|
Tarif qiymati: Suv 1 m3 “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 ichimlik suvi uchun to‘lov miqdori soʻm |
Ulgurji isteʼmolchilarga (III guruh) suv tarqatish shaxobchalari (gusak)dan avtotransportlar orqali suv yetkazish boʻyicha Shartnoma raqami-son SHARTNOMA |
|
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma tuzilgan joy |
Ushbu shartnoma “Taʼminotchi” tarafning nomi suv taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida ish yurituvchi “Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, Isteʼmolchining manzili manzilida joylashgan xonadon egasi Isteʼmolchining F.I.Osi (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar haqida tuzildi. |
|
I. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ni maxaliy davlat xokimiyati idoralari tomonidan ichimlik suv bir km.ga xisoblangan naxda, belgilangan avtotrasport vositasida aniq muddatda va miqdorda ichimlik suvi bilan taʼminlaydi. Ichimlik suvini sutkasiga Bir sutkada yetkazib beriladigan ichimlik suvi limiti miqdori (1m3) m3 miqdorida, tarif qiymatida (QQS ni hisobga olgan holda) xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish-texnologik ehtiyojlarga ishlatiladi. 1.2. “Isteʼmolchi” oʻrnatilgan muddatlar ichida “Taʼminotchi”ga yetkazgan suv uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 1.3. Taraflar ushbu shartnomaning suv taʼminoti boʻyicha shartlarini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish Qoidalari”ga (keyinchalik matnda – Qoidalar deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 16 noyabdagi “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5241-sonli Farmoni, Ichimlik suvi uchun taʼrif belgilash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sana dagi Ichimlik suvi uchun taʼrif belgilash to‘g‘risidagi qarorning raqami -sonli qarorga muvofiq tarifga 1 m3 uchun Suv taʼminoti xizmatlari tariflariga isteʼmolchilar uchun belgilangan ustama xaq miqdori soʻm maxsus ustama haq joriy etilgan hamda “Taʼminotchi” tomonidan taqdim qilingan ichimlik ichimlik suv yetkazib berish uchun ruxsat etuvchi hujjatlarga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar. |
|
II. UMUMIY QOIDALAR 2.1. Ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi ichimlik suvi “Isteʼmolchi”larning xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari, yongʻinlarni oʻchirish, shuningdek, ichimlik suvi talab etiladigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun moʻljallangan. “Taʼminotchi”ning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlgan holatlarda, ixtisoslashgan isteʼmolchilarga ichimlik suvi markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan maxalliy davlat xokimiyat idoralari tomonidan bir km.ga hisolangan narxda, belgilangan avtotransport vositada aniq muddatda va miqdorda yetkazib beriladi. 2.2. Suv xovuzlarini rekonstruksiyasi, “Isteʼmolchi” tomonidan faqat loyiha asosida amalga oshirilishi mumkin. “Isteʼmolchi” buyurtmasiga asosan, amaldagi meʼyor, qoidalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida loyihalashtirish tashkiloti tomonidan xovuz qurish loyihasi ishlab chiqiladi. 2.3. Agar suv taʼminoti uchun narxlarda oʻzgarish vujudga kelsa, toʻlov yangi tariflar asosida amalga oshiriladi. 2.4. “Isteʼmolchi”dan limitdan ortiqcha suv taʼlab qilganda “Taʼminotchi” tomonidan belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash yoʻli bilan haq undiriladi. |
|
III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 3.1. Isteʼmolchining huquqlari: a) “Taʼminotchi”dan u bilan tuzilgan shartnoma asosida, ichimlik suv markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan maxalliy davlat xokimiyat idoralari tomonidan bir km.ga hisoblangan narxda, belgilangan avtotransport vositada aniq muddat va miqdorda amalga oshirilishini, oʻz hayoti va sogʻligʻiga, mulkiga xavf tugʻdirmaydigan darajadagi sifatli ichimlik suv berilishini talab qilish; b) tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv talablarini bajarmaganligi uchun “Taʼminotchi”dan qonunchilikda va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan miqdorda jarima (penya)lar toʻlashni talab qilish; v) “Taʼminotchi”ni shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv taʼminoti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; g) ichimlik suv taʼminoti uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar va maʼlumotnomani (shaxsan yoki oʻz vakili orqali) bepul olish; d) “Taʼminotchi”dan ichimlik suv taʼminoti hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, toʻlovlar tarifi va tartiblarining oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni bepul olish; ye) ichimlik suv taʼminoti koʻrsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida “Taʼminotchi”dan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish. 3.2. Isteʼmolchining majburiyatlari: a) shartnoma shartlarini bajarish; b) oʻzining hududida joylashgan va ularga tegishli boʻlgan ichimlik suv xovuzi qurilmalarinig muvofiq ravishda qoʻriqlanishini, ularga suv toshishi yoki shikastlanishiga, muzlab qolishiga yoʻl qoʻymaslik, quduq qopqoqlarini qor va muzdan tozalash, quduqlardan yuza oqovasi mavjudligini taʼminlash, yongʻinga qarshi oʻtish yoʻllarini bekitmaslik, yongʻinga qarshi xovuzdan suvni qulay olinishini nazorat qilish; v) “Isteʼmolchi” hududida yoki uning tasarrufidagi suv xovuzi, qurilmalarining ustiga turli buyum va materiallarning yigʻilishiga hamda suv qurilmalarining ustidan inshootlar qurilmaslik; g) “Taʼminotchi”ni oʻz vaqtida bank maʼlumotlari va yuridik manzilidagi oʻzgarishlar haqida xabardor qilish. 3.3. “Taʼminotchi”ning huquqlari: a) “Taʼminotchi” quyidagi hollarda, isteʼmolchini 5 kun avval xabardor qilgan holda, suv yetkazishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish huquqiga ega; b) “Isteʼmolchi” hududida joylashgan va uning tasarrufidagi suv tarkatish moslama va qurilmalarining texnik holati qoniqarsiz holatda boʻlsa va “Isteʼmolchi” texnik foydalanish qoidalarini buzish natijalarini “Taʼminotchi” vakillari talabiga koʻra bartaraf etmasa; v) “Isteʼmolchi” oʻrnatilgan muddatlarda toʻlov hujjatlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirmaganda; g) “Isteʼmolchi” tomonidan ichimlik suv taʼminoti shartlariga rioya qilinmaganda; d) energiya taʼminoti toʻxtatilganda; ye) tabiiy ofatlarda; yo) avariyalarda; j) yongʻin chiqqan yerlarga suv yetkazish hajmini oshirish zaruriyati tugʻilganda. 3.4. “Taʼminotchi”ning majburiyatlari: a) suv yetkazish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish; b) suv yetkazilishini belgilangan muddatda taʼminlash; v) “Isteʼmolchi”ga ushbu shartnomaning shartlarini bajarmagan hollarda, jarima penya toʻlovlarini amalga oshirish; g) suv yetkazish uchun xizmat haqi toʻlovlarining tariflari oshganda, ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yordamida isteʼmolchilarni xabardor qilish; d) ichimlik suv taʼminoti uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar va maʼlumotnomani “Isteʼmolchi”ga bepul berish. |
|
IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI 4.1. “Taʼminotchi” ushbu shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda kelib chiqqan zararni, “Isteʼmolchi” esa yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart. 4.2. “Isteʼmolchi” quyidagilar uchun javobgardir: a) qonunchilikda oʻrnatilgan boshqa hollarda; 4.3. “Taʼminotchi” quyidagi hollarda javobgardir: a) amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq, yetkazilgan suvning sifati va qonunchilikda va shartnoma shartlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda; b)“Isteʼmolchi”ning hayoti, salomatligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar, maʼnaviy zarar uchun qonunchilikda oʻrnatilgan tartib va miqdorda qoplash; v) shartnoma shartlari va yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik; g) qonunchilikda oʻrnatilgan boshqa hollarda. |
|
V. SUV TAʼMINOTI UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI 5.1. Ichimlik suv taʼminoti tizimidan yetkazilgan suvning hisobini hisoblash, amaldagi tariflar boʻyicha QQSni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. |
|
