O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ko‘p kvartirali uydagi issiqlik taʼminoti bo‘yicha yetkazib beruvchi, ijro etuvchi va isteʼmolchi (turar joy mulkdori) o‘rtasidagi shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Yetkazib beruvchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
“Ijro etuvchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
“Isteʼmolchi” bo‘yicha maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

Koʻp kvartirali uydagi issiqlik taʼminoti boʻyicha Yetkazib beruvchi, Ijro etuvchi va Isteʼmolchi (turar joy mulkdori) oʻrtasidagi

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami-sonli

Shartnoma tuzilgan joy

 

Issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi korxona, “Issiqlik taʼminoti korxonasi” (keyingi oʻrinlarda “Yetkazib beruvchi” deb ataladi) nomidan, “Yetkazib beruvchi”ning vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbar “Yetkazib beruvchi”ning nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si Issiqlik manbaini isteʼmolchilarga sotuvchi yoki uyning ichki issiqlik tizimlariga xizmat koʻrsatuvchi korxona, boshqaruvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda “Ijro etuvchi” deb ataladi) ikkinchi tomondan, “Ijro etuvchi” ning vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbar “Ijro etuvchi” nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si uchinchi tomondan “Isteʼmolchi”ning vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjatmulkchilik huquqiga ega boʻlgan xonadon mulkdori “Isteʼmolchi”ning F.I.O (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) mazkur shartnomani ushbu haqida tuzdilar:

I.TUSHUNCHA VA ATAMALAR

 

1.1. Mazkur shartnomada foydalaniladigan tushunchalar quyidagilarni bildiradi:

Isitish va issiq suv taʼminotining uy ichidagi tizimi - issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan va koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan ichki va tashqi joylaridagi muhandislik kommunikatsiyalari va asbob-uskunalari (shu jumladan issiqlik punktlari), shuningdek, isitish va issiq suv taʼminotining kvartira ichidagi tik quvurlari;

Kvartira ichidagi asbob-uskuna - koʻp kvartirali uyning turar joy yoki noturar joy xonasidagi va koʻp kvartirali uyning isitish va issiq suv taʼminoti uy ichidagi tizimlari tarkibiga kirmaydigan, ularni ishlatgan holda issiqlik taʼminoti xizmatlaridan foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari, mexanik, sanitariya-texnik uskuna va boshqa asbob-uskuna (tarmoqlar, joʻmraklar va issiq suv uchun moʻljallangan aralashtirgichlar, radiatorlar va shu kabilar);

Issiq suv taʼminoti - koʻp kvartirali uylarda tarmoqni turar joy va noturar joy xonalariga ulash orqali Isteʼmolchini zaruriy hajmlarda beriladigan tegishli sifatga ega boʻlgan issiq suv bilan kecha-kunduz taʼminlash;

Issiqlik tarmogʻi va foydalanish javobgarligining balans mansublilik chegarasi (keyingi oʻrinlarda - balans mansublilik chegarasi) - issiqlik tarmogʻining balans mansubliligi bilan belgilanadigan issiqlik tarmoqlaridan foydalanilganligi uchun javobgarlik (majburiyat) belgisi boʻyicha issiqlik tarmoqlarining boʻlinish chizigʻi (liniyasi);

 

Turar joy xonasi - belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, fuqarolarning doimiy yashashiga, shuningdek ixtisoslashtirilgan uylar sifatida oʻrnatilgan tartibda foydalanish uchun moʻljallangan xona;

Issiq suvni individual hisobga olish asboblari - (harorati 50-75oSdoirasida boʻlishi kerak boʻlgan) issiq suvning miqdoriy (hajmiy) real hajmini hisobini amalga oshiruvchi, yoki quvur kesimi orqali oʻtadigan issiq suvdagi issiqlik energiyasi hisobini uning koʻrsatkichlari boʻyicha Isteʼmolchi issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun Yetkazib beruvchi bilan oʻzaro hisob-kitob qiladigan oʻlchov vositasi;

Ijro etuvchi - tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, Isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatilishida foydalaniladigan uy ichidagi isitish va issiq suv taʼminoti tizimlarining xizmat koʻrsatishi va ularning texnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaxs;

Aloqa bogʻlash yoʻllari - koʻp kvartirali uyda Yetkazib beruvchi tomonidan, shu jumladan telefon, elektron pochta boʻyicha, Internet-saytlar orqali (kommunal soha uchun ixtisoslashtirilgan saytlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining saytlari) tashkil etiladigan va bogʻlab turadigan Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi (Isteʼmolchi) oʻrtasidagi aloqa bogʻlash yoʻllari, shuningdek aloqa bogʻlash va Ijro etuvchilarni (Isteʼmolchilarni) xabardor qilish uchun koʻp kvartirali uylardagi Isteʼmolchilar uchun qulay boʻlgan boshqa aloqa bogʻlash shakllari;

Issiqlik energiyasini uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi - issiqlik beruvchi va qaytish quvurlar orqali oʻtuvchi berilgan issiqlik energiyasini va issiqlik manbaini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchov vositasi, uning koʻrsatkichlari boʻyicha Ijro etuvchi,koʻp kvartirali uydagi xonalarning mulkdorlari (bunday uy bevosita boshqarilgan taqdirda) isteʼmol qilgan issiqlik energiyasi uchun Yetkazib beruvchi bilan oʻzaro hisob-kitob qiladi;

Isitish - ulangan tarmoq orqali isitiladigan turar joy xonasida havo haroratining meʼyorini saqlash;

