Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
ILTIMOSNOMA
Fuqaro Nomzodning F.I.O. Oʻzbekiston Respublikasi Nomzod ishlayotgan davlat organi yoki tashkilotning nomiga Nomzodning lavozimi lavozimiga ishga qabul qilinganligi (tayinlanganligi) sababli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyxatning 11-bandiga muvofiq ushbu fuqaro Propiska qilinadigan hududda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini soʻraymiz.
Fuqaro Nomzodning F.I.O. ishonchliligiga kafolat beramiz.
Ilova: Iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar nomi
Iltimosnoma kiritayotgan davlat organi yoki tashkilotning mansabdor shaxsining mansabi Mansabdor shaxs F.I.O. Iltimosnoma kiritilgan sana
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi muayyan istiqomat joyida shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashab turishini rasmiylashtirish (fuqaroning yashash joyini qayd etish) ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.
Mazkur iltimosnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi tashkilotlar tomonidan mustaqil holda to‘ldirilib, bepul yuklab olinib, ish jarayonida foydalanilishi mumkin.