O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (yil, oy, kun yoziladi)
  • (tuman yoki shahar nomi yoziladi)
Tomonlar to‘g‘risida maʼlumot
  • (yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • (yil, oy, kun yoziladi)
Shartnoma mazmuni
  • (masalan besh yil, o‘n yil yoki boshqa)
  • (yer hajmi necha gektarni tashkil etadi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (gektar (ga) o‘lchovida raqam bilan ko‘rsatiladi)
  • (foizda ko‘rsatiladi)
  • (ushbu bandga qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatiladi)
  • (tuman (shahar) nomi yoziladi)
Tomonlarning yuridik mazillari
  • (tegishli tuman hokimligi joylashgan viloyat, tuman, ko‘cha nomi va raqami)
  • (viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami)

Yuklab oling

Fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish

SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan joy

 

Yer maydoni joylashgan viloyat nomi Yer maydoni joylashgan tuman, shahar nomi hokimligi hokim Yer maydoni joylashgan tuman yoki shahar hokimi F.I.O. orqali keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladi, bir tomondan va Yer maydonini ijaraga oladigan fermer xo‘jaligi nomi fermer xoʻjaligi rahbari Fermer xo‘jaligi rahbari F.I.O. orqali, keyingi oʻrinlarda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi, ikkinchi tomondan Ijaraga berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi Qaror raqami-son qaror asosida ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

I. Shartnomaning mavzusi

1. Ijaraga beruvchi Yer maydoni necha yil muddatga ijaraga beriladi yil muddatga Yer uchastkasi joylashgan hudud nomida joylashgan Yer uchastkasi maydoni hajmi gektar yer uchastkasini ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi.

Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan xaritada koʻrsatilgan.

2. Yer uchastkasi Yerdan foydalanish maqsadi uchun beriladi.

3. Koʻrsatilgan yer uchastkasida quyidagi qishloq xoʻjaligi yerlari joylashgan:

sugʻoriladigan haydaladigan yerlar Sug‘oriladigan yer maydonining umumiy hajmi ga;

sugʻorilmaydigan (lalmikor) haydaladigan yerlar Sug‘orilmaydigan (lalmikor) yer maydonining umumiy hajmi ga;

bogʻlar Bog‘lar yer maydoniga;

uzumzorlar Uzumzorlar yer maydoni ga;

tutzorlar Tutzorlar yer maydoni ga;

boshqa koʻp yillik daraxtlar Boshqa ko‘p yillik daraxlar egallagan yer maydoni ga;

pichanzorlar va yaylovlar Pichanzorlar va yaylovlar yer maydoniga;

boʻz yerlar Bo‘z yerlar maydoni ga;

Yerlarning tarkibi va maydoni toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan yerlarning ilova qilinayotgan izohlarida keltirilgan.

4. Ijaraga beriladigan sugʻoriladigan yerlarning tavsifi:

suv bilan taʼminlanganligi Yerning suv bilan taʼminlanganlik darajasi %;

Sugʻorib kelinayotgan muddati: Yer maydoni sug‘orib kelinayotgan muddat to‘g‘risida maʼlumot

Madaniylashtirilganligi: Yer maydoni madaniylashtirilganligi to‘g‘risida maʼlumot

Eroziyaga uchraganlik darajasi: yer maydoni eroziyaga uchraganlik darajasi to‘g‘risida maʼlumot

Toshloqlik darajasi: Yer moydonining toshloqlik darajasi to‘g‘risida maʼlumot

Shoʻrlanish darajasi: Yer maydonining sho‘rlanish darajasi to‘g‘risida maʼlumot

Sizot suvlarining joylashish chuqurligi: Yer maydonidagi sizot suvlarining joylashish chuqurligi to‘g‘risida maʼlumot

Tuproq bonitetining oʻrtacha oʻlchangan bali: Yer maydonining tuproq bonitetining o‘rtacha o‘lchangan bali to‘g‘risida maʼlumot

5. Yer uchastkasining kuchsizlanganligi: Yer uchastkasining kuchsizlanganligi to‘g‘risida maʼlumot

6. Servitutlar: Servitutlar to‘g‘risida maʼlumot

II. Ijara haqi

7. Yer uchun ijara haqi yagona yer soligʻi tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha va muddatlarda toʻlanadi.

8. Yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undiriladi.

III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari

9. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda, belgilangan almashlab ekishlarga muvofiq foydalanilishi kerak.

10. Ichki xoʻjalik obyektlari qurishda va keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yer uchastkalari ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablagʻlari hisobiga qayta madaniylashtiriladi.

11. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari Yerdan foydalanishning boshqa shartlari

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari

12. Ijaraga beruvchi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish;

yer uchastkasining kuchsizlanganligi darajasini aniqlash.

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari

13. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini taʼminlash;

yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda Ijaraga oluvchining koʻrgan zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini toʻlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni sugʻorish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini taʼminlash;

Ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari

14. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda xoʻjalik ustaviga muvofiq mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxt koʻchatlariga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;

yer uchastkasida mavjud boʻlgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

sugʻorish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

qishloq xoʻjaligi ekinlarini, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

ichki xoʻjalik maqsadlari uchun ishlab chiqarish hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish;

yerlar olib qoʻyilgan taqdirda oʻziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlatish.

Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

15. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:

yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 2-bandiga muvofiq saqlash;

davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulot yetishtirilishini tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);

yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllanish, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik. Fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari, shuningdek ekinlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida na zarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi;

ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;

yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlash;

boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;

belgilangan shakllardagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;

boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda toʻlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini (uch yil mobaynidagi oʻrtacha yillik hisobda) yerlarning normativdagi kadastr bahosidan past boʻlmagan darajada boʻlishini taʼminlash;

arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan qurilishga ruxsat olish va loyihani arxitektura organlari bilan kelishish.

Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.

VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini

oʻzgartirish va bekor qilish

16. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

17. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda:

fermer xoʻjaligining tugatilganda, shu jumladan bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq u iqtisodiy nochor boʻlgan taqdirda tugatilganda;

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;

yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda;

samarasiz foydalanilganda, yaʼni Ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;

yerlarning ekologik holati ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;

agar fermer xoʻjaligi yer uchastkasi olingan paytdan boshlab bir yil mobaynida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmasa bekor qilinishi mumkin.

Shartnoma amaldagi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

18. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.

19. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday qonun buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.

20. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish moʻljali toʻgʻrisida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda moʻljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

VIII. Nizolarni hal etish

21. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo boʻladigan nizolar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

IX. Shartnomaning alohida shartlari

Shartnomaning boshqa alohida shartlari

X. Yakuniy qoidalar

Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzilgan, ulardan birinchisi Ijaraga oluvchi Yer maydonini ijaraga oladigan fermer xoʻjaligi nomi, ikkinchisi Shartnomaning ikkinchi nusxasini saqlaydigan kadastr bo‘limi nomi tuman kadastri boʻlimida saqlanadi.

Shartnoma yer uchastkasi joylashgan joydagi yer resurslari va davlat kadastri boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tomonlarning yuridik manzillari:

Ijaraga beruvchi

Ijaraga beruvchining manzili

Ijaraga oluvchi

Ijaraga oluvchining manzili

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi

Yer maydoni joylashgan tuman yoki shahar hokimi F.I.O.

_____________________

M.Oʻ

Ijaraga oluvchi

Fermer xo‘jaligi rahbari F.I.O.

________________________

M.Oʻ.

Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma

Fermer xo‘jaligi o‘ziga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxsdir.

Fermer xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga olishi uchun tegishli tuman, shahar hokimligi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Shartnoma shartlarida yer maydonining necha yilga ijaraga berilayotganligi, yer uchastkasining umumiy yer maydoni hajmi, sug‘oriladigan yerning umumiy hajmi va sug‘orilmaydigan (lalmiikor) yerning umumiy hajmi kabi muhim ko‘rsatkichlar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lozim. Chunki ushbu ko‘rsatkichlarning aniq belgilanishi kelajakda nizolar kelib chiqishining oldini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.