O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ko‘p kvartirali uy-joylarni va ularga tutash yer uchastkasini saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib chiqib ketish va zararsizlantirish, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda liftlardan foydalanish bo‘y

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Ijrochi tashkilot to‘g‘risida maʼlumotlar
Isteʼmolchi (uy-joy mulkdori) to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Isteʼmolchiga tegishli bo‘lgan uy-joy necha kv.m.dan iborat ekanligi yoziladi
Shartnoma mazmuni
  • Mazkur bandda ijrochi zimmasiga yuklatiladigan boshqa majburiyatlar yoziladi
  • Mazkur bandda istemolchi zimmasiga yuklatiladigan boshqa majburiyatlar yoziladi
  • Mazkur bandda ijrochining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari yoziladi
  • Mazkur bandda Isteʼmolchining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari yoziladi
  • Mazkur bandda shartnoma qachongacha amal qilishi ko‘rsatilishi lozim

Yuklab oling

SHARTNOMA

 

Koʻp kvartirali uy-joylarni va ularga tutash yer uchastkasini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish, maishiy chiqindilarni yigʻish, olib chiqib ketish va zararsizlantirish, shuningdek koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda liftlardan foydalanish boʻyicha

xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

 

Nizom asosida faoliyat yurituvchi Ijrochi tashkilot (professional boshqaruv kompaniyasi)ning nomi va tashkiliy huquqiy shakli (bundan keyin “Ijrochideb yuritiladi) nomidan tashkilot rahbari Ijrochi tashkilot (professional boshqaruv kompaniyasi) rahbarining F.I.O.si bir tomondan va Isteʼmolchiga tegishli bo‘lgan uy-joyning manzili manzilida joylashgan umumiy maydoni Isteʼmolchiga tegishli bo‘lgan uy-joyning hajmi m2 boʻlgan uy-joy mulkdori Ijrochi nomidan harakatlanuvchining lavozimi va F.I.O. (bundan keyin “Isteʼmolchideb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

 

SHARTNOMA PREDMETI

 

1. “Ijrochikoʻp kvartirali uy-joylarni va ularga tutash yer uchastkasini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish, maishiy chiqindilarni yigʻish, olib chiqib ketish va zararsizlantirish, shuningdek koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda liftlardan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni, “Isteʼmolchiesa ushbu koʻrsatilgan xizmatlar uchun mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatda va mazkur shartnomada nazarda tutilgan miqdorda haq toʻlashni oʻz zimmasiga oladi.

 

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

 

2. “Ijrochi”ning majburiyatlari:

2.1. Texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlarining umumiy mulklariga, shu jumladan muhandislik qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirish va ularning soz holda saqlanishini taʼminlash;

elektr energiyasini taqsimlash moslamasidan to uy-joy joylashgan qavatdagi elektr energiyasining himoyalangan qutisigacha boʻlgan tarmoq orqali etkazib berish;

shamollatish va tutun kanallari (shaxtalar)ning sozligini taʼminlash, xonadon ichidagilar bundan mustasno;

sovuq suv quvurlarining suv taqsimlash quvurlaridan qavatlararo va kvartiralararo birinchi oʻchirish-yoqish jumraklarigacha boʻlgan qismini sozligini taʼminlash;

kanalizatsiyaning umumiy foydalanishdagi asosiy quvurlarigacha boʻlgan qismining sozligini taʼminlash;

umumiy foydalaniladigan joylarni, uy ichki va kvartira ichki muhandislik tarmoqlarini (sovuq suv taʼminoti, issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik tirgaklari va tarmoqlari, tom va zinapoya kataklari) zarur holatda saqlashni taʼminlovchi mukammal va joriy tuzatish ishlarini bajarish.

2.2. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yordamchi binolarni, turar-joy binosining muhandislik qurilmalarini, obodonlashtirish inshootlarini kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorlashni amalga oshirish.

