O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kafillik shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • туман, шаҳар
Kreditor to‘g‘risida maʼlumot
  • Izoh: Masalan DT “Xalq banki”
  • Izoh: boshqaruvchi A.Aliyev, direktor Sh.Ikromov
Kafil to‘g‘risida maʼlumot
  • Izoh: Masalan “Omad” MCHJ
  • Izoh: rais A.Aliyev, direktor Sh.Ikromov
Qarzdor to‘g‘risida maʼlumot
  • Izoh: Masalan “Omad” MCHJ
  • Izoh: rais A.Aliyev, direktor Sh.Ikromov
Shartnoma mazmuni
  • (Izoh: qonunchilikka ko‘ra penya miqdori 0.5 foizdan oshmasligi lozim)

Yuklab oling

KAFILLIK SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Bundan buyon matnda “Kreditor” deb yuritiluvchi Kreditor (bank) nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan ishonchnoma asosida ish yurituvchi Kreditor (bank) nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh bir tomondan va bundan buyon matnda “Kafil” deb yuritiluvchi Kafil tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Nizom asosida ish yurituvchi Kafil nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh ikkinchi tomondan, hamda bundan buyon matnda “Qarzdor” deb yuritiluvchi Qarzdor tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Nizom asosida ish yurituvchi Qarzdor nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh uchinchi tomondan quyidagilar haqida ushbu shartnomani imzoladilar.

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq Kafil Kreditor va Qarzdor oʻrtasida Kreditor va qarzdor o‘rtasida shartnoma tuzilgan sana kuni tuzilgan Kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami-son Kredit shartnomasi boʻyicha Qarzdorning barcha majburiyatlari, shuningdek kelgusida vujudga kelishi mumkin majburiyatlari boʻyicha Kreditor oldida javob berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 

2. KAFILLIK BILAN TAʼMINLANGAN MAJBURIYATLAR

2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar asosi boʻlib, Kreditor va Qarzdor oʻrtasida Kreditor va qarzdor o‘rtasida shartnoma tuzilgan sana kuni quyidagi shartlar asosida tuzilgan Kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami-son Kredit shartnomasi hisoblanadi:

-Kredit maqsadi: Kredit shartnomasiga ko‘ra kredit maqsadi.

-Kredit summasi Kredit summasi.

-Kredit muddati Kredit muddati.

-Kredit boʻyicha foiz stavkasi Kredit bo‘yicha foiz stavkasi.

-Kredit boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish muddatlari Kredit bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish muddatlari .

-Foizlarni soʻndirish muddatlari Foizlarni so‘ndirish muddatlari.

-Boshqa shartlari Kredit shartnomasining boshqa shartlari.

 

2.2. Kafil Kreditor oldida Kredit shartnomasi boʻyicha asosiy qarz va foizlarni toʻlash, qarzni undirib olish boʻyicha sud xarajatlarini va qarzdor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli neustoyka va Kreditor koʻrgan boshqa zararlarni toʻlash yuzasidan Qarzdor bilan baravar xajmda (solidar) javob beradi.

 

3. KAFILNING MAJBURIYATLARI

 

Kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar Qarzdor tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, Kreditorning birinchi talabiga asosan, kredit toʻlovlarini, kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni Kredit shartnomasidagi qarzdorning majburiyatlari bilan belgilangan muddat va miqdorda toʻlash.

Kreditor tomonidan qoʻyilgan majburiyatlarini bajarish toʻgʻrisidagi talab Qarzdor tomonidan bajarilmasa, Kafil Kredit shartnomasi boʻyicha talablarni qondirish uchun yetarli boʻladigan summani, keyinchalik Kreditor koʻrsatgan hisobvaraqqa oʻtkazish uchun, oʻzining barcha hisobvaraqlaridan undirib berish toʻgʻrisida oʻzining bankiga soʻzsiz va chakirib olinmaydigan talabni qoʻyish huquqini (akseptsiz) Kreditorga beradi.

4. KREDITORNING MAJBURIYATLARI

 

4.2. Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish maqsadida Kreditor qarzdorlikni soʻndirish zarurligi va kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida Kafilni xabardor qiladi. Qarzdorlik toʻgʻrisidagi xabarnoma asosiy qarz summasi, hisoblangan foizlar, neustoyka va boshqa toʻlovlar (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatilgan holda qarzdorlik miqdori toʻgʻrisida kafil uchun qisqacha axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Kreditor tomonidan Xabarnomani qoʻlga topshirish hamda u haqida telefon vositalari orqali ogʻzaki eslatmalar yuborishi lozim.

 

 

5. QARZDORNING MAJBURIYATLARI

 

5.1. Kafillik bilan taʼminlangan majburiyat bajarilganligi haqida Kafilni darhol xabardor qilishi;

5.2. Agar Kredit shartnomasida belgilangan toʻlov muddati kelganda, Qarzdor Kreditorga kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni toʻlamasa, Qarzdor bu haqda oʻz vaqtida Kafilga toʻlovning kechiktirilgani toʻgʻrisida xabