Vasiyatnoma
Notarial okrug nomi
Farmoyish tasdiqlangan sana
Notarial idora to‘liq nomi va manzili, notariusning F.I.O
Men – Vasiyatnoma qoldiruvchining yashash manzili, Vasiyatnoma qoldiruvchining ro‘yxatdan o‘tkazilgan uy raqami-uyda propiskada turuvchi – Vasiyatnoma qoldiruvchining tug‘ilgan sanasi yilda tugʻilgan Vasiyatnoma qoldiruvchining F.I.O (pasport Vasiyatnoma qoldiruvchining pasport seriya raqami,Vasiyatnoma qoldiruvchiga pasport bergan tuman (shahar) nomi IIB tomonidan Vasiyatnoma qoldiruvchiga pasport berilgan sana yilda berilgan) ushbu vasiyatnoma bilan quyidagilarni farmoyish qilaman:
1. Menga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan barcha mol-mulklarimni, ularning nimalardan iborat boʻlishidan va qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, Vasiyatnoma qoldiruvchining qarindoshi F.I.Oga vasiyat qilaman.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmuni menga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.
3. Vasiyatnoma matnini men – Vasiyatnoma qoldiruvchining F.I.O toʻliq oʻqib chiqdim, u mening soʻzlarimdan, toʻgʻri yozilgan. Uning mazmun-mohiyati, huquqiy oqibatlari menga notarius tomonidan tushuntirildi, tushunarli va u mening asl maqsadimga mos keladi.
4. Vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi Notarial idora to‘liq nomi va manzili, notariusning F.I.O xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusida saqlanadi, ikkinchi nusxasi vasiyat qiluvchiga berildi.
IMZO: ____________________________________________________________
Notariusning tasdiqlov yozuvi
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Fuqaro o‘ziga tegishli mol-mulklarini o‘zi xohlagan barcha shaxslarga vasiyat qilib qoldirishlari mumkin. Vasiyatnoma mazmunida vasiyat qoldiruvchi barcha mol-mulklarini yoki bir qismini kimlarga vasiyat qilib qoldirayotganligi aniq ko‘rsatib o‘tiladi.
Vasiyatnoma notarius yoki unga tenglashtirilgan boshqa shaxslar tomonidan tasdiqlanganda haqiqiy hisoblanadi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur turdagi vasiyatnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.