Jismoniy shaxs nomidan rasmiylashtirilgan boshqa turdagi ishonchnomaning tasdiqlov yozuvi
Ishonchnoma tasdiqlangan sana kuni ushbu ishonchnomani men – Oʻzbekiston Respublikasi, Notarial idora joylashgan hududda joylashgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Notariusning F.I.O. ishonch bildiruvchining xohish-irodasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asosan tasdiqladim.
Ishonchnomani fuqaro Ishonchnoma beruvchining F.I.O. mening huzurimda oʻqib, imzoladi.
Fuqaro Ishonchnoma beruvchining F.I.O.ning shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi va vakolati tekshirildi.
Shaxsiy muloqot davomida taraflarning muomalaga layoqatsizligiga shubha tugʻilmadi va ushbu notarial harakatni amalga oshirish davrida notarial idorada ularning muomalaga layoqatsizliklari haqida hech qanday maʼlumotlar yoʻq.
Reyestrga Ishonchnomaning reyestr raqami-son bilan qayd qilindi.
Davlat boji: Undiriladigan davlat boji miqdori soʻm undirildi.
Huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar: Huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori soʻm undirildi.
Notarius Notariusning F.I.O. _____________
M.Oʻ.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.
Jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnomaga asosan ishonchli vakil tomonidan imzolangan ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlanadi.
Notarius ishonchnomani tasdiqlash vaqtida tomonlarning shaxsini va muomalaga layoqatliligini, oldi-sotdi qilinayotgan mulkka nisbatan ularning huquqlarini va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni tekshiradi.
Dasturdan foydalangan holda ishonchnomaning tasdiqlov yozuvini mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.