VI. ALOHIDA SHARTLAR 6.1. “Isteʼmolchi”ning suv yetkazish xoʻjaligidagi barcha oʻzgarishlar “Taʼminotchi” tomonidan “Isteʼmolchi”ning xati kelib tushgan kundan boshlab hisobga olinadi. 6.2. Ishlatilgan ichimlik suvi uchun toʻlovlar “Taʼminotchi” tomonidan taqdim etiladigan toʻlov talabnomalari asosida ularga xizmat qiluvchi banklar orqali amalga oshiriladi. Bu toʻlovlar “Isteʼmolchi” tomonidan 3 kun muddat ichida, aksepsiz tartibda amalga oshiriladi. Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, “Taʼminotchi” kechiktirilgan toʻlovning har bir kun uchun 0,4% penya yozadi va uning umumiy qiymati asosiy toʻlovning 50%dan oshmasligi lozim. 6.3. “Isteʼmolchi”ning hisob raqami boʻlmagan taqdirda, toʻlovlar bank boʻlimlarining kirim kassalari orqali, hisobot davridan keyingi 10 kun muddat ichida toʻlanadi. 6.4. “Taʼminotchi” toʻlovning har bir davri uchun, avvalgi oy toʻlovining 100% miqdorda oldindan toʻlovni belgilaydi va bu toʻlov keyingi oy hisobiga qoʻshiladi. Agarda “Isteʼmolchi” keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasa, “Taʼminotchi” hech qanday ogohlantirishlarsiz ichimlik suvini yetkazib berishni qarzlarni undirmagunga qadar toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega. Bunday hollarda yongʻindan saqlanish va sanitariya holatlari uchun javobgarlik toʻliq “Isteʼmolchi” zimmasiga yuklatiladi. 6.5. Hisob-kitoblarning notoʻgʻri qilinganligi (tariflarning notoʻgʻri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) toʻgʻrisida “Isteʼmolchi” yoziladigan eʼtiroznoma toʻlov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda “Taʼminotchi”ga taqdim etilishi kerak. Eʼtiroznoma “Isteʼmolchi”ni toʻlov xujjatida koʻrsatilgan summani toʻliq va belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi. |
|
VII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI 7.1. Taraflar oʻrtasida shartnoma yuzasidan kelib chiqqan nizolar, kelishuv yoʻli bilan hal qilinadi. Agarda ikki tomonlama kelishuvga erishilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida koʻriladi va bartaraf etiladi. 7.2. Ushbu shartnomada belgilanmagan holatlar yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, Qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. |
|
VIII. FORS – MAJOR 8.1. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita tasir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek, ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi. 8.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon 3 kun ichida boshqa tomonni fors-major holati boshlangan muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim. 8.3. Agar fors-major holatining shartnoma shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat toʻsqinlik qilsa, tomonlardan biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega. |
|
IX. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI 9.1. Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati boshlanadigan sanadan Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha muddatga tuzildi. 9.2 Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib ikki tarafda bir nusxadan saqlanadi. |
|
X. TARAFLARNING YURIDIK MANZILI: |
|
“Taʼminotchi” tarafning nomi |
Manzil: Isteʼmolchining manzili |
Manzil: “Taʼminotchi” tarafning manzili |
Pasport raqami: Isteʼmolchining pasport seriyasi va raqami |
Bank: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi |
Tugʻilgan sanasi: Isteʼmolchining tug‘ilgan sanasi |
H/R: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami |
Pasport qachon va kim tomonidan berilgan Isteʼmolchiga pasport qachon va kim tomonidan berilgan |
STIR: “Taʼminotchi” tarafning STIR raqami |
Telefon: Isteʼmolchining telefon raqami |
Telefon: “Taʼminotchi” tarafning telefon raqami |
Isteʼmolchining F.I.Osi |
“Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si |
|
_________________ imzo |
_________________ imzo |
Yuriskonsult: ____________________________(F.I.O) (imzo) |
Mazkur shartnomaga ko‘ra, ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi ichimlik suvi “Isteʼmolchi”larning xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari, yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek, ichimlik suvi talab etiladigan texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan.
“Taʼminotchi”ning texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lgan holatlarda, ixtisoslashgan isteʼmolchilarga ichimlik suvi markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan maxalliy davlat xokimiyat idoralari tomonidan bir km.ga hisolangan narxda, belgilangan avtotransport vositada aniq muddatda va miqdorda yetkazib beriladi.