2.3. Lift tizimi uskunalarining soz holatda va xavfsiz ishlashini taʼminlash. Lift uchun toʻlanishi lozim boʻlgan elektr toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash.

2.4. Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, bunday chiqindilarni yigʻish uchun axlat qutilari, konteynerlar va konteyner maydonlarini texnik va sanitariya talablariga muvofiq tashkil etish va saqlash.

2.5. Koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan muhandislik qurilmalari yoki qurilish inshootlaridagi nosozliklarni oʻz hisobidan bartaraf etish.

2.6. Turar joy binosining muhandislik qurilmalari yoki qurilish inshootlarining avariya tusidagi nosozligi aniqlanganda yoki bu toʻgʻrisida maʼlumotlar olinganda ularni darhol bartaraf etish choralarini koʻrish.

2.7. Uy-joy yoʻlaklarini, zinapoyalarni, zinapoya moydonchalarini va liftga kirish-chiqish joylarini, turar joy binosining boshqa yordamchi binolarini va unga tutash hududlarni yoritishni taʼminlash.

2.8. Texnik normativ hujjatlar talablariga muvofiq turar joy binosining yordamchi binolarida va unga tutash hududlarda sanitar-tozalash ishlarini amalga oshirish.

2.9. Oʻzi xizmat koʻrsatadigan hudud doirasiga kiruvchi yoʻllar va yoʻlaklar qoplamasini taʼmirlab turish, hududdagi gullar va daraxtlarni parvarishlash, koʻkalamzorlashtirish, bolalar oʻyin maydonchasidagi uskunalar va boshqa meʼmoriy shakllarni taʼmirlashni amalga oshirish.

2.10. Tomlarda, yoʻlaklarda va yertoʻlalarda joriy va kapital taʼmirlashni amalga oshirish.

2.11. Texnik normativ hujjatlar talablariga muvofiq trotuarlar, irrigatsiya lotoklari va yoʻl chetidagi ariqlarni tozalash.

2.12. Isteʼmolchiushbu shartnomada belgilangan xizmatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, nosozliklar toʻgʻrisida xabar bergan hollarda, avariya tusidagi nosozliklarni darhol, sovuq va issiq suv taʼminoti va isitish asbob-uskunalaridagi nosozliklarni, tomdan chakka oʻtishini yoki umumiy foydalaniladigan joylardagi elektr uskunalari nosozligini Sovuq va issiq suv taʼminoti, isitish asbob-uskunalaridagi, umumiy foydalaniladigan joylardagi elektr uskunalari nosozliklar va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ijrochiga beriladigan muddat muddatda, boshqa turdagi nosozliklarni texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tezlik bilan bartaraf etish.

2.13. Koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkasiga, shu jumladan, turar joyning yertoʻlasiga va tomiga begona shaxslarning kirishini toʻsish.

2.14. Har kuni koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkasini tozaligini saqlash, har chorakda obodonlashtirish hamda xar yarim yillikda koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2.15. Koʻp kvartirali uy-joylar hududiga hamda podyezdlarga kirish joylarini, shuningdek liftlarni kuzatuv kameralari bilan jihozlash va ularni soz holatda saqlash.

2.16. Isteʼmolchi”ga koʻp kvartirali uy-joylar hududiga hamda podyezdlarga kirish joylarini, kuzatuv kameralariga ulanishga imkon yaratish. Bunda “Isteʼmolchitomonidan kuzatuv kameralariga ulanish harajatlari oʻzlarining hisobidan amalga oshiriladi.

2.17. Mulkdorning shaxsiy hisob raqamini yuritish va toʻlovnomalarni rasmiylashtirish.

2.18. Umumiy mulk boʻyicha texnik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni yuritish.

2.19. Profilaktika ishlari, shuningdek Mulkdorga tegishli bino chegarasida boʻlgan umumiy mulkning qismlari taʼmirlanishi haqida kamida bir kun avval xabardor qilish.

