Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi asosida ijaraga berish boʻyicha Shartnoma
|
||||
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy
|
||
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi nomidan ish yurituvchi “Ijaraga beruvchi”ning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, “Ijarachi” yuridik shaxs nomi nomidan ish yurituvchi “Ijarachi” nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi asosida ushbu shartnomani tuzdilar. |
||||
I. Umumiy qoidalar |
||||
1. Shartnomaning obyekti boʻlib, “Davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti”ning nomi O‘rmon bo‘jaligi bo‘limining nomioʻrmon fondi yerlaridan jami O‘rmon fondi yerlaridan jami nechi gektar gektar, shundan, Shundan nechi gektari ekin yeri gektar ekin yeri, Nechi gektari bog‘ gektar bogʻ (uzumzor, tutzor), Nechi gektari yaylov gektar yaylov, Nechi gektari pichanzor gektar pichanzor, Nechi gektari o‘rmonzor gektar oʻrmonzor, Nechi gektari bo‘sh yerlar gektar boshqa foydalanilmaydigan boʻsh yerlar, Nechi gektari servitut yerlardan iborat gektar servitutlar joylashgan yerlardan iborat. (xarita ilova qilinadi) 2. Oʻrmon fondi yerlarida O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish maqsadi boʻyicha investitsion loyihaga O‘rmon fondi yerlari bo‘yicha investitsion loyiha yoki biznes rejasi raqami-sonli biznes rejasiga muvofiq investitsiya kiritishi hamda O‘rmon fondi yerlari bo‘yicha investitsion loyiha yoki biznes rejasi nechta o‘rin belgilangan yangi ish oʻrinlari yaratishi belgilandi va investitsion loyiha(biznes reja)si ilova qilindi. 3. Ilovalar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi va shartnoma bilan bir xil yuridik kuchga ega. 4. Shartnoma yildan Shartnomada nazarda tutilmagan va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar yilgacha amal qiladi. 5. Shartnomaning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega hamda Taraflarga yoki Taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra ularning tegishli huquq va (yoki) majburiyatlari berilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. 6. Shartnomaning amal qilish muddati davomida ijaraga berish maqsadi, faoliyat turi va yoʻnalishini oʻzgartirishlar tomonlarning yozma qoʻshimcha kelishuvi bilan amalga oshiriladi. 7. Oʻrmon fondi yerlarida ijara toʻlovining “nol” stavkasini qoʻllashda oʻrmon xoʻjaligi tashkilotining xulosasiga asosan amalga oshiriladi. 8. Shartnoma Taraflar tomonidan imzolangan va qoʻmitadan roʻyxatdan oʻtgandan boshlab kuchga kiradi va shartnoma muddati tugagunga qadar yoki bekor qilinishiga qadar shartlari majburiy boʻladi. |
||||
II. Ijara haqi boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi
|
||||
9. Ajratilgan yer maydoni uchun ijara toʻlovi ilovaga muvofiq hisoblanadi, ilova har yili yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar boʻlgan kalendar yil uchun roʻyxatdan oʻtgan shartnomalar reyestriga muvofiq belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va taraflar tomonidan 3 nusxada imzolanadi. Qoʻmita Hayʼatining qaroriga muvofiq hududning yoki oʻrmon fondi uchastkasining likvidliligidan kelib chiqib, har yili qoʻshimcha ravishda pasaytiruvchi yoki oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllanilishi mumkin. |
||||
10. Ijara toʻlovi summasi toʻlov amalga oshirilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chikib hisoblanadi. Ijara toʻlovi toʻliqligicha Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. |
||||
11. Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanishda belgilangan tartibda ijara toʻlovining “nol” stavkasini qoʻllanilgan yer maydonlari boʻyicha ijarachi tomonidan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan yer maydoni uchun ijara toʻlovi toʻliq undiriladi. |
||||
12. Ijara toʻlovi ijarachi tomonidan: -ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun muddat ichida joriy yil uchun 100 foiz; -kelgusi yillar uchun toʻlov har bir navbatdagi yilning 1-martigacha 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi. |
||||
13. Ijara toʻlovining belgilangan muddatidan keyingi kundan eʼtiboran muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summaning har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi. Bunda penya miqdori ijara toʻlovining qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya va jarimalarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. |
||||
14. Ijarachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, oʻrmon xujaligi tashkiloti ijarachiga xato va kamchiliklarni bajarish muddatini koʻrsatgan holda talabnoma bildirishga, talabnoma bajarilmaganda, ijara shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda sudga murojaat qilishga haqli boʻladi. |
||||
15. Mazkur shartnomaning 12-bandi talablari bajarilmagan taqdirda shartnoma bir tomonlama bekor qilinishiga asos boʻladi. |
||||
III. Ijaraga beruvchining huquqlari va majburiyatlari
|
||||
16. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega: |
||||
-oʻrmon xoʻjaligi tashkilotining huquq va majburiyatini bajarilishini nazorat qilish; |
||||
17. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur: |
||||
-yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda 1 (bir) oy avval bu haqda ijarachiga xabar beradi. |
||||
-oʻrmondan foydalanuvchiga berilgan yer maydonlarning muhofazasini tartibga soladi; |
||||
IV. Oʻrmon xoʻjaligi tashkilotining huquqlari va majburiyatlari
|
||||
18.Oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: |
||||
-oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti ijarachi tomonidan shartnoma shartlari buzilganda yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda, xarajatlar belgilangan tartibda qoplash, ushbu shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilish haqida ijaraga beruvchiga xabar berish; - ijarachining investitsion loyihasi bajarilishi ustidan monitoringni har olti oyda kamida bir marta amalga oshirish; -ijarachining qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilish; -shartnoma shartlari ijarachi tomonidan buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda shartnomani bir tomonlama yoki sud tartibida bekor qilish chorasini koʻrish; -ijara haqini muddatida toʻlanishini talab qilish. -oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir. |
||||
19. Oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti quyidagilarga majbur: |
||||
-ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, shartnoma shartlariga muvofiq holatda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida berilishini taʼminlash; -ijarachining faoliyatiga davlat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan noqonuniy aralashishga yoʻl qoʻymaslik chorasini koʻrish. -tabiiy ofatlarni bartaraf etishga koʻmaklashish, muhofaza qilish ishlarini qonun va qonun osti hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish; |
||||
V. Ijarachining huquq va majburiyatlari
|
||||
20. Ijarachi quyidagi huquqlarga ega: |
||||
-yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq ravishda xoʻjalik yuritish; -yer uchastkasida mavjud boʻlgan oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish orqali yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; -yerlarning zaxini qochirish, agrotexnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish; -sogʻlomlashtirish maqsadida darxatlarning shoxlarini kesish boʻyicha ijaraga beruvchiga yozma taklif kiritish; -ekinlarni, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish , zarur hollarda suv olish va suv oʻtkazish inshootlarini (suv oʻtkazgichlar) joylashtirish; -oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etish; -oʻrmonlarda yongʻinga qarshi tadbirlarni oʻtkazish va yongʻinlarni bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek oʻrmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish; - yongʻin xavfsizligiga rioya etish, yongʻin aniqlanganda oʻrmon xoʻjaligi tashkilotiga ham xabar berib uni bartaraf etish choralarini koʻrish; -ijaraga beruvchi bilan kelishilgan holda davlat oʻrmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi; -oʻrmonzorlardagi mavjud daraxtlarni yoki ijarachi tomonidan yetishtirilgan koʻp yillik tez oʻsuvchi sanoatbop hamda mevali daraxtlarni kesishda, siyraklashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etish; -ijarachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir. |
||||
21. Ijarachi quyidagilarga majbur: |
||||
-shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga beruvchi dan 10 (oʻn) kun muddatda yer uchastkasining chegaralari koʻrsatilgan xaritaga muvofiq, yer maydonidagi daraxtlar, irrigatsiya, melioratsiya tizimlari, yoʻllar va boshqa infratuzilma obyektlari hamda yerning holati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar bayon qilingan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga biriktirib olish; -ijaradan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida va belgilangan tartibda haq toʻlash; -yer uchastkasidan foydalanishning maqsadi, faoliyat turi mazkur shartnomaning 2-bandiga asosan amalga oshirishi; -mavjud daraxtlarni toʻliq holda saqlash va koʻpaytirish choralarini koʻrish, ijaraga olgan yer maydonining xar 1 gektariga Ijaraga olgan yer maydoniga qancha daraxt ekilishi belgilangan dona koʻp yillik daraxtlar ekish va oʻrmon barpo qilish, uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik; -zararkuranda va hashoratlarga qarshi kurashish; -mavjud irrigatsiya, melioratsiya tarmoqlarni va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash; -yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish; -ijaraga olingan yer uchastkasidagi mavjud tabiiy resurslardan (tosh, shagʻal, qum, tuproq, tuz va boshqa) noqonuniy foydalanish yoki boshqacha tartibda realizatsiya qilmaslik (maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olgan holatlar bundan mustnasno); -ijaraga olingan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan noqonuniy bino va inshootlari qurmaslik (ruxsatnoma olgan holatlar bundan mustnasno); -oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart. -davlat soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etish; -ijarachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir. |
