuman (shahar) ko‘rsatiladi, raqami (nomi) yoziladi)
  • (taʼlim tili ko‘rsatiladi)
Shartnoma predmeti
  • (misol uchun: 2021/2022 o‘quv yiliga deb ko‘rsatiladi)
Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

Yuklab oling

Darsliklarni ijaraga berish toʻgʻrisida

NAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma tuzilgan sana

 

Bir tomonidan Umumtaʼlim maktabi joylashgan joy, raqami (nomi) nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi Ijaraga beruvchining tomonidan harakatlanadigan shaxsning F.I.O. shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim Taʼlim tili tilida olib boriladigan Sinf raqami-sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud homiy, bundan buyon matnda “Ijaraga oluvchi” deb yuritiluvchi Ijaraga oluvchining F.I.O. mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Ijaraga beruvchi, Ijaraga berilayotgan darsliklarning o‘quv yili oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar toʻplamini Ijaraga oluvchiga beradi, Ijaraga oluvchi esa, mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida koʻrsatilgan miqdorda va muddatlarda ijara toʻlovini toʻlash va Ijaraga olgan darsliklarni topshirishning yakuniy muddatigacha darsliklar toʻplamini foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.

1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar toʻplami Ijaraga oluvchiga foydalanishga yaroqli holatda quyidagi nomlarda va miqdorda beriladi:

Darsliklar nomi va miqdori.

II. IJARA TOʻLOVINI TOʻLASH TARTIBI VA MUDDATLARI

2.1. Mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar toʻplamidan foydalanganlik uchun Ijaraga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi Vasiylik kengashi tomonidan Ijaraga olgan darsliklarning o‘quv yili oʻquv yiliga jami Ijaraga olgan darsliklarning o‘quv yiliga to‘lov miqdori soʻm miqdorida belgilangan ijara toʻlovini Ijaraga beruvchiga toʻlaydi.

2.2. Ijara toʻlovi mablagʻlari toʻliq hajmda joriy oʻquv yilining 30-sentyabridan kechiktirmagan holda toʻlanadi.

Ijaraga oluvchi pul mablagʻlari vaqtinchalik yoʻqligi sababli, ijara toʻlovi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida umumtaʼlim maktabi maʼmuriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara toʻlovi muddati umumtaʼlim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrugʻi bilan uzaytiriladi. Ijara toʻlovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur toʻlovning 50 foizi joriy yilning 30-sentyabrigacha, qolgan qismi esa, 30-noyabrgacha toʻlanishi lozim.

III. TOMONLARNING HUQUQLARI

3.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

3.1.1. Ijara toʻlovining mazkur Nizomning 2.1 va 2.2-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda, tartibda va muddatda toʻlanishini Ijaraga oluvchidan talab qilish;

3.1.2. Ijaraga oluvchining aybi bilan darslik yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolganda, zararni xuddi shunday darslik bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.4-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish;

3.1.3. Ijara toʻlovi muddatini uzaytirish.

3.2. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. Ijara toʻlovini toʻlaganidan keyin, Ijaraga beruvchidan tegishli darsliklarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda va toʻliq toʻplamda Ijaraga beruvchidan talab qilish;

3.2.2. Ijara toʻlovi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida Ijaraga beruvchiga murojaat qilish;

3.2.3. Mazkur Shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan ijara toʻlovi summasini Ijaraga beruvchining yoki tegishli bankning kassasiga naqd pul mablagʻlarini toʻlash yoki Ijaraga beruvchining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlash.

IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

4.1. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

4.1.1. Ijara toʻlovi toʻlangandan keyin, mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgant darsliklar toʻplamidan 2.1. bandida koʻrsatilgan oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun Ijaraga oluvchiga berish;

4.1.2. Ijaraga oluvchini ijara toʻlovi miqdorlari, darsliklar toʻplamlarini ijaraga berish va ijara toʻlovini toʻlash tartibi, shuningdek darsliklar toʻplamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.

4.2. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:

4.2.1. Mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorda va muddatlarda ijara toʻlovini toʻlash;

4.2.2. Olingan darsliklar toʻplamining toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;

4.2.3. Darsliklar toʻplamini foydalanishga yaroqli holatda Ijaraga beruvchiga Qaytarish;

4.2.4. Darsliklar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan holatlarda zararni xuddi shunday darslik bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:

birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darsligi uchun – uning bir baravari miqdorida;

2– 4-sinf oʻquvchilarining har bir darsligi uchun – uning ikki baravari miqdorida;

5– 9-sinf oʻquvchilarining har bir darsligi uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.

V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonun hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.

5.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISH

6.1. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar orasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilinadi.

6.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.

VII. YAKUNIY QOIDALAR

7. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlariga asosan hal qilinadi.

8. Mazkur Shartnoma 2 ta asl nusxada tuzildi.

 

VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Maktab

Foydalanuvchi

Maktabning raqami (nomi)

Foydalanuvchining F.I.O.

Manzili: Maktabning manzili

Manzili: Foydalanuvchining manzili

telefon /faks: Maktabning telefon raqami

Pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan

va qachon berilgan: Foydalanuvchining pasport maʼlumotlari

Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi: Maktabning g‘azna hisob raqami

Oʻquvchining F.I.O. O‘quvchining F.I.O.

MFO: Bank kodi MFO

 

STIR: Maktabning STIR raqami

 

IFUT: Maktabning IFUT raqami

 

 

 

TOMONLARNING IMZOLARI

 

Maktab: Maktab rahbarining F.I.O. Foydalanuvchi:_____________________

 

M.Oʻ.(imzo) _____________ (imzo) ___________________

 

Ijara shartnomasi imzolangan sana

Darsliklarni ijaraga berish shartnomasi