O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqida talabnoma

Hujjat tavsifi
Talabnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) nomi ko‘rsatiladi)
Talabnoma beruvchi
Talabnoma oluvchi
Talabnoma mazmuni:

Yuklab oling

Talabnoma oluvchi tashkilotning nomi va uni tashkiliy-huquqiy shakliga

Manzil: Talabnoma oluvchi tashkilotning manzili

 

TALABNOMA

 

(Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, asosiy qarz va unga hisoblangan penyani undirish hamda koʻchmas mulk obyektini qaytarish toʻgʻrisida)

 

Talabnoma tuzilgan joytumani

Talabnoma raqami-son

Talabnoma tuzilgan sana yil

Talabnoma beruvchi tashkilotning nomi va uni tashkiliy-huquqiy shakli hamda Talabnoma oluvchi tashkilotning nomi va uni tashkiliy-huquqiy shakli oʻrtasida Talabnoma berilishiga asos bo‘lgan shartnoma tuzilgan sana yilda koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi imzolangan.

Mazkur koʻchmas mulk ijarasi shartnomasining Shartnomaning ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijara obyektini topshirishi belgilangan bandi-bandiga koʻra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijara obyektini shartnomada koʻrsatilgan muddatda topshirishi, ijaraga oluvchi esa ijara obyekti toʻlovlarini shartnomada koʻrsatilgan muddatda toʻlash majburiyatini olgan.

Ijaraga beruvchi Ijara obyekti ijaraga oluvchiga topshirilgan sana yilda ijara obyektini ijaraga oluvchiga topshirgan va bu haqda tegishli tartibda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan.

Ammo, ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmasdan, ijara toʻlovlari toʻlanmasdan kelmoqda.

Xususan, Ijara to‘lovi to‘lanmagan yil yilning Ijara to‘lovi to‘lanmagan oylar oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan ijara toʻlovlari toʻlanmasdan jami To‘lanmagan ijara to‘lovlarining umumiy summasi soʻmlik qarzdorlik vujudga kelgan.

Shartnomaning Shartnomaning majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarlik belgilangan bandi-bandiga koʻra, majburiyatlar muntazam ravishda bajarilmaganda, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni hamda ijara obyektini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga koʻra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga koʻra, tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar koʻrsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.

Asosiy qarz summasining toʻlanmagan qismi boʻyicha Asosiy qarzni to‘lash kechiktirilgan muddat (kun) kun uchun 0,5% foizi miqdorida jami Jami hisoblangan penya miqdori soʻm penya summasini toʻlashingizni;

Yuqoridagilardan kelib chiqib,

 

TALAB QILAMIZ:

 

To‘lanmagan ijara to‘lovlarining umumiy summasi soʻm asosiy qarz summasi hamda pul mablagʻlarining oʻz vaqtida toʻlanmagan qismi boʻyicha jami Jami hisoblangan penya miqdori soʻm penya summasini toʻlashingizni;

Shuningdek, koʻchmas mulk ijarasi shartnomasini bekor qilishingizni va ijara obyektini qaytarishingizni.

Mazkur summa toʻlanmagan hamda ijara obyekti qaytarilmagan taqdirda iqtisodiy sudga murojaat qilishimiz mumkinligi haqida ogohlantiramiz.

 

Ilova:______varaqda.

1. Shartnoma nusʼhasi

2. Koʻchmas mulk topshirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusʼhasi

Talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

 

Talabnoma beruvchi tashkilotning nomi va uni tashkiliy-huquqiy shakli

Talabnoma beruvchi tashkilotning manzili

Tashkilotning x/r Talabnoma beruvchi tashkilotning hisob raqami

Tashkilotning STIR raqami Talabnoma beruvchi tashkilotning STIR raqami

Bank kodi MFO Talabnoma beruvchi tashkilotning MFO raqami

Tashkilotning OKED raqami Talabnoma beruvchi tashkilotning OKED raqami

Talabnoma beruvchi tashkilot direktorining F.I.O. ______________ (imzo)

Muhr

Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqida talabnoma

Fuqarolik Kodeksiga ko‘ra, majburiyat shartnomadan kelib chiqadi. Shartnoma taraflari o‘rtasida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish esa kontragentga talabnoma yuborishdan boshlanadi.

Talabnoma yuborish nizolarni sudgacha hal qilishda samarali usul bo‘lib, nizolarni qisqa muddatda, vaqt va mablag‘ (davlat boji va boshqa sud chiqimlari)ni tejagan holda sud muhokamasisiz hal qilishdan har bir taraf manfaatdor bo‘ladi.

Foydalanuvchilar talabnoma namunasidagi so‘rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirishlari, nizolari tezkorlik  bilan va oson hal bo‘lishiga olib keladi.

 

Uy-joy (kvartira)ni ijaraga berish shartnomasini tuzish to‘g‘risida batafsil bu yerda tanishing