O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ov xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Vakolatli organ bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: Raisi S.Karimov, direktori I. Alimov
  • Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Ovchilik xo‘jaligi bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Manzil qaysi tuman (shahar), mahalla (ovul), qishloq hududida joylashganligi aniq ko‘rsatilishi lozim
  • Izoh: Ov qilish maydoni gektar (ga) o‘lchov birligida ko‘rsatiladi

Yuklab oling

Ov xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisida shartnoma

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Biz, quyida imzo chekuvchilar, Vakolatli davlat organ nomi,Vakolatli davlat organ vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida faoliyat yurituvchi Vakolatli davlat organ nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si birinchi tarafdan Ovchilik xo‘jaligi nomining Ovchilik xo‘jaligi vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida faoliyat yurituvchi Ovchilik xo‘jaligi nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tarafdan ushbu shartnomani tuzdilar:

 

1. Shartnoma predmeti

 

1.1 Vakolatli organ ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun Vakolatli organ tomonidan ovchilik xo‘jaligiga taqdim etilgan ov qilish joyining manzili manzilida joylashgan Taqdim etilgan ov qilish joyining maydoni o‘lachamdagi Ovchilik xo‘jaligi nomi nomli xo‘jalik.

1.2. Ovchilik-baliqchilik xoʻjaligi joylarining turlari rejalashtirilgan xoʻjalikning mazkur shartnomaning 1-Ilovadagi xarita-sxemasida tavsif bilan keltirilgan.

1.3. Ov qilish joyi Ov qilish joyidan foydalanish muddati boshlanadigan sana sanasidan boshlanib Ov qilish joyidan foydalanish muddati tugaydigan sana sanasida foydalanish to‘xtaydi.

1.4. Ovlanadigan hayvonlar turlari ushbu shartnomaga ilova qilinadigan roʻyxatga asosan belgilanadi.

 

2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

 

2.1. Ovchilik xoʻjaligi:

a) ushbu shartnomaga muvofiq ovchilik xoʻjaligini yuritish;

b) biriktirilgan hududda ov qilish va baliq ovlashni amalga oshirish;

v) jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalar doirasida ovchilik yoʻllanmalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) berish;

g) ov qilishni amalga oshirishda qoʻlga kiritilgan ov va baliq ovlash mahsulotini qayta ishlash, shu jumladan ulardan buyumlar tayyorlash;

d) ov mahsulotini tutishning yoki qoʻlga kiritishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar, mahsulotga, shuningdek ovchilik mahsulotlaridan olingan buyumlarga doir sifat sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni maxsus ajratilgan joylarda realizatsiya qilish;

ye) yerdan foydalanuvchi yoki yer uchastkasi ijarachisi bilan kelishilgan holda belgilangan hududda yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish uchun fermalar, pitomniklar va ozuqa maydonlarini yaratish;

j) hayvonot dunyosidan aholi va atrof tabiiy muhit uchun xavfsiz, tabiiy majmualarning yaxlitligini buzilishiga va hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka yoʻl qoʻymaydigan usullarda foydalanish;

z) gʻayriqonuniy ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etish, ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda ishtirok etish;

i) atrof-muhit toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzuvchi shaxslarga nisbatan dalolatnomalar tuzish, ularni belgilangan tartibda Ekologiya va atof muxitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga topshirish;

k) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga ov qilish va baliq ovlashni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek ovchilik-baliqchilik xoʻjaliklarini yuritish masalalari yuzasidan takliflar taqdim etish huquqiga ega.

Ovchilik ho‘jaligining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

2.2. Ovchilik xoʻjaligi:

a) hayvonot dunyosini muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va ulardan foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qilishi;

b) oʻz zimmasiga olgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi, hayvonlarni tutishni qatʼiyan ruxsatnoma shartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirishi;

v) yovvoyi hayvonlar va ov qilish joylarini muhofaza qilishi;

g) brakonyerlikka qarshi kurashishi;

d) hayvonot dunyosidan oqilona foydalanishi va takror koʻpaytirishga qaratilgan biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;

ye) mutaxassislarni va hisobdan oʻtkazishda tajribaga ega boʻlgan shaxslarni jalb qilgan holda tasdiqlangan metodikaga koʻra ov va baliq ovlash xoʻjaligida yovvoyi hayvonlar sonining hisobini yuritish;

j) tutilgan (otilgan) hayvonlar sonini har yili hisobga olishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga maʼlumotlarni taqdim etish;