Isitiladigan maydon - turar joy xonalari maydonining umumiy yigʻindisi. Isitish asboblari (isitiladigan yuzalar bilan) yoki issiqlik taʼminotining uy ichki tizimlariga ulangan xonalarga birlashtirilgan holda qayta rejalashtirilgan (isitiladigan yuzalar bilan) peshayvonlar, balkonlar, ayvonlar va terrasalar maydoni isitiladigan maydon oʻlchamini oshiradi;

Rejali uzib qoʻyish - Ijro etuvchi va Isteʼmolchi bilan belgilangan tartibda oldindan kelishilgan va xabardor qilingan holda rejali-ogohlantiruvchi taʼmirlash jadvali boʻyicha issiqlik tarmoqlarini Yetkazib beruvchi tomonidan taʼmirlash va profilaktika ishlarini bajarish uchun isitish davri oraligʻida Isteʼmolchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish.

Yetkazib beruvchi - issiqlik taʼminoti shartnomasi boʻyicha issiqlik energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;

Isteʼmolchi - koʻp kvartirali uydagi xonaga mulkdor yoki boshqa qonuniy asosda mulk egasi huquqida issiqlik taʼminoti shartnomasi boʻyicha issiqlik taʼminoti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

Boshqaruvchi tashkilot - tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasiga asosan koʻp kvartirali uy boshqaruvini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

Hisob-kitob davri - issiqlik energiyasi isteʼmoli hajmi (sarfi) aniqlanishi kerak boʻlgan vaqt davri. Hisob-kitob davri kalendar oyga teng etib belgilanadi;

Xonalarning mulkdorlari - koʻp kvartirali uyda qonun hujjatlariga muvofiq turar joy yoki noturar joyga mulkchilik huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslar;

 

Issiqlik punkti (elevator bogʻlamasi) - issiqlik isteʼmolining (isitish, issiq suv taʼminoti) turlariga qarab issiqlik manbaini taqsimlash, issiqlik manbai parametrlarini, issiqlikni isteʼmol qilish rejimini hisobga olish va nazorat qilish, tezkor qayta ulashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan bogʻlama.

 

II. SHARTNOMA PREDMETI

 

2.1.Isteʼmolchi, “Isteʼmolchi”ning manzili manzilidagi isitish maydoni “Isteʼmolchi”ning turar joyining umumiy maydoni hajmi (m²) m² boʻlgan, (umumiy maydoni “Isteʼmolchi”ning turar joyining isitiladigan maydoni hajmi (m²) m²), “Isteʼmolchi”ning xonadonida istiqomat qiluvchilar soni kishi istiqomat qiluvchi xonadonning issiqlik taʼminotini Yetkazib beruvchiga yuklaydi, Yetkazib beruvchi uni oʻz zimmasiga qabul qiladi.

2.2. Yetkazib beruvchi xonadonning issiqlik taʼminotini Isteʼmolchiga yetkazishni koʻp kvartirali uyning umumiy mulkidagi ulush huquqida unga tegishli boʻlgan uy ichi isitish va issiq suv tizimi orqali amalga oshiradi.

2.3. Yetkazib beruvchining issiqlik taʼminoti tizimiga ulangan isitish va issiq suv taʼminotining uy ichi muhandislik tizimini boʻlinish chegarasi, tarmoqlarning balans mansublilik chegaralarini belgilash dalolatnomasiga binoan aniqlanadi. Tarmoqlarning balans mansublilik chegaralarini belgilash va ulardan foydalanish boʻyicha javobgarlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma, Isteʼmolchining vakili hisoblangan uy ichi isitish va issiq suv taʼminoti tizimlariga xizmat koʻrsatuvchi va uning texnik holati uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxs – Ijro etuvchi (boshqaruv tashkiloti va h.k.) tomonidan imzolanadi.

2.4. Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi oʻrtasidagi balans mansublilik va issiqlik tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha javobgarlik chegarasi koʻp kvartirali uyning pastki qismi hisoblanadi, issiqlik punkti binoning tashqarisida joylashgan taqdirda, issiqlik tarmoqlari tomonidagi elevator bogʻlamasining kirish qopqoqlari gardishlari boʻlinish chegarasi hisoblanadi.

2.5. Koʻp kvartirali uyidagi Isteʼmolchining turar joyiga oʻrnatilgan hisobga olish asboblari (issiq suvni individual hisobga olish asbobi turi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 2-ilovada keltirilgan.

III. ISSIQLIK TAʼMINOTI TARTIBI

 

3.1. Yetkazib beruvchi, standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlari va issiqlik taʼminoti shartnomasi talablariga koʻra, sifatiga muvofiq issiqlik taʼminotini foydalanish javobgarligi chegarasigacha yetkazib berishi shart.

3.2. Odamlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida, issiqlik tarmoqlaridagi yoki issiqlik energiyasi manbalaridagi yoxud isitish va issiq suv taʼminotining uy ichidagi tizimlarida avariyaviy va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan, Yetkazib beruvchi yoki Ijro etuvchi tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish hollarida, issiqlik taʼminoti xizmatlari sifatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, Isteʼmolchi bilan kelishmasdan va ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik taʼminotini toʻxtatish yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi.

