O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish bo‘yicha namunaviy shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi bo‘lgan) bo‘yicha maʼlumotlar
  • Masalan: Raisi S.Karimov, direktori I. Alimov
Hususiy sherikchilik bo‘lgan tomon bo‘yicha maʼlumotlar
Xo‘jalik bo‘yicha maʼlumotlar
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Manzil qaysi tuman (shahar), mahalla (ovul), qishloq hududida joylashganligi aniq ko‘rsatilishi lozim

Yuklab oling

OʻRMON FONDINING FOYDALANILMAYOTGAN YERLARINI DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK ASOSIDA IJARAGA BERISH BOʻYICHA NAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Oʻzbekiston Respublikasining oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – davlat sherigi deb yuritiladi) nomidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi) tarafdan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, Hususiy sherik bo‘lgan tarafning nomi (keyingi oʻrinlarda – xususiy sherik deb yuritiladi) nomidan Hususiy sherik bo‘lgan tarafning nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si,Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ushbu shartnomani tuzdilar.

Umumiy qoidalar

 

1.1. Shartnomaning obyekti boʻlib, Vakolatli organ tomonidan ovchilik xo‘jaligiga taqdim etilgan ov qilish joyining manzilida joylashgan Xo‘jalik manzili davlat (ixtisoslashtirilgan) oʻrmon (oʻrmon-ov, milliy tabiat bogʻi) xoʻjaligida joylashgan umumiy yer maydoni Davlat (ixtisoslashtirilgan) o‘rmon xo‘jaligida mavjud bo‘lgan bo‘sh yer uchastkasining hajmi (gektar) gektar boʻsh yer uchastkasi (umumiy yer maydoni Davlat (ixtisoslashtirilgan) o‘rmon xo‘jaligida jami yer maydoning haqjmi (gektar) gektar, shu jumladan oʻrmon bilan qoplangan Davlat (ixtisoslashtirilgan) o‘rmon xo‘jaligining ijaraga berilayotgan qismining o‘rmon bilan qoplangan qismining hajmi (gektar) gektar, qator orasi, bogʻ va tokzorlar Davlat (ixtisoslashtirilgan) o‘rmon xo‘jaligida nechi gektari bog‘ va tokzorlarga kiradi gektar) hisoblanadi. Shartnomaga xarita nusxasi ilova qilinadi.

1.2. Davlat-xususiy sheriklik Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish boʻyicha jami shartnomaning rejasiga muvofiq O‘rmon fondi yerlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish, yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish bo‘yicha kiritiladigan mablag‘ miqdori soʻmni tashkil etadi.

1.3. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari – davlat sherigi, xususiy sherik hisoblanib, mazkur shartnomada keyingi oʻrinlarda birgalikda “taraflar” deb yuritiladi.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasini moliyalashtiruvchi moliyaviy tashkilotlar va boshqa tashkilotlar ham davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari boʻlishi mumkin.

Davlat sherigi tomonidan vakolat berilgan davlat korxonalari va (yoki) tashkilotlar davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq davlat sherigining majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan holda harakat qilishi mumkin. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun davlat sherigi toʻliq javobgar boʻladi.

Xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini bir yoki bir necha tashkilotga topshirishi mumkin. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun xususiy sherik toʻliq javobgar boʻladi.

Mazkur shartnoma boʻyicha barcha huquqlarni yoki huquqlarning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish, huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan Taraf mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlaridan ozod qilmaydi.

1.4. Mazkur shartnoma, jumladan uning ilovalari shartnoma predmetiga nisbatan taraflar oʻrtasidagi barcha yozma kelishuvlar, shartnomalar yoki qarorlarni bekor qiluvchi va ulardan ustun turuvchi toʻliq kelishuvni anglatadi. Mazkur shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi va u bilan bir xil yuridik kuchga egadir.

1.5. Mazkur shartnomaning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega hamda Taraflarga yoki Taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra ularning tegishli huquq va (yoki) majburiyatlari berilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

II. Davlat-xususiy sheriklik obyektini tashkil etish tartibi

 

2. Xususiy sherik (DXSH) Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish boʻyicha yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun umumiy qiymati Xususiy sherik tarafidan qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish bo‘yicha yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun moliyalashtiriladigan mablag‘ miqdori soʻm miqdorida moliyalashtiradi. Xususiy sherik tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish boʻyicha biznes reja va yerlarining konturlari aniq koʻrsatib Shartnomaga ilova kilanadi.