z) yovvoyi hayvonlarning sonini saqlanishi va koʻpayishini, shu jumladan umumiy maydonning kamida 10 foizi kattaligida koʻpaytirish uchastkasining ajratilishini, ushbu uchastkada ov qilishning va uchinchi shaxslar tashriflarining taqiqlanishini taʼminlashi;

i) Ekologiya va atorf muxitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari bilan kelishilgan holda yovvoyi hayvonlarning alohida turlarini ularning yashash joylari doirasida ularning sonini saqlash, koʻpaytirish yoki kamaytirishga qaratilgan yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishi;

k) ovchilik xoʻjaligi hududini chegara ustunlari, eʼlonlar va koʻrsatkichlar bilan belgilashi, barcha kirish yoʻllariga xoʻjalik toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni oʻz ichiga olgan xarita-sxemalarni joylashtirishi;

l) yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etishi;

m) ov qilish va baliq ovlash ustidan nazoratni amalga oshirishi — ovchilarda zarur hujjatlar mavjudligini va ular tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini tekshirishi;

n) ovchilik yoʻllanmalari blankalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) hisobga olish, saqlash, toʻldirish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishi;

o) har yili ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga ovchilik xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq axborotni taqdim etishi;

p) ovchilik xoʻjaligini yuritish jarayonida atrof-muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi;

r) yovvoyi hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan chatishtirishga, koʻchirishga yoki iqlimga moslashtirishga yoʻl qoʻymasligi;

s) ovchilik xoʻjaligida itlarning tumshuqbogʻlarsiz, bogʻlovsiz yoki oʻralgan maydonchadan tashqarida saqlanishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan itlar bilan ov qilish yoki itlarni ovga oʻrgatish mustasno;

t) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslarini ov qilish joylarining, yovvoyi hayvonlar hamda qayta ishlangan ov mahsuloti saqlanadigan, realizatsiya qilinadigan obyektlarning holatini oʻrganish uchun moneliksiz kiritishi;

u) shartnoma muddati tugagandan soʻng, ov qilish yerlarini olingan xolatidan yomon boʻlmagan xolatda va yovvoyi hayvonlarni soni kabul qilish - topshirish dalolatnomasida koʻrsatilganida kam boʻlmagan miqdorda dalolatnoma boʻyicha topshirishi shart.

Ovchilik ho‘jaligining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

2.3. Vakolatli organ:

a) ov qilish hududining holatini, yovvoyi hayvonlar sonini monitoring qilish;

b) yovvoyi hayvonlarni hisobini olish, shuningdek amalga oshirilgan ov haqida maʼlumot olish;

v) ov qilish joylarining holatini oʻrganish uchun ovchilik xoʻjaligi hududiga, bino va inshootlariga moneliksiz kirish huquqiga ega.

Vakolatli organning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

 

2.4. Vakolatli organ:

a) ovchilik xoʻjaligiga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga muvofiq hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini berishi;

b) ovchilik xoʻjaligiga tashkiliy va uslubiy yordam koʻrsatishi;

v) belgilangan kvotalarga muvofiq ovchilik hoʻjaligiga yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnomalar berishi shart.

Vakolatli organning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

3. Ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlov

 

Ovchilik xoʻjaligini yuritish paytida ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun olinadigan toʻlov qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bir gektar ov maydoni uchun toʻlov stavkasi asosida xisoblanadi va umumiy miqdori Ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun belgilangan umumiy to‘lov miqdori

 

4. Yengib boʻlmas kuch holatlari

4.1. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa, tomonlarning hech biri bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgar boʻlmaydi.

4.2 Yengib boʻlmaydigan kuch holati - bu ushbu Bitimning bajarilishiga toʻsqinlik qiladigan, Tomonlarning nazoratidan tashqari, ularning notoʻgʻri hisoblashlari yoki beparvoligi bilan bogʻliq boʻlmagan va kutilmagan xususiyatga ega boʻlgan hodisa.

4.3 Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ovchilikdan foydalanuvchi zudlik bilan mahalliy davlat hokimiyati organi va vakolatli organni pochta yoki faksimile aloqasi yoki elektron pochta orqali yengib boʻlmaydigan kuch holatlarining boshlanish sanasi va ularning taʼrifi haqida yozma bildirishnoma yetkazib beradi va (yoki) yuboradi.

4.4 Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar zudlik bilan mavjud vaziyatga yechim topish maqsadida muzokaralar oʻtkazadilar va yengib boʻlmaydigan kuch holatlarining oqibatlarini minimallashtirish uchun qonunga zid boʻlmagan barcha vositalardan foydalanadilar.