||||
VI. Shartnomaga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish tartibi
|
||||
22. Shartnoma quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin: Jismoniy shaxs yuridik shaxsning muassisi boʻlganda shu yuridik shaxs nomiga, yuridik shaxs muassisiga, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, jismoniy shaxs vafot etganda uning merosxoʻrlariga va boshqa hollarda shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. |
||||
23. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: -yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; -yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, samarasiz foydalanilganda, ijarachining bir yil davomida ijara haqi toʻlanmaganda; -yerlarning ekologik holati ijarachining aybi bilan yomonlashganda; -shartnoma shartlari bajarilmaganda; -shartnomaning muddati tugaganda; -yuridik shaxs bankrot boʻlganda yoki tugatilganda; -jismoniy shaxs vafot etganda; -yer uchastkasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda; -sudning qaroriga asosan; -qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin. |
||||
24. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. |
||||
VII. “Ijarachi”ning oʻrmon fondi yerini oʻrmon xoʻjaligi tashkilotiga qaytarish tartibi
|
||||
25. Shartnoma muddati tugagandan soʻng 5 kunlik muddat ichida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti tuzadi va tartibga rioya qilgan holda ijarachi tomonidan yer maydonlari qaytariladi. |
||||
VIII. Nizolarni hal qilish tartibi
|
||||
26. Nizolar boʻyicha taraflar sudga murojaat etishdan oldin oʻzaro muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan koʻrib chiqish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar: |
||||
27. Shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha taraflar kelishuvga erishilmaganda, sud tomonidan hal etiladi. |
||||
IX. Fors-major holatlar
|
||||
28. Shartnoma majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmas kuch va boshqa tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan oqibatlar uchun tomonlar javobgar boʻlmaydi. |
||||
X. Shartnomaning alohida shartlari
|
||||
29.Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar XI. Yakuniy qoidalar
|
||||
30. Mazkur shartnoma taraflar oʻrtasida 3 (uch) nusxada oʻzbek tilida, taraflarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi. Barcha nusxalar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. |
||||
31. Mazkur shartnoma oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi, roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. |
||||
Taraflarning manzillari va bank rekvizitlari
|
||||
“Ijaraga beruvchi”
|
“Ijarachi”
|
“Davlat oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti” |
||
Manzili: “Ijaraga beruvchi”ning manzili |
Manzili: “Ijarachi” ning manzili |
Manzili: “Davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti”ning manzili |
||
Indeks “Ijaraga beruvchi”ning indeks raqami |
Indeks: “Ijarachi”ning indeks raqami |
Rekvizitlari: “Davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti” rekvizitlari |
||
INN: “Ijaraga beruvchi”ning INN raqami |
INN: “Ijarachi”ning INN raqami |
|
||
X/r: “Ijaraga beruvchi”ning hisob raqami |
X/r: “Ijarachi”ning hisob raqami |
“Davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti” nomidan ish olib boruvchi shaxsning F.I.O.si |
||
Bank nomi: “Ijaraga beruvchi”ning hisob raqami joylashgan bank nomi Sh/xv: “Ijaraga beruvchi”ning shaxsiy hisob varaq raqami |
Bank nomi: “Ijarachi” ning hisob raqami joylashgan bank nomi Sh/xv: “Ijarachi”ning shaxsiy hisob varaq raqami |
(imzo) |
||
Stir: “Ijaraga beruvchi”ning STIR raqami Telefon: “Ijaraga beruvchi”ning telefon raqami |
Stir: “Ijaraga beruvchi”ning STIR raqami Telefon: “Ijarachi”ning telefon raqami |
|
||
“Ijaraga beruvchi”ning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si |
“Ijarachi” nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si |
|
||
____________________ |
_____________________ |
|
||
(imzo) |
(imzo) |
|||
|
|
Qonunchilikka ko‘ra, davlat-xususiy sherikligi davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi hisoblanadi.
davlat o‘rmon fondi uchastkasi — davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ular davlat o‘rmon kadastrida ko‘rsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan yeriga, hukuqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Shartnomaga asosan ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qo‘mita tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hisoblanadi.
Ijarachi esa ijaraga beruvchi bilan ushbu Nizomda belgilangan shartlarda va tartibda o‘rmon fondi uchastkasini (uning bir qismini) ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma (keyingi o‘rinlarda ijara shartnomasi deb ataladi) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.
Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish bo‘yicha namunaviy shartnoma tayyorlangan bo‘lib, shartnomani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.