2.1. Xususiy sherik (DXSH) maydonida loyihaga muvofiq yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish boʻyicha majburiyatlarni oladi.

2.2. Xususiy sherik tomonidan (DXSH) Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish muddati shartnoma imzolangan kundan boshlab 3(uch) oydan oshmasligi kerak.

2.3. Davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan har olti oyda monitoring oʻtkazadi va u qay darajada bajarilganligini oʻrganadi va baholab boradi. Agar kamchiliklar aniqlansa uni bartaraf etish boʻyicha muddatini koʻrsatgan holda xususiy sherikka talabnoma yuboradi.

Oʻrmon fondi maydoni tijorat banklaridan olinadigan kreditlarga garov taʼminoti sifatida qabul qilinmaydi.

2.4. Ushbu shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun shartnomada nazarda tutilmagan qoʻshimcha sarf-xarajatlar yuzaga kelgan taqdirda, qoʻshimcha sarf-xarajatlarning yuzaga kelish xavfini Xususiy sherik oʻz zimmasiga oladi.

III. Davlat-xususiy sheriklik obyekti yoki xususiy sherik tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining

 

3.1. DXSH maydonida amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlarni amalga oshirilishi natijasida, ajratilgan maydonlarga va atrof muhitga zarar yetkazilmasligi shart.

 

IV. Shartnomaning amal qilish muddati va shartlari

 

4.1. Shartnomaning amal qilishi Shartnomaning amal qilish muddati boshlanadigan sanadan Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha davom etadi.

Mazkur shartnoma Taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va shartnoma muddati tugagunga qadar yoki bekor qilinishiga qadar majburiy boʻlib qoladi va amal qiladi.

Davlat sherigi yerni Xususiy sherikga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida 10 (oʻn) kun muddatda biriktirib beradi

4.2. Taraflar oʻz majburiyatlarini mazkur shartnomaning ilovasida belgilangan muddatlarda amalga oshiradi.

4.3. Xususiy sherik har olti oyda shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarilishi toʻgʻrisida davlat sherigiga axborot va hisobot taqdim etadi.

4.4. Mazkur shartnomaning amal qilish muddati davomida DXSH obyekti faoliyatining ixtisosligini va yoʻnalishini oʻzgartirish qatʼiyan taqiqlanadi.

4.5. Taraflar oʻzlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzilishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qoʻllaniladi deb belgilab qoʻyishga haqlidirlar.

4.6. Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

V. Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, yerlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish

davlat-xususiy sheriklik buyicha hisob-kitob qilish tartibi

 

5.1. Ajratilgan yer maydoni uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi oʻrmon fondi uchastkasining bir gektari uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdoridan kelib chiqib, ilovaga muvofiq hisoblanadi.

Qoʻmita Hayʼatining qaroriga muvofiq hududning yoki oʻrmon fondi uchastkasining likvidliligidan kelib chiqib, har yili qoʻshimcha ravishda pasaytiruvchi yoki oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllanilishi mumkin.

5.2. Ijara toʻlovi summasi toʻlov amalga oshirilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chikib hisoblanadi.

Ijara toʻlovi toʻliqligicha Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

5.3. Shartnomada kommunal va asosiy vositalardan foydalanish (ijaraga olish) toʻlovlari, shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida toʻlov nazarda tutiladi.

5.4. Ijara toʻlovi Xususiy sherik tomonidan:

-ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun muddat ichida joriy yil uchun 100 foiz;

-keyingi yillarda toʻlov har bir navbatdagi yilning 1-martigacha 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.

5.5. Ijara toʻlovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi har oyda quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:

50 foizi — Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasida qoladi;

50 foizi — davlat (ixtisoslashtirilgan) oʻrmon (oʻrmon-ov, milliy tabiat bogʻi) xoʻjaligining shaxsiy gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Ijara toʻlovi, penya va jarimalarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish davlat (ixtisoslashtirilgan) oʻrmon (oʻrmon-ov, milliy tabiat bogʻi) xoʻjaligi tomonidan amalga oshiriladi.

VI. Taraflarning huquqlari va majburiyatlari

 

6.1. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:

davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoringni har olti oyda bir marta amalga oshiradi, zarur hollarda navbatdan tashqari monitoring amalga oshirishi mumkin;

xususiy sherikdan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot soʻrab olish;

qonun hujjatlariga va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilish;

davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish;

shartnoma shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, shartnomaning sud tartibida bekor qilinishini talab qilish;

shartnomalarini oʻzgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur boʻlgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;

davlat sherigi qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi)ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

6.2. Davlat xususiy sherigi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va shartnoma talablariga rioya etish;

xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallanayotgan maydon bilan tanishib chiqish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash;

davlat mulki boʻlgan yer uchastkasini xususiy sherikka tasarruf qilish huquqisiz egalik qilish va (yoki) foydalanishga berish;

xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan DXSH obyektlarini mavjud imtiyozlardan foydalanishini taʼminlash;

vakolatli davlat organiga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarning koʻchirma nusxalarini, shu jumladan shartnomalarga doir ilovalarni, oʻzgartishlarni yoki qoʻshimchalarni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma yoxud tegishli oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar imzolangan sanadan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida taqdim etish;

shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishini taʼminlash;

tuzilgan shartnomalari boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart;

qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi) ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

6.3. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:

davlat sherigidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va erkin foydalaniladigan axborotni olishga;

davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritishga;

foyda olish va uni erkin tasarruf etishga;

shartnoma amal qiladigan muddatda faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan yer uchastkasiga, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) foydalanish;

davlat mulki boʻlgan yer maydonlarini tasaruf qilish huquqisiz egalik qilish va (yoki) foydalanishga;

davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli;

davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;

xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qoʻllash;

shartnoma va qonunlarda bilgilangan tartiblarda kadrlarni ishga qabul qilish;

xususiy sherik qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.

Hususiy sherik bo‘lgan tarafning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

6.4. Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

DXSH yer maydonlarini loyihalar va talablarga muvofiq kelishilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlanishi amalga oshiradi;

davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va shartnoma talablariga rioya etishi;

vaqtincha foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan berilgan maqsadga muvofiq foydalanish;

vaqtincha foydalanishga berilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalar qurmaslik;

vaqtincha foydalanishga berilgan yer uchastkasidagi mavjud tabiiy resurslar (tosh, shagʻal, qum, tuproq, tuz va boshqa)larni buzmaslik va sotmaslik;

irrigatsiya-melioratsiya shaxobchalarini soz holda saqlash;

zararkuranda va xashoratlarga qarshi kurashish;

vaqtincha foydalanishga berilgan yer uchastkasidan daraxtlarni saqlash va koʻpaytirish;

tuproq unumdorligini oshirish;

ijara haqqini oʻz vaqtida toʻlash;

davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olishi shart.

shartnomalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishlari;

tuzilgan shartnomalari boʻyicha zimmalariga olingan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.

qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.

Hususiy sherik bo‘lgan tarafning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

VII. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha majburiyatlar

 

7.1. Loyiha va biznes reja hujjatlarini ishlab chiqish uchun sarf xarajatlari Hususiy sherik tomonidan amalga oshiriladi.

VIII. Sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlar

8.1. Tomonlar xavf xatarlarni inobatga olgan holda, sugʻurtalashga zarurat boʻlsa, qonunchilikda belgilanga tartibda xususiy sherik hisobidan sugʻurtalanadi.

 

IX. Davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida xavf-xatarlarni taqsimlanishi

 

9.1. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni va qoʻshimcha xarajatlarni bajarmay qolish xavfi shu jumladan shartnoma boʻyicha belgilangan maydondagi mol-mulkni saqlash, mulkka (tabiatga) tasodifiy zarar yetkazishi xavfini qoplash xususiy sherik tomonidan amalga oshiriladi

9.2. Jiddiy zarar yetkazuvchi xavf xatarlar davlat sherigi tomonidan yoʻl qoʻyilsa davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarning oʻrni qoplanadi.