3.3. Xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda Yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

 

IV.TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

4.1. Yetkazib beruvchi quyidagilarga majburdir:

4.1.1. Yetkazib beruvchi balans mansublilik va issiqlik tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha javobgarlik chegarasigacha standartlashtirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarga mos keluvchi hajm va sifatdagi uzluksiz issiqlik energiyasi taʼminotini yetkazib berilishiga;

4.1.2. Issiqlik taʼminoti shartnomasiga muvofiq issiqlik tarmoqlarining balans mansubliligi ajralishi chegarasida issiqlik manbai (issiq suv) parametrlaridan ogʻishmaslik hamda ularni saqlashga:

-harorat boʻyicha kamida 50° S va 75° S dan yuqori boʻlmasligi;

-aniqlash nuqtasida issiq suv taʼminoti tizimidagi bosim boʻyicha 0,03 MPa (0,3 kgs/sm2)dan 0,45 MPa (4,5 kgs/sm2)gachadan chetga chiqishga yoʻl qoʻymaslikka;

-issiqlik beruvchi quvurda havo harorati boʻyicha issiqlik manbai parametrlarining (+/-) 3% dan ortiq, suv bosimi boʻyicha: issiqlik beruvchi quvurda - (+/-) 5%, issiqlik qaytadigan quvurda - (+/-) 20 MPadan chetga chiqishga yoʻl qoʻymaslikka.

4.1.3. Isteʼmolchi (Ijro etuvchi)ni issiqlik energiyasining rejali oʻchirilishi va issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatishdagi tanaffus toʻgʻrisida yozma ravishda aloqa bogʻlash yoʻllari orqali ogohlantirishga.

4.1.4. Tariflardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida ular amalga kiritilishidan 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishga.

4.1.5. Isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun toʻlov boʻyicha hisob-kitoblarning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlov boʻyicha qarzlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul taqdim etishga.

4.1.6. Isteʼmolchi tomonidan issiqlik taʼminoti yoʻqligi yoki issiqlik manbai parametrlarining shartnomaviy parametrlarga nisbatan pasayishi, tegishli sifat darajasida boʻlmagan issiqlik energiyasi yetkazilgani toʻgʻrisida belgilangan tartibda ariza berilgandan keyin Yetkazib beruvchi 18 soat mobaynida tegishli dalolatnomani tuzish uchun oʻz vakilining yetib borishini taʼminlaydi; dalolatnomada parametrlar sifatining buzilishi, issiqlik energiyasi yetkazib berilishi toʻxtatilgan vaqti va sanasi, yetkazib berilmagan issiqlik enegiyasining hajmi koʻrsatiladi. Dalolatnoma 2 nusxada tuzilib, Isteʼmolchi, Yetkazib beruvchi va Ijro etuvchi tomonidan imzolanadi, hamda bir nusxasi Isteʼmolchiga taqdim etiladi. Yetkazib beruvchi oʻzinig aybi bilan yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini qoplashga yoki yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining qiymatini kelgusi davrdagi oʻzaro hisob - kitoblarda hisobga olishga.

4.1.7.Xizmatlar koʻrsatuvchining veb-saytida joylashtirilgan Issiqlik energiyasidan foydalanuvchining Shaxsiy kabinetidan roʻyxatdan oʻtish va unga kirish uchun Isteʼmolchiga unikal login «Issiqlik energiyasidan foydalanuvchining veb-saytdagi shaxsiy kabinetidan ro‘yxatdan o‘tish uchun beriladigan login»va birlamchi parol «Issiqlik energiyasidan foydalanuvchining veb-saytdagi shaxsiy kabinetidan ro‘yxatdan o‘tish uchun beriladigan parol»taqdim etishi.

4.2. Yetkazib beruvchi quyidagi huquqqa ega:

4.2.1 Yetkazib beruvchi kamida 2 sutka oldin Isteʼmolchini yozma ravishda ogohlantirgan holda, quyidagi hollarda issiqlik energiyasi berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish -huquqiga ega:

- issiqlik taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda issiqlik energiyasi uchun toʻlovlar amalga oshirmasa;

- Isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti tizimlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olinganida;

- Yetkazib beruvchining vakillarini umumiy va individual hisobga olish asboblarini koʻzdan kechirish va ularning koʻrsatkichlarini yozib olish uchun sababsiz qoʻymasa.

4.2.2. Rejali-oldini oluvchi taʼmirlashlar bajarilganda yoki yangi Isteʼmolchilar ulanganda Yetkazib beruvchi koʻp kvartirali uydagi mavjud xonalarning issiqlik taʼminotini uzib qoʻyish huquqiga ega.

Isteʼmolchilarni ogohlantirish issiqlik energiyasini berishdagi tanaffusni kelishish uchun 7 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda Ijro etuvchi (Isteʼmolchilar) issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasalar, Yetkazib beruvchi ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga ega.

4.2.3. Mazkur shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun Isteʼmolchidan haq talab qilishga, qarzdorlikni undirish boʻyicha barcha choralarni koʻrish.

4.3. Isteʼmolchining majburiyati:

4.3.1. Individual hisobga olish asboblarining yaqqol koʻrinib turgan nosozliklari aniqlanganda, bu toʻgʻrisida Ijro etuvchi (Yetkazib beruvchi) ga darhol xabar berishi, shu jumladan issiqlik taʼminoti boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga tuzilgan shartnomada qayd etilgan telefon, elektron pochta orqali xabar berish.

4.3.2. Kvartira ichidagi asbob-uskunalarning nosozliklari (avariyalar) aniqlanganda ularni bartaraf etish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrish;

xonalardagi moʻtadil issiqlikni saqlash maqsadida derazalar, balkonlar va kirish eshiklarining dahlizlarini zichlashtirish, isitish tagsinchlarini izolyatsiyalash ishlarini amalga oshirish.