2.20. Mulkdorga umumiy mulkning texnik holati, uni saqlash rejalari va ushbu maqsad uchun qilinadigan xarajatlar haqida Shirkatning umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan tartibda axborot berish.

2.21. Shartnoma predmetida belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda kamida 1 marotaba yozma axborot va moliyaviy hisobot berib borish.

2.22. Sohaga oid qonunchilik hujjatlarida va texnik jihatdan tartibga solishga qaratilgan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Ijrochining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

3. Isteʼmolchi”ning majburiyatlari:

3.1. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan haq toʻlash.

3.2. Uy-joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mulklarga, yordamchi binolarga, unga tutash hududlarga oʻzi tomonidan yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash.

3.3. Uy-joyning yordamchi xonalarida, unga tutash hududlarda, lift kabinalarida tozalikka va tartibga rioya qilish.

3.4. Uy-joylarda yashovchi boshqa mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzilishiga yoʻl qoʻymaslik.

3.5. Atrof muhitga zarar yetkazmaslik.

Istemolchining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

 

 

TOMONLARNING HUQUQLARI

 

4. Ijrochiquyidagi huquqlarga ega:

4.1. Isteʼmolchi”dan qonunchilik talablariga va ushbu shartnoma shartlariga rioya qilishni talab qilish;

4.2. Texnik xizmat koʻrsatish, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va zararsizlantirish hamda liftdan foydalanish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan “Isteʼmolchi”ning qarzdorligi mavjud boʻlgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlikni undirish choralarini koʻrish, shuningdek, qarzdorlik toʻliq toʻlangunga qadar koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini qisqartirish;

Ijrochining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari

5. Isteʼmolchiquyidagi huquqlarga ega:

5.1. Mazkur shartnomada belgilangan xizmatlar toʻliq va lozim darajada koʻrsatilishini talab qilish;

5.2. Qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlar va (yoki) bajariladigan ishlar turlari, hajmi, sifati va davriyligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;

5.3. Umumiy foydalanilishdagi joylarga texnik xizmat koʻrsatishga va koʻrsatilgan kommunal xizmatlarga yoʻnaltirilgan va uy-joy mulkdorlari tomonidan toʻlangan boshqa pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilish;

5.4. Ijrochi”ning masʼul shaxslaridan aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida va lozim darajada bartaraf etilishini talab qilish hamda bajarilgan ishlar sifatini va muddatlarini tekshirish;

5.5. Mazkur shartnomaga muvofiq ishlar notoʻliq va sifatsiz bajarilgan taqdirda umumiy foydalanilishdagi joylarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash summasi qayta hisoblab chiqilishini “Ijrochi”dan talab qilish;

5.6. Ishlar “Ijrochitomonidan oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda ushbu ishlarni oʻz kuchi bilan bajarish, xarajatlarni esa “Ijrochi”ning hisobiga oʻtkazish;

5.7. Ijrochibilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sudga murojaat qilish.

5.8. Ijrochi”dan qonunchilik talablariga va ushbu shartnoma shartlariga rioya qilishni talab qilish.

Isteʼmolchining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari

 

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

6. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarmaganlik uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga va mazkur shartlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

7. Tomonlar quyidagi hollarda oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi:

7.1. Ushbu bitimning amal qilish muddati mobaynida amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida, shartnoma shartini bajarish imkonsiz boʻlsa;

7.2. Ushbu shartnoma tuzilgandan soʻng yuz bergan favqulodda vaziyatlar natijasida fors-major holatlari yuzaga kelsa.

8. Tabiiy ofatlar (“Ijrochi”ning aybi bilan sodir boʻlgan yongʻindan tashqari), koʻp qavatli uyning turar-joy va (yoki) noturar-joy binolarida, uning muhandislik qurilmalarida va unga tutash hududlarda yashovchi yoki ulardan foydalanuvchi shaxslarning qasddan qilgan harakatlari yoki beparvoligi, kvartira ichidagi muhandislik qurilmalari va uskunalarini nosoz texnik holatda saqlashi natijasida zarar kelib chiqsa “Ijrochi” moddiy javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi va isteʼmolchiga etkazilgan zararni qoplamaydi.

