O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Lizing shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Lizing beruvchi tashkilot to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Lizing oluvchi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Muddat kunlar, oylar, yillar bilan ko‘rsatiladi
  • Muddat kunlar, oylar, yillar bilan ko‘rsatiladi
  • Ushbu bandda lizing obyektini belgilangan manzilga tashib keltirish, montaj qilish (yig‘ish) va foydalanishga topshirish bilan bog‘liq xarajatlar kimning hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi
  • Taraflar o‘zaro kelishuv orqali lizing beruvchining boshqa huquqlarini ko‘rsatib o‘tishi mumkin
  • Taraflar o‘zaro kelishuv orqali lizing beruvchining boshqa majburiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tishi mumkin
  • Taraflar o‘zaro kelishuv orqali lizing oluvchining boshqa majburiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tishi mumkin

Yuklab oling

LIZING SHARTNOMASI

 

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Lizing beruvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Lizing beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Lizing beruvchi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida ish yurituvchi Lizing beruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si bir tomondan va Lizing oluvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Lizing oluvchi” deb yuritiladi) nomidan Lizing oluvchi tashkilotning vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida ish yurituvchi Lizing oluvchi (tashkilot rahbari)ning F.I.O.si ikkinchi tomondan quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzdilar:

 

 

1. LIZING SHARTLARI

 

 

1.1. “Lizing beruvchi” “Lizing oluvchiga” Lizingga berilayotgan moddiy qiymatdagi lizing obyektining lizing oluvchi tomonidan foydalanish muddati muddatga quyida kelishilgan miqdordagi haq evaziga Lizing oluvchi tomonidan berilgan buyurtma talablariga javob beruvchi Lizingga berilayotgan lizing obyektining nomini (keyingi oʻrinlarda “Lizing obyekti” deb yuritiladi) ijaraga beradi. Lizing obyektini yetkazib beruvchi boʻlib Lizing obyektini lizing oluvchiga yetkazib beruvchi tashkilot nomi yoki shaxsning F.I.O.si hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi).

Yetkazib berish muddati Lizing obyektini yetkazib berish muddati

Yetkazib berish joyi (manzili) Lizing obyektini yetkazib berish manzili

1.2. Lizing oluvchi Lizing obyektidan ijara muddati davomida foydalanish huquqini oladi, lekin ushbu shartnoma yuzasidan oʻzining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga lizing beruvchining roziligisiz oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

1.3. Lizing beruvchi mazkur shartnoma yuzasidan oʻzining huquq va majburiyatlarini lizing oluvchining roziligisiz boshqa shaxsga, bu haqda uni xabardor qilgan holda oʻtkazishga haqli.

1.4. Ushbu shartnoma bir xil kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzilgan boʻlib, taraflar uchun bajarilishi majburiydir.

 

 

2. IJARA HAQI MIQDORI

 

 

2.1. Lizing oluvchi har oyda Lizing beruvchiga quyidagilarni toʻlab boradi:

a) Lizing obyekti uchun oylik toʻlov Lizing obeʼkti uchun oylik ijara to‘lovi miqdori soʻm miqdorda;

b)Lizing obyektining tasodifan nobud boʻlishi, shikastlanishi yoki yoʻqolishi xavf-tahlikasi uchun ijara haqi umumiy miqdorining foizi miqdorida komission taqdirlash puli sifatida yillik toʻlovlarni;

2.2. Lizing obyekti uchun toʻlov amalga oshiriladigan davr boshlanmasdan turib, Ijara to‘lovining avans miqdori soʻm miqdorda avans tariqasida toʻlanadi.

Toʻlash muddati kechiktirilgan taqdirda, Lizing oluvchi har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlovi kechiktirilgan summaning Lizing obeʼkti uchun oylik ijara to‘lovi kechikkanda to‘lanadigan kunlik penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi.

2.3. Komission taqdirlash puli ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab, ushbu shartnoma bilan belgilangan barcha toʻlovlar Lizing beruvchiga toʻlab boʻlingan paytgacha hisoblanadi.

 

 

3. LIZING OBYEKTINI YETKAZIB BERISH VA QABUL QILISH TARTIBI

 

 

3.1. Lizing obyektini belgilangan manzilga tashib keltirish, montaj qilish (yigʻish) va foydalanishga topshirish yuzasidan barcha xarajatlar Lizing obyektini belgilangan manzilga tashib keltirish, montaj qilish (yig‘ish) va foydalanishga topshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab beruvchi taraf hisobidan amalga oshiriladi.

3.2. Lizing obeʼkti belgilangan manzilga yetkazib berilgandan soʻng Lizing oluvchi ushbu shartnoma bilan belgilangan muddatda uni koʻzdan kechirishi va Lizing beruvchiga qabul qilish dalolatnomasini taqdim etishi lozim.