4.3.3. Isitish va issiq suv taʼminotining uy ichidagi tizimlaridagi avariyalar, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa buzilishlar toʻgʻrisida tegishli ravishda Ijro etuvchiga yoki Yetkazib beruvchiga darhol xabar berishi;

4.3.4. Qabul qilingan issiqlik taʼminoti uchun, toʻliq hajmda, oʻz vaqtida, oʻtib ketgan oy uchun keyingi oyning oʻninchi sanasigacha haq toʻlashi. Issiqlik taʼminoti uchun toʻlov hujjatlarini (chiptalar, chek va h.k.) uch yil mobaynida saqlashi.

4.3.5. Issiqlik energiyasidan foydalanishda texnika xavfsizligi choralariga rioya etishi;

4.3.6. Oʻziga qulay boʻlgan aloqa bogʻlash yoʻllari orqali, har oyning 25-sanasigacha Yetkazib beruvchiga issiq suvni individual hisobga olish asboblari koʻrsatmalarini taqdim etishi.

4.3.7. Individual hisobga olish asboblaridan nazorat koʻrsatkichlarini yozib olish uchun Yetkazib beruvchining vakilini, xizmat guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda, oldindan kelishilgan vaqtda qoʻyishni taʼminlashi;

4.3.8. Yuz bergan oʻzgarishlar (egasi, odamlar soni, isitish maydoni oʻzgarishi, individual hisobga olish asboblari oʻzgartirilganida, turar joy fondidan noturar joy fondiga va noturar joy fondidan turar joy fondiga aylantirish) paytidan (kunidan) boshlab 10 ish kunidan kechikmay issiqlik taʼminoti xizmatlaridan foydalanish shartnomasi shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida Yetkazib beruvchini oʻz vaqtida xabardor qilishi.

4.3.9. Isteʼmolchi Yetkazib beruvchining veb-saytidagi issiqlik energiyasidan foydalanish Shaxsiy kabinetiga birinchi bor kirganidan soʻng, Yetkazib beruvchi tomonidan berilgan boshlangʻich parolini oʻzgartirishni amalga oshirishi shart. Foydalanuvchi tomonidan roʻyxatga olingandan va Shaxsiy kabinetga birinchi bor kirganidan soʻng parol oʻzgartirilmasa, Yetkazib beruvchi Shaxsiy kabinetiga Foydalanuvchining kirishini blokirovka qilish huquqiga ega.

4.3.10. Isteʼmolchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham javobgar boʻlishi mumkin.

4.3.11. Isteʼmolchiga taqiqlanadi:

- isitish tizimidan issiqlik manbaini oqizib qoʻyish;

- uy ichidagi issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib olish yoki -individual hisobga olish asboblarini chetlab oʻtib ularga ulanish, issiqlik taʼminotining - kvartira ichidagi va uy ichidagi tizimlariga oʻzgartirishlar kiritish;

- turar joy xonasida oʻrnatilgan isitish asboblarining isitish yuzasini oʻzboshimchalik bilan xonaning texnik pasportida koʻrsatilgan parametrlardan ortiqroqga koʻpaytirish, shuningdek qoʻshimcha tartibga soluvchi va tik quvur armaturasiga oʻrnatish;

- koʻp qavatli uyning isitish va issiq suv taʼminoti tizimidan alohida turar va noturar joy xonalarning isitish asboblarini demontaj qilish orqali isitish va issiq suv taʼminoti tizimidan uzib qoʻyish;

- individual hisobga olish asboblaridagi tamgʻalarni oʻzboshimchalik bilan buzish, hisobga olishning umumiy yoki individual hisobga olish asboblarini qismlarga ajratish va ularning koʻrsatkichlarini buzishga yoki shikastlashga yoʻnaltirilgan hatti-harakatlarni sodir etish;

- issiqlik energiyasidan uning bevosita vazifasidan (isitish, issiq suv taʼminoti) boshqa maqsadda foydalanish;

- issiqlik taʼminoti shartnomasida va Oʻzbekiston Respublikasidagi “Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish Qoidalari”da belgilangan issiqlik energiyasidan foydalanish tartibini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etish.

4.4. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

4.4.1. Mazkur shartnoma shartlariga muvofiq, belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan, mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uzluksiz koʻrsatilishini talab qilish.

4.4.2. Ushbu issiqlik taʼminoti shartnomasida belgilanganidan ortiqcha tanaffuslar vaqti uchun issiqlik taʼminoti xizmatlariga haq toʻlamaslik, mazkur xizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun toʻlovlardan toʻliq yoki qisman ozod etiladi.

4.4.3. Qonunchilikda va mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifatda koʻrsatilmagan holatlarda neustoyka (jarimalar, penyalar) toʻlashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish.

4.4.4. Issiqlik taʼminoti xizmatlarining hajmi va sifati, ularning koʻrsatilish shartlari, issiqlik taʼminoti uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash tartibi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul olish.