9. Ushbu bitimning amal qilish muddati tugashi, tomonlarni uning amal qilish muddati davomida uning shartlarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

 

TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

 

10. Shartnoma qiymati umumiy mulkni saqlash, koʻp qavatli uyni saqlash va taʼmirlash uchun toʻlov miqdori sifatida belgilanadi.

Koʻp qavatli uydagi binolardan foydalanish xarajatlari oʻz tarkibiga binolarni saqlash va taʼmirlash uchun toʻlov bilan birga koʻp qavatli uydagi umumiy mulkni saqlash, joriy taʼmirlash boʻyicha xizmatlar va ishlarni ham oladi.

10.1. Toʻlov miqdori uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʻilishi hamda “Ijrochi”ning oʻzaro kelishuviga asosan belgilanadi. Materiallar, energiya manbalari, yoqilgʻi va hokazolar narxlari oshgan taqdirda toʻlov miqdorini qayta koʻrib chiqish taraflarning kelishuviga asosan, biroq bir yilda bir martadan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshirilishi mumkin.

10.2. “Isteʼmolchi” bajarilgan ishlar uchun toʻlovlarni ishlar bajarilgan oydan keyingi oyning 10 (oʻninchi) sanasidan kechiktirmay “Ijrochi”ning joriy hisob raqamiga yoki kassasiga toʻlaydi.

10.3. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash toʻlov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. “Isteʼmolchi” tomonidan toʻlangan pul mablagʻlari birinchi navbatda oldingi davrlar uchun mavjud boʻlgan qarzdorlikni soʻndirish uchun, qarzdorlik mavjud boʻlmaganda esa, joriy toʻlovlar uchun sarflanadi.

 

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

 

11.1. Mazkur shartnoma u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

11.2. Shartnomaning amal qilish muddati uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qaroriga asosan uzaytirilishi mumkin.

 

SHARTNOMANI BEKOR QILISH YOKI OʻZGARTIRISH

 

12. Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida ushbu shartnomani muddatidan oldin oʻzgartirishga yoki bekor qilishga haqli.

13. Ushbu shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish, bu shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan qoʻshimcha bitim tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

14. Ushbu shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi bitimlar yozma shaklda tuziladi va Tomonlarning har biri tomonidan imzolanadi.

 

NIZOLARNI HAL QILISH

 

15. Ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq nizolar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tartibida hal qilinadi.

16. Ushbu shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan kelib chiqadigan barcha eʼtirozlar yozma ravishda bildirilishi va buyurtma xat orqali yoki imzo qoʻydirilgan holda shaxsan topshirilishi kerak.

 

BOSHQA SHARTLAR

 

17. Tomonlarning ushbu bitim bilan tartibga solinmagan munosabatlari amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

18. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan va Tomonlarda saqlanadigan ikki nusxada tuzilgan.

 

Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari:

 

IJROCHI:

 

ISTEʼMOLCHI:

Ijrochi tashkilot (professional boshqaruv kompaniyasi)ning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Isteʼmolchi (uy-joy mulkdori)ning F.I.O.si

 

Adres:Ijrochining yuridik manzili

 

Isteʼmolchiga tegishli bo‘lgan uy-joyning manzili

 

Bank: Ijrochining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

H/R: Ijrochining hisob raqami

 

 

 

_____________________

(imzo)

 

STIR:Ijrochining STIR raqami

 

 

 

Ijrochi nomidan harakatlanuvchining lavozimi va F.I.O.

 

______________________

(imzo)

 

 

 

 

 

Ko‘p kvartirali uy-joylarni va ularga tutash yer uchastkasini saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib chiqib ketish va zararsizlantirish, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda liftlardan foydalanish bo‘y