9.3. Taraflar oʻrtasida xavf-xatarlar quyidagi tartibda taqsimlanadi.

Davlat sherigi quyidagi xavf-xatarlarni oladi:

Yer ajratish yoki koʻchirish bilan bogʻliq xatarlar;

Suv bilan taʼminlashda avariya boʻlish holatlari;

Qurilish bilan bogʻliq xatar (aniq boʻlmagan, m-n: arxeologik topilma, xavfli hudud, yer osti tabiy qazilmalar, loyihani ishlab chiqishda kelib chiqadigan ekologik xatar va boshqalar;

Loyiha shartnomai tuzulganidan keyingi loyihaga davlat sherigi tarafidan kiritiladigan oʻzgarishlar;

Litsenzizya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi xatarlari;

Boshqa xavf-xatarlar.

Xususiy sherik quyidagi xavf-xatarlarni oladi:

Loyihaga tegishli xavf xatarlar;

Moliyaviy xatarlar;

Loyihaning sugʻurtasiga oid xatarlar;

Loyiha shartnomai tuzulganidan keyingi loyihaga kiritiladigan oʻzgarishlar (xususiy sherik tarafidan);

Operatsion xatarlar;

Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bogʻliq);

Operativ faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan xatarlar;

Boshqa xavf-xatarlar.

Taraflarning umumiy boʻlgan xavf-xatarlari:

Ishga tushirish bilan bogʻliq xatarlar;

Soliq bilan bogʻliq xaatarlar;

Tariflarning oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar;

Talab bilan bogʻliq xatarlar.

Boshqa xavf-xatarlar.

 

X. Shartnomaga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish tartibi

 

10.1. Agar qonun hujjatlarida yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu shartnomaga qonunchilik hujjatlarida va shartnomada belgilangan quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:

taraflarning oʻzaro roziligi bilan;

sudning hal qiluv qarori boʻyicha.

boshqa taraf davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani jiddiy ravishda buzgan taqdirda;

10.2. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani bajarish toʻliq yoki qisman bir tomonlama tarzda rad etilgan taqdirda, bunday rad etishga qonunda yoki mazkur shartnomada yoʻl qoʻyilsa, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilingan deb hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik” toʻgʻrisidagi qonunidan tashqari boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida davlat-xususiy sheriklik obyektiga investitsiya kiritish shartlari yomonlashtirsa, mazkur shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil mobaynida xususiy sherikka nisbatan shartnomani tuzish sanasida amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi.

Shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻisidagi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

10.3. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartishlar qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.

10.4. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:

taraflarning oʻzaro roziligi bilan;

xususiy sherik oʻrnatilgan tartibda sud tomonidan bankrot deb topilsa yoki uning ish faoliyati tugatilsa;

Xususiy yoki davlat sherigining talabi boʻyicha – oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;

10.5. Bir taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda koʻrsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.

10.6. Shartnoma amal qilish muddati tugagandan keyin toʻxtatiladi.

 

XI. Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi

 

11.1. Davlat-xususiy sheriklik shartnomai taraflari shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmaganda shartnomada va qonunlarda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.

XII. Shartnomai boʻyicha talabnomalar bildirish

 

12.1. Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan DXSH shartnomai tarafi mazkur huquq va manfaatlarni buzgan tarafga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir.

Talabnoma yozma shaklda bildiriladi.

talabnoma bildirgan tarafning va talabnoma bildirilayotgan tarafning nomi;

talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;

talabnoma bildirish uchun asos boʻlgan holatlar;

talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

arz qiluvchining talablari;

talabnoma summasi va uning hisob-kitobi;

Talabnoma DXSH shartnomai tarafining rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat tarzida boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda joʻnatiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.

12.2. Oʻziga talabnoma bildirilgan DXSH shartnomai tarafi talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat ichida unga javob qaytarishi shart.

Talabnomaga javob DXSH shartnomai tarafi rahbari yoki rahbarning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.

12.3. Taraf rad (qisman rad) javobini olgan taqdirda yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek DXSH shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham iqtisodiy sudga daʼvo arizasi berishi hamda sud qarorini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin. Mazkur arizalarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga koʻra belgilanadi.

XIII. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik

 

13.1. Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:

boshqa tarafga yetkazilgan zararni toʻlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida,ushbu “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunda, oʻzga qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha tarzda javobgar boʻladi.