4.4.5. Isteʼmolchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

4.5 Boshqaruvchi tashkilot majburiyati:

4.5.1. “Isteʼmolchiga” “Yetkazib beruvchi” tomonidan yetkazib beriladigan issiqlik energiyasini loyihaga muvofiq yoʻqotishsiz yetkazib berish;

4.5.2. “Yetkazib beruvchi” tomonidan amalga oshiriladigan gidravlik hisob-kitobga koʻra, siqish moslamalarini (soplo, shaybalar) oʻz vaqtida oʻrnatish va ularning xavfsizligini taʼminlash;

4.5.3. Sheriklikning umumiy mulkini tashkil etuvchi va boshqaruvchi tashkilot va h.k xizmat koʻrsatadigan ichki issiqlik taʼminoti tizimlarini texnik jihatdan sogʻlom holatda saqlash. Binoning ichki issiqlik taʼminoti tizimlarida issiqlik energiyasi va issiq suvning yuqori sifatli yetkazib berilishiga toʻsqinlik qiladigan nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻrish;

4.5.4. “Isteʼmolchi”ning talabiga binoan, xonadon ichidagi issiqlik tizimlarining shikastlanishini bartaraf etish;

4.5.5. Ichki issiqlik taʼminoti tizimidan konstruktiv boʻlmagan ulanishlarning oldini olish (shartnomasiz isteʼmolchilarni ulash), isitish moslamalari sonining koʻpayishi, isitish moslamalarini balkonga olib chiqish, ichki isitish tizimidan tarmoq suvini toʻkish;

4.5.6. Ichki issiqlik taʼminoti tizimini isitish mavsumiga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

4.5.7. Isitish mavsumi boshlanishidan oldin “Yetkazib beruvchiga” uyning isitish mavsumiga umumiy isitish va issiq suv taʼminoti tizimiga ulanish va tayyorligi toʻgʻrisida ariza berish, bu haqda boshqaruvchi tashkilot raisi va “Yetkazib beruvchi” tomonidan ulanish dalolatnomasi tuziladi va u imzolanadi;

4.5.8. “Yetkazib beruvchi” vakillariga kvartira ichidagi isitish va issiq suv tizimlaridan foydalanishni tekshirish imkoniyatini yaratib berish va haqiqatda yashayotgan odamlar soni toʻgʻrisida bahs boʻlsa, hujjat va dalillarni taqdim etish;

4.5.9. “Yetkazib beruvchi” tomonidan issiq suv va issiqlik taʼminoti uzilishi toʻgʻrisida maʼlumotni “Isteʼmolchilar”ga 1 kundan kechiktirmasdan xabar berish;

4.6. Boshqaruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:

4.6.1. “Yetkazib beruvchi” dan issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha maʼlumot olish;

4.6.2. “Yetkazib beruvchi”dan siqish moslamalari (elevatorlar, shaybalar) oʻlchamlari boʻyicha tavsiyanomalar olish.

 

V. ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISH UCHUN HISOB-KITOBLAR

 

5.1. Isteʼmol qilingan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish:

Isteʼmolchilarning Yetkazib beruvchi bilan (uy boʻyicha umumiy hisobga olish asbobi mavjud boʻlganda - issiqlik taʼminoti toʻgʻrisidagi shartnoma asosida Ijro etuvchi tomonidan Yetkazib beruvchi bilan) hisob-kitoblari issiqlik taʼminoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

5.2. Issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi:

a) isitishga – isitish davrining har bir kuniga bir kvadrat metr isitiladigan maydon hisobida (soʻm/kv.m/kun);

b) issiq suv taʼminotiga:

-individual hisobga olish asboblari boʻlmagan taqdirda - bir odamga bir oyda (soʻm/kishi/oy);

-individual hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari boʻyicha, ular mavjud boʻlganda, issiq suvning bir kub metri uchun (soʻm/kub.m).

5.3. Issiq suvni individual hisobga olish asbobiga ega boʻlmagan Isteʼmolchi yetkazib berilgan issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun belgilangan tariflarga 1,5 barobar oshiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda haq toʻlashni amalga oshiradi.

5.4. Roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqarolar boʻlmagan turar joy xonadonlarida issiq suvni individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmaganda Isteʼmolchi tomonidan issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblar bir xonali va ikki xonali turar joy xonadonlarida bir kishiga; uch xonali turar joy xonadonida ikki kishiga; toʻrt xonali turar joy xonadonida uch kishiga; besh xonali turar joy xonadonida toʻrt kishiga hisobidan, isteʼmol qilish meʼyori boʻyicha, issiq suv taʼminoti xizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 barobar oshiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.

5.5 Markaziy isitish xizmatlari uchun haq yozish isitish mavsumi davrida har bir kuniga 1 m2 isitiladigan maydon hisobiga belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

5.6. Markaziy isitish manbaiga ega boʻlgan uyga koʻchib kirgan Isteʼmolchi isitish mavsumi davrida markaziy isitish uchun toʻlovlarni belgilangan tarif boʻyicha toʻlashga majbur.

5.7. Isteʼmolchi, istiqomat qilishidan va/yoki roʻyxatda turish yo turmasligidan qatʼi nazar, markaziy isitish uchun toʻlovlarni amalga oshirishi shart.

5.8. Issiqlik energiyasi taʼminoti xizmatlariga tariflar oʻzgarganda, sanadan qatʼi nazar, Isteʼmolchi foydalanilgan issiqlik taʼminoti xizmatlariga ular joriy etilgan kundan boshlab yangi tariflar boʻyicha haq toʻlashga majbur.

5.9. Isteʼmolchi issiqlik taʼminoti xizmatlariga avans bilan toʻlangan toʻlovlarga (toʻlov kunidan boshlab oʻn ikki oydan oshmaydigan davrga) ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlashdan ozod etiladi.

5.10. Isteʼmolchi tomonidan issiqlik taʼminoti xizmatlariga avans bilan toʻlanganda Yetkazib beruvchi tomonidan isitish va issiq suv taʼminotiga haq yozishni toʻlov paytida amalda boʻlgan tariflar boʻyicha amalga oshiradi (avans toʻlovlar muddatiga, biroq oʻn ikki oydan ortiqqa emas).

5.11. Hisobot davri uchun issiq suvni hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Isteʼmolchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda Yetkazib beruvchi hisob-kitob oyida amalda boʻlgan tarif boʻyicha ushbu va keyingi hisob-kitob davrlari uchun toʻlovni keyingi koʻrsatkichlar (yoxud hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari Yetkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etish paytigacha issiq suvning oʻrtacha oylik sarfi boʻyicha hisoblashga haqlidir.

Keyingi koʻrsatkichlar (yoxud hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari Yetkazib beruvchining vakili tomonidan nazorat tartibida yozib olingungacha) taqdim etilganda Yetkazib beruvchi hisobga olish asbobining oldingi koʻrsatkichidan boshlanadigan davr uchun hisobga olish asbobining amaldagi koʻrsatkichlari boʻyicha isteʼmol qilingan issiq suv miqdorining qayta hisob-kitobini amalga oshirishi shart. Bunda qayta hisob-kitob qilish tuzatish tiritiladigan davrning hisob-kitob oyida amalda boʻlgan tarif boʻyicha amalga oshiriladi.

5.12. Individual hisobga olish asboblarini ularni yechib olingan kundan boshlab 30 kalendar kunigacha boʻlgan qiyoslash yoki taʼmirlash ishlari davrida issiq suv uchun hisob-kitoblar individual hisobga olish asboblarining uch oy oldingi oʻrtacha sutkalik koʻrsatmalari boʻyicha amalga oshiriladi.

5.13. Issiq suvni hisobga olish asbobi oʻz vaqtida tekshirilmagan taqdirda, Yetkazib beruvchi tomonidan haq yozish roʻyxatdagilar (yashovchilar) soni boʻyicha, 5.3-bandda nazarda tutilgan oshiruvchi koeffitsiyentni qoʻllab, soz holdagi uskunaning oxirgi qayd etilgan koʻrsatmasidan to tekshiruv oʻtgunga qadar amalga oshiriladi.

5.14. Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun ikki hafta oʻtganidan soʻng toʻlov toʻlanmaganda Yetkazib beruvchi qarzdorlik va 7 kundan keyin uzib qoʻyish toʻgʻrisida yozma xabar beradi, xabarnoma muddati tamom boʻlgach, Yetkazib beruvchi issiq suv berishni uzib qoʻyishga haqlidir. Issiq suv berish Isteʼmolchi tomonidan qarzlar toʻlangandan va Yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlangan kalkulyatsiyaga muvofiq abonentni manbadan uzib qoʻyish va unga ulash ishlari uchun qoʻshimcha hisob toʻlangandan keyin tiklanadi.

5.15. Toʻlanishi lozim boʻlgan summani notoʻgʻri yozilganligi aniqlangan kundan boshlab, Isteʼmolchi Yetkazib beruvchiga eʼtirozni yozma shaklda besh kundan kechikmay taqdim etadi. Eʼtiroz bildirilishi Isteʼmolchining issiqlik taʼminoti xizmati uchun toʻlovni toʻliq miqdorda va belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.

Eʼtirozlar Yetkazib beruvchi tomonidan 10 kun muddatda koʻrib chiqiladi va ularning asoslanganligi aniqlanganda ortiqcha summa keyingi issiqlik energiyasi xizmatlari toʻlovlari uchun hisoblanadi. Eʼtirozni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida Isteʼmolchi 5 kundan kechikmay xabardor qilinishi kerak.

5.16. Isteʼmolchi Yetkazib beruvchining qaroridan rozi boʻlmaganida, bu uni issiqlik taʼminoti xizmati uchun toʻlovni belgilangan muddatda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Yetkazilgan xizmatlar uchun toʻlovlar 10 kunlik muddatda toʻlanmasa, Yetkazib beruvchi daʼvo qilingan summani majburiy tartibda undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi beradi.

5.17. Isteʼmolchi tomonidan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatganida toʻlov hujjatlarini toʻldirish va yetkazilgan issiqlik taʼminoti xizmatlariga toʻlovlarni toʻlashda yoʻl qoʻyilgan xatolar Yetkazib beruvchi tomonidan ular aniqlanishiga qarab hisobga olinadi. Issiq suv sarfini hisobga olishdagi xatolar aniqlanganda, hisobga olish asbobini tekshirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan amaldagi koʻrsatkichlar boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

5.18. Issiqlik taʼminoti xizmatlari (isitish va issiq suv taʼminoti) uchun Isteʼmolchi tomonidan toʻlov uning tanloviga koʻra cheklashsiz, shu jumladan umumiy issiqlik taʼminotining koʻrsatilgan xizmatlari uchun Yetkazib beruvchining hisob-kitob raqamiga mablagʻlar yoʻnaltirilgan holda, plastik kartochkadan foydalanib, shuningdek elektron toʻlovlar tizimi orqali toʻlanadi.

5.19. Isteʼmolchi tomonidan oʻtgan oydagi issiqlik energiyasi uchun toʻlovni qismlarga boʻlib toʻlanishiga, toʻlovlar kiritishning oxirgi belgilangan muddatini buzmagan holda yoʻl qoʻyiladi.

5.20 Vaqtincha yashovchilar (ijaraga oluvchilar) yashaganda Isteʼmolchi tomonidan toʻlov amalda yashagan shaxslar soni uchun toʻliq toʻlanadi.

Turar joy xonasi hisobga olish asbobi bilan jihozlanmagan taqdirda Isteʼmolchi oʻzi egallab turgan xonadonda yashovchi (shu jumladan vaqtincha yashovchi) fuqarolar soni koʻpayganligi yoki kamayganligi toʻgʻrisida yuz bergan oʻzgarishlar kunidan boshlab 5 ish kunidan kechikmay Yetkazib beruvchini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda Yetkazib beruvchining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakillari va xonaning mulkdori oʻrtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.