3.3. Lizing obyektining normal ishlashini istisno etuvchi bartaraf etilmagan kamchiliklarning mavjudligi sababli Lizing oluvchi ularni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, u bu haqda lizing beruvchini kamchiliklar aniqlangan sanadan boshlab Lizing oluvchi tomonidan lizing obyektidagi kamchiliklar aniqlangan taqdirda lizing beruvchini ogohlantirish muddati kun ichida aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Lizing oluvchining ushbu eʼtiroznomasi “Lizing beruvchi” uchun Lizing obyektini sotib olish shartnomasini bekor qilish haqida “Yetkazib beruvchiga” bildirishnoma berish huquqini beradi.

3.4. Agar Lizing oluvchi, lizing obeʼkti belgilangan manzilga yetkazib berilgandan soʻng ikki haftalik muddat ichida, sabablaridan qatʼi nazar Lizing beruvchiga qabul qilish dalolatnomasini taqdim etmagan va bartaraf etish mumkin boʻlmagan kamchiliklarning mavjudligi haqida bildirmagan boʻlsa, lizing obeʼkti qabul qilingan deb hisoblanadi.

3.5. Lizing oluvchi lizing obyektiga Yetkazib beruvchi tomonidan berilgan kafolatdan foydalanadi.

Lizing beruvchi oʻzining Yetkazib beruvchiga lizing obyektining nosozligi, lizing obeʼkti oʻz vaqtida va butlangan holda yetkazib berilmaganligi, uni oʻrnatish (yigʻish, montaj qilish) boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yuzasidan talabnomalar bildirish huquqini Lizing oluvchiga topshiradi.

 

 

4. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

 

4.1. Lizing beruvchi quyidagi huquqlarga egadir:

a) lizing oluvchining lizing obyektidan qanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadiga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilish;

b) lizing oluvchining roziligi bilan lizing obyekti va uning sotuvchisini tanlash;

v) qonunchilik hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish;

g) lizing oluvchi tomonidan oʻz majburiyatlarining jiddiy ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kelgusi lizing toʻlovlarini toʻlashni tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab etish.

Agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan boʻlsa yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq boʻlsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan oʻzi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli.

Lizing beruvchining shartnomada nazarda tutilganidan boshqa huquqlari

4.2. Lizing beruvchi:

a) lizing shartnomasi boʻyicha mol-mulkni olishi va uni lizing oluvchiga egalik qilish hamda foydalanish uchun berishi;

b) lizing oluvchi uchun mol-mulk olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga moʻljallanganligini sotuvchiga maʼlum qilishi;

v) lizing obyektini, agar shartnomada shunday shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, saqlab turish, taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha lizing oluvchi oldida oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarishi shart.

Lizing beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi va oʻzga mujburiyatlarni bajarishi mumkin.

Lizing beruvchining shartnomada nazarda tutilganidan boshqa majburiyatlari

4.3. Lizing oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

a) lizing obyektini mustaqil aniqlash va sotuvchini tanlash;

b) lizing beruvchidan lizing shartnomasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;

v) sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli taʼmirlashi va hokazolar xususida talablar qoʻyish;

g) lizing obyekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida boʻlmagan lizing obyekti yetkazib berilgan takdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing toʻlovlari toʻlashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;

d) lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan takdirda, oʻzi ilgari avans sifatida toʻlagan toʻlovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish.

Uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi boʻyicha tegishli lizing toʻlovlari qoldigʻini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yoʻla toʻlashga haqli.

Lizing oluvchining shartnomada nazarda tutilganidan boshqa huquqlari

4.4. Lizing oluvchi:

a) lizing obyektini qabul qilib olishi va undan lozim darajada foydalanishi, uni shartnoma shartlariga muvofiq saqlab turishi;

b) lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlab turishi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, lizing obyektini oʻz hisobidan joriy taʼmirlashi, uni saqlab turishga doir boshqa xarajatlar qilishi shart.

Lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing oluvchi lizing obyektini lizing beruvchidan qanday holatda olgan boʻlsa, shunday holatda, normal eskirish va taraflarning kelishuvida shartlashilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda qaytarishi shart.

Lizing oluvchining lizing obyektini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishga doir huquqi va majburiyati sotuvchi bilan alohida tuzilgan shartnomada belgilanishi mumkin.

Lizing oluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi va oʻzga majburiyatlarni bajarishi mumkin.

Lizing oluvchining shartnomada nazarda tutilganidan boshqa majburiyatlari

 

 

5. SHARTNOMANI BEKOR QILISH SHARTLARI

 

 

5.1. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugashi bilan shartnoma bekor boʻlgan hisoblanadi.

5.2. Lizing beruvchi ushbu shartnomani zudlik bilan bekor qilish haqida quyidagi hollarda bildirishnoma berishga haqli:

a) lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirmagan boʻlsa yoki lizing obeʼkti Lizing oluvchiga yetkazib berilgunga qadar uning sabablaridan qatʼi nazar bekor qilingan boʻlsa;

b) Yetkazib beruvchi sabablaridan qatʼi nazar lizing obyektini yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻlmasa;

Bu hollarda shartnoma bekor qilinganda Lizing oluvchi va Lizing beruvchi ushbu shartnomaga muvofiq oʻzaro majburiyatlardan ozod qilinadilar.

v) Lizing oluvchi ushbu shartnoma bilan nazarda tutilgan toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan majburiyatlarini 3 haftadan oshiq muddat davomidan bajarmasdan kelsa;

g) Lizing oluvchi toʻlovni amalga oshirish talabi qoʻyilgandan keyin 2 hafta davomida barcha qarzlarni (jumladan toʻlovni kechiktirganlik uchun penyani) toʻliq toʻlab bermasa;

d) Lizing oluvchi ushbu shartnoma bilan nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga amal qilish boʻyicha talablarni qanoatlantirmasa, lizing obyektidan ushbu shartnoma shartlarini buzgan holda foydalansa;

ye) lizing obeʼkti Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgandan soʻng Lizing oluvchi javobgar boʻladigan sabablarga koʻra lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinsa;

j) ushbu shartnomaning amal qilish muddati davomida Lizing oluvchining korxonasi tugatilsa.

Mazkur bandning “v” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar mavjud boʻlgan holda, Lizing oluvchi shartnomani qoplash summasini yuqorida qayd etilgan shartlar asosida toʻlashi lozim.

5.3. Lizing oluvchi lizing obyektini qabul qilish vaqtida uning normal ishlashini istisno etadigan va bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kamchiliklarni aniqlagan taqdirda ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Ushbu shartnomani bekor qilish haqida Lizing oluvchi lizing obyektini yetkazib berish muddati tugagan sanadan boshlab 10 kundan kechiktirmay yozma ravishda Lizing beruvchini xabardor qilishi lozim.

 

 

6. SHARTNOMA BEKOR QILINGANDAN KEYINGI HARAKATLAR TARTIBI

 

 

6.1. Shartnomani bekor qilish haqida bildirishnoma olgan Lizing oluvchi lizing obyektidan foydalanish huquqidan mahrum boʻladi.

6.2. Agar Lizing oluvchi shartnomani qoplash summasini toʻlamagan yoki ushbu shartnoma bilan nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni amalga oshirmagan boʻlsa, Lizing oluvchi Lizing beruvchidan talabnomani olgan sanadan boshlab 4 haftalik muddat ichida Lizing beruvchi tomonidan koʻrsatilgan manzilga lizing obyektini joʻnatishi lozim.

Lizing obyektini joʻnatish va tashish boʻyicha barcha tahlika va xarajatlar Lizing oluvchiga yuklatiladi. Agar, mazkur shartga qaramasdan, Lizing oluvchi lizing obyektini joʻnatish choralarini koʻrmasa, Lizing beruvchi lizing obyektiga egalik qilish huquqiga kirishish va Lizing oluvchi hisobidan oʻz bilganicha tashib ketish choralarini koʻrishga haqli. Bu holda tashish bilan bogʻliq barcha xavf-tahlikalar uchun javobgarlik Lizing oluvchiga yuklatiladi.

 

 

7. LIZING OBYEKTINI QAYTARISH BILAN BOGʻLIK MAJBURIYATLAR

 

 

7.1. Agar Lizing oluvchi lizing obyektiga oʻzgartirishlar kiritgan boʻlsa, u Lizing beruvchining talabiga muvofiq va oʻz hisobidan lizing obyektining dastlabki holatini tiklab berishi lozim.

7.2. Agarda Lizing oluvchi ijara muddati tugagandan soʻng yoki shartnoma bekor qilingandan soʻng lizing obyektini qaytarmasa, undan har bir kechiktirilgan kun uchun lizing obeʼkti qoldiq qiymatining Lizing oluvchi lizing oyektini belgilangan muddatda o‘z qaytarmaganda qaytarilmagan har bir kun uchun to‘lanadigan penya miqdori % miqdorida penya Lizing beruvchiga lizing obeʼkti qiymati toʻliq qaytarilgunga qadar undiriladi.

7.3. Ushbu shartnomada belgilangan ijara muddati tugagandan soʻng Lizing oluvchining lizing obyektidan foydalanishni davom ettirishi, ijara muddatining uzaytirilishi yoki qayta shartnoma tuzilishi sifatida qaralmasligi shart.

TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

 

LIZING BERUVCHI:

 

LIZING OLUVCHI:

Manzil: Lizing beruvchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Lizing oluvchining manzili

Bank Lizing beruvchining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank Lizing oluvchining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Lizing beruvchining hisob raqami

 

H/R: Lizing oluvchining hisob raqami

STIR: Lizing beruvchining STIR raqami

 

STIR: Lizing oluvchining STIR raqami

Telefon: Lizing beruvchining telefon raqami

 

Telefon: Lizing oluvchi tashkilotning telefon raqami

Lizing beruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si

_______________

 

 

Lizing oluvchi (tashkilot rahbari)ning F.I.O.si

____________

 

(Imzo)

 

 

 

(Imzo)

 

 

Lizing shartnomasi

Qonunchilikka ko‘ra, lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Lizing oddiy ijara shakliga o‘xshash bo‘lsada, aslida ular o‘rtasida katta farq bor.

Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.

Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) tarafning topshirigiga binoan ishlab chikaruvchi (sotuvchi) taraf bilan undan o‘z mablag‘i hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovini to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.