13.2. Davlat-xususiy sheriklik shartnomai sharti boʻyicha taraflarning har biri olgan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bajarilmagan yoki kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi shartnoma boʻycha bajarilmagan majburiyati bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarish muddatlarini kechiktirib yuborish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.

XIV. Yetkazilgan zararni toʻlash

 

14.1. Neustoyka (jarima, penya) toʻlaganligidan qatʼi nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida oʻzi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.

XV. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning javobgarligi

 

15.1. Shartnoma majburiyatlari xoʻjalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsning aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, toʻlov intizomi buzilgan, xoʻjalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.

XVI. Davlat-xususiy sheriklik shartnomai obyektini

qaytarish talabi va tartibi

16.1. Davlat-xususiy sheriklik shartnomai muddati tugagandan soʻng xususiy sherik 5 kunlik muddat ichida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuzadi va tartibga rioya qilgan holda yer maydonlarini davlat sherigiga qaytaradi:

XVII. Nizolarni hal qilish tartibi

 

17.1. DXSH shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

17.2. Taraflar sud organlariga murojaat etishdan oldin ehtimoliy anglashilmovchiliklarni oʻzaro muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan koʻrib chiqish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.

 

XVIII. Yakuniy qoidalar

 

18.1. Davlat sherigi shartnoma boʻyicha yuzaga kelgan kamchiliklar, shuningdek loyihani amalga oshirishda ogʻishlar tufayli, agarda bunday ogʻishlar iqtisodiy asoslantirilgan va bajarish jadvalida yoʻl qoʻyilgan ortda qolishlarni oʻrnini toʻldirish va jarima sanksiyalarini toʻlash yuzasidan yozma kafolatlar mavjud boʻlgan hollarda, bekor qilinmasligini kafolatlaydi.

18.2. Oʻzining joylashgan manzili va rekvizitlarini oʻzgartirgan Taraflar boshqa Taraflarni oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.

18.3. Mazkur shartnoma Taraflar oʻrtasida 3 (uch) nusxada oʻzbek tilida, taraflarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi. Barcha nusxalar bir xil yuridik kuchga ega.

 

Taraflarning manzillari va bank rekvizitlari

 

“DAVLAT ShERIGI”

 

“XUSUSIY ShERIK”

“XOʻJALIK”

Manzil: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi) ning manzili

Hususiy sherik bo‘lgan tarafning nomi

Manzil: Hususiy sherik bo‘lgan tarafning manzili

Xo‘jalik nomi

Manzil: Xo‘jalik manzili

Bank: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi) tarafni hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank: Hususiy sherik bo‘lgan taraf hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank: Xo‘jalik hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi) ning hisob raqami

H/R: Hususiy sherik bo‘lgan taraf hisob raqami

H/R: Xo‘jalik hisob raqami

STIR: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi bo‘lgan) ning STIR raqami

STIR: Hususiy sherik bo‘lgan taraf STIR raqami

STIR: Xo‘jalik STIR raqami

Telefon: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi bo‘lgan) ning telefon raqami

Telefon: Hususiy sherik bo‘lgan taraf telefon raqami

Telefon: Xo‘jalik telefon raqami

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi) tarafdan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

Hususiy sherik bo‘lgan tarafning nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

Xo‘jalik nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

_________________

imzo

_________________

imzo

_________________

imzo

Yurist:O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (davlat sherigi bo‘lgan) yuristining F.I.Osi

Boʻlim boshligʻi:

Bo‘lim boshlig‘i F.I.O

______________

imzo

_________________

imzo

O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish bo‘yicha namunaviy shartnoma

Davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;

davlat o‘rmon fondi uchastkasi-davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ular davlat o‘rmon kadastrida ko‘rsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan yeriga, hukuqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi;

Shartnomaga asosan ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qo‘mita tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hisoblanadi.

Ijarachi esa ijaraga beruvchi bilan ushbu Nizomda belgilangan shartlarda va tartibda o‘rmon fondi uchastkasini (uning bir qismini) ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma (keyingi o‘rinlarda ijara shartnomasi deb ataladi) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berish bo‘yicha namunaviy shartnoma tayyorlangan bo‘lib, shartnomani  mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.