5.21. Mazkur shartnomaning 4.3.11-bandida koʻrsatilgan nosozliklar aniqlanganida, Yetkazib beruvchi vakili tomonidan ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtirilib, uning bir nusxasi Isteʼmolchiga taqdim etiladi. Dalolatnomaga asosan, ishlatilgan issiq suv miqdori uchun hisob-kitob “Oʻzbekiston Respublikasidagi koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish Qoidalari” ning 34-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5.22. Zarur sifatga ega boʻlmagan va (yoki) belgilangan davomiylikdan ortiq boʻlgan tanaffuslar bilan issiqlik energiyasi yetkazib berilsa, issiqlik energiyasi uchun toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasidagi “Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish Qoidalari”ning ilovasiga muvofiq Isteʼmolchiga tomonidan qayta hisob-kitob qilib beriladi.

5.23. Issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi tanaffuslarda yoki belgilangan davomiylikdan ortiq boʻlgan issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatilganda, shuningdek profilaktika ishlarini bajarishda umumiy yoki individual hisobga olish asboblari mavjud boʻlmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun toʻlov yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi miqdoriga kamaytiriladi.

Yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining hajmi issiqlik energiyasi isteʼmoli meʼyoridan, isteʼmolchilarning sonidan yoki turar joy xonalarining isitiladigan maydonidan, shuningdek issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi vaqtidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.

5.24. Issiqlik taʼminoti xizmati uchun amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblar, keyingi hisob davrida koʻzda tutiladi.

 

VI. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA MUNOZARALARNI HAL QILISH TARTIBI

 

6.1. Ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun (balans va foydalanish javobgarligi meʼyorida) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, tomonlar javobgardirlar.

6.2. Yetkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun toʻliq hajmda javob beradi.

6.3. Yetkazib beruvchi, agar issiqlik taʼminotining koʻrsatiladigan xizmatlari sifati pasayishi yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki Isteʼmolchi tomonidan issiqlik taʼminoti shartnomasi shartlari buzilishi oqibatida yuz berganligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlay olsa, issiqlik taʼminotining koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

6.4. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchilar oldida issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar, issiqlik berish parametrlarining pasayishi va issiqlik energiyasini yetkazib bermaslikka sabab boʻluvchi quyidagi holatlarda:

- yetkazib beruvchining asbob-uskunasi ishdan chiqishiga sabab boʻlgan tabiiy ofatlar, shuningdek yongʻin va tashqi havoning harorati 30Sdan past va ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun qabul qilingan hisob-kitobdagi harorat 48 soatdan koʻp davom etadigan uzoq muddatli sovuq tushishi, birlamchi suv sifatining yomonlashishi;

- Ijro etuvchi (boshqaruvchi tashkilot v h.k.)ning xodimlari va Isteʼmolchilar tomonidan issiqlik taʼminoti rejimi oʻzgarishiga sabab boʻlgan buzilishlar;

- Ijro etuvchi yoki Isteʼmolchilar tomonidan shartnomaviy issiqlik yuklamalari oshirilishiga yoki issiqlik manbai parametrlarining pasayishiga olib kelgan uning uchun belgilangan issiqlik isteʼmoli rejimlariga rioya qilmaslikka yoʻl qoʻyilishi tufayli issiqlik energiyasi toʻliq berilmasligi uchun moddiy javobgar boʻlmaydi.

6.5. Isteʼmolchi qonunchilikda belgilangan tartibda, isitish va issiq suv taʼminoti xizmati yetkazib berish sifatiga taʼsir qiladigan, xonadon ichi, uy ichi isitish va issiq suv taʼminoti tizimining buzilishiga yoʻl qoʻygani uchun javobgar hisoblanadi.

6.6. Isteʼmolchi issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun belgilangan muddatda toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda, muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,1% miqdorida, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

6.7. Tomonlar oʻrtasida vujudga kelgan barcha munozaralar va ziddiyatlar muzokara yoʻli bilan hal qilinadi. Tomonlar oʻrtasida kelishuvga erishilmasa, ushbu shartnoma yuzasidan vujudga kelgan barcha munozaralar va ziddiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanganidek, sud tartibida hal qilinadi.

6.8. Shartnomaning amal qilish muddati tugashi, tomonlarni uni buzganliklari uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

 

VII. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

 

7.1. Uy-joy mulkdori oʻzgarganda oldingi mulkdor bu haqda Yetkazib beruvchiga chiqib ketishidan 7 kun oldin maʼlum qilishga majbur, chiqib ketgandan keyin tamgʻalar va hisobga olish asbobining saqlanishi uchun javobgarlik yangi mulkdorga yuklanadi. Avvalgi mulkdor xona yangi mulkdorga berilgunga qadar issiqlik taʼminotining isteʼmol qilingan xizmatlari uchun qarzlarni toʻliq toʻlashi, shuningdek xonadon yangi mulkdorga oʻtkazilishigacha 1 oy oldinga haq toʻlashni amalga oshirishi shart.

7.2. Hisobga olish asboblarini sotib olish, oʻrnatish, davlat qiyoslovidan oʻtkazish, foydalanish (taʼmirlash, almashtirish) Isteʼmolchining oʻz hisobidan Yetkazib beruvchi bilan, yoxud “Oʻzstandart” agentligi organlarida akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga koʻra amalga oshiriladi.