4.5. Koʻrsatib oʻtilgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda qonuniy deb tan olinadi.

 

5. Yakuniy qoidalar

 

5.1. Ushbu Shartnomani bajarish bilan bogʻliq nizolar tomonlarning muzokaralari yoʻli bilan va agar tomonlar kelishuvga erishmasalar, manfaatdor tomonning talabiga binoan sud tomonidan hal qilinadi.

5.2. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar qonuniy kuchga ega va agar ular yozma ravishda tuzilgan va har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan boʻlsa, uning ajralmas qismi hisoblanadi.

5.3. Shartnoma quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:

tomonlarning oʻzaro kelishuvi;

ovchilik xoʻjaligini yuritishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish;

ovchidlik xoʻjaligi faoliyatining tugatish;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ov qilish joylari va (yoki) uchastkalari belgilangan yer uchastkalarini olib qoʻyish;

tomonlardan birining talabiga binoan sud tomonidan taraflardan birining shartnomaviy majburiyatlarini jiddiy ravishda bajarmaganligi.

5.4. Ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari toʻgʻrisida” gi Qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.

5.5. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilishi tugaydigan muddat

5.6. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzilgan.

5.7. Ushbu shartnomaning ajralmas qismiga quyidagilar kiradi:

a) topografik yoki qishloq xoʻjaligi asosidagi maʼlum masshtabga ega boʻlgan xoʻjalik xarita-sxemasi, unda xoʻjalik chegarasi va takror koʻpaytirish uchastkasi chegarasi; kirish yoʻllari (ularning aholi punktiga yoʻnalishini koʻrsatadigan yoʻllar yoki boshqa oriyetirlar), kordonlar, yer maydoni turi va maydoni boʻyicha koʻrsatkichlar chizib koʻrsatilgan:;

b) ov moydonlari va koʻpaytirish uchastkalari turlarining, ovchilik xoʻjaligining chegaralarining tavsifi;

v) oxurlar, kordonlar, yoyib qoʻyilgan qoʻshimcha ozuqalar, minoralar, toʻxtash joylari, transport va boshqa inshootlar va obyektlarning fotosuratlari;

g) asosiy yerdan foydalanuvchi va yer ijarachisining oʻz yerida ovchilik xoʻjaligini yuritishga roziligi;

d) ov maydonlarini foydalanishga qabul qilish paytida ov hayvonlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumot;

ye) ovchilik xoʻjaliklarini yuritish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek ov resurslaridan oqilona, ​​barqaror foydalanishga, ularni muhofaza qilish, belgilangan ov joylari hududini koʻpaytirish va ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun yaroqli holatda saqlashga qaratilgan joriy va uzoq muddatli rejalashtirishni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha texnik-iqtisodiy asos.

 

TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI

 

VAKOLATLI ORGAN

 

OVCHILIK XOʻJALIGI

Vakolatli davlat organ nomi

Manzil: Vakolatli davlat organ manzili

 

Manzil: Ovchilik xo‘jaligi taraf manzili

Bank: Vakolatli davlat organ hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: Ovchilik xo‘jaligi taraf hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Vakolatli davlat organ hisob raqami

 

H/R: Ovchilik xo‘jaligi taraf hisob raqami

STIR: Vakolatli davlat organ STIR raqami

 

STIR: Ovchilik xo‘jaligi taraf STIR raqami

Telefon: Vakolatli davlat organ telefon raqami

 

Telefon: Ovchilik xo‘jaligi telefon raqami

Vakolatli davlat organ nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

 

Ovchilik xo‘jaligi nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

_________________

 

____________________

imzo

 

imzo

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ov xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida shartnoma

Qonunchilikka ko‘ra, tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni taʼqib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilish hisoblanadi.

Ovchi esa haqiqiy ovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs, shu jumladan O‘zbekistonda vaqtincha turgan va ov qilish sohasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan chet ellik fuqaro.

Qonunchilikka asosan, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ov qilish uchun ajratilgan hududlar, ovchilik resurslarini izlab topish normalari, ov qilish qoidalari, ovchilar va ovchilik xo‘jaliklarining huquqlari va majburiyatlari, ov qilish turlari, qurollari va usullari, yovvoyi hayvonlarni tutib olganlik va otganlik uchun to‘lov miqdorlari belgilangan.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma matni so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.