Individual hisobga olish asboblari oʻrnatilgan tartibda tekshirilishi, Yetkazib beruvchi tomonidan tamgʻalangan boʻlishi, 8 yilda 1-marta oraligʻida qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim.

Individual hisobga olish asbobidan foydalanishning belgilangan cheklangan muddati tamom boʻlgunga qadar Yetkazib beruvchi oldindan (kamida 10 kalendar kundan oldin) Isteʼmolchiga shartnomada qayd etilgan individual hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tamom boʻlganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda bildirishnoma yuboradi.

7.3. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan shartlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, meʼyoriy

-huquqiy xujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014-yil 15-iyuldagi 194-son Qarori bilan tasdiqlangan “Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish Qoidalari”ga binoan tartibga solinadi.

7.4. Mazkur shartnomaning barcha ilovalari, uning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

VIII.FORS-MAJOR

 

8.1. Tomonlar ushbu shartnoma shartlarini qisman yoki toʻliq bajarmaganliklari uchun majburiyatlaridan ozod qilinishlari mumkin, agar bu holat koʻzda tutilmagan, oldindan xabar topish mumkin boʻlmagan kuch, tomonlar oldindan bilib oqilona eʼhtiyot choralarini koʻrishi imkoniyati boʻlmagan favqulodda (fors-major) hodisalarning natijasida yuzaga kelgan boʻlsa. Koʻchki, suv toshqinlari, yongʻin, tabiatdagi boshqa hodisalar, hududdagi harbiy harakatlar, qoʻzgʻolonlar sababli ushbu shartnoma shartlarining bajarilmasligi ana shunday sabablar sirasiga kiradi.

 

IX. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

 

9.1. Shartnoma Shartnomaning amal qilishi boshlanadigan muddatdan Shartnoma amal qilishi tugaydigan muddatgacha amal qiladi.

9.2. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mazkur shartnoma predmeti bilan bevosita bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlar kiritilgan taqdirda, tomonlar qoʻshimcha kelishuv tuzgan holda ushbu shartnomaga tegishli oʻzgarishlar yoki qoʻshimchalar kiritishadi.

9.3. Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga bir oy muddat qolganida, tomonlarning biridan uni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushmasa, shartnoma yildan yilga uzaytirilgan hisoblanadi.

9.4. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzildi.

 

X. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI:

 

“YETKAZIB BERUVCHI”

“IJRO ETUVCHI”

“ISTEʼMOLCHI”

“Issiqlik taʼminoti korxonasi”

boshqaruvchi tashkilot va boshqalar

 

Manzil: “Yetkazib beruvchi”ning manzili

Manzil: “Ijro etuvchi” ning manzili

F.I.O: “Ijro etuvchi” nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si

Xisob raqami: “Yetkazib beruvchi”ning hisob raqami

Xisob raqami: “Ijro etuvchi” hisob raqami

Manzil: “Ijro etuvchi” ning manzili

Bank nomi: “Yetkazib beruvchi”ning hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank nomi: “Ijro etuvchi” ning hisob raqami joylashgan bank nomi

Pasport № “Isteʼmolchi”ning pasport raqami

STIR (INN): “Yetkazib beruvchi”ning STIR raqami

STIR (INN):“Ijro etuvchi” STIR raqami

Berilgan: “Isteʼmolchi”ning pasport berilgan hudud

Telefon: “Yetkazib beruvchi”ning telefon raqami

Telefon: “Ijro etuvchi” telefon raqami

Veb-sayt: “Yetkazib beruvchi”ning veb-sayti

 

STIR (INN): “Isteʼmolchi”ning STIR raqami

“Issiqlik tarqatish” boʻlimi nomi: Shartnomada taraf sifatida qatnashayotgan issiqlik tarqatish tuman (shahar) bo‘limi nomi

 

Kadastr raqami: “Isteʼmolchi”ning turar joyi kadastr raqami

Telefon: Issiqlik tarqatish tuman (shahar) bo‘limi telefon raqami

 

Uy telefon raqami: “Isteʼmolchi”ning uy telefon raqami

 

 

Maʼl. uchun uyali tel.raqami: “Isteʼmolchi”ning uyali telefon raqami

 

 

Ish joyi va lavozimi: “Isteʼmolchi”ning ish joyi va lavozimi

 

 

 

Imzo ______________

Imzo ______________

Imzo ______________

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ko‘p kvartirali uydagi issiqlik taʼminoti bo‘yicha yetkazib beruvchi, ijro etuvchi va isteʼmolchi (turar joy mulkdori) o‘rtasidagi shartnoma

Qonunchilikka ko‘ra, issiqlik taʼminoti tizimi bu texnologik jihatdan issiqlik tarmoqlariga ulangan issiqlik energiyasi manbalari va issiqlik isteʼmoli tizimlari majmuidir.

Shartnomaga ko‘ra yetkazib beruvchi issiqlik taʼminoti shartnomasi asosida issiqlik energiyasini taqsimlash va sotish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs.

Ijro etuvchi esa tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, isitish va issiq suv taʼminoti tizimlaridan foydalangan holda Isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatiladigan uy ichidagi tizimlarga xizmat ko‘rsatish va ularning texnik holati uchun javob beruvchi yuridik shaxs hisoblanadi.

Isteʼmolchi ko‘p kvartirali uyda issiqlik taʼminoti shartnomasi bo‘yicha yoki boshqa qonuniy asosda xonaga mulk egasi huquqidan foydalanuvchi, issiqlik taʼminoti shartnomasi bo‘yicha issiqlik taʼminoti xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Mazkur shartnoma namunasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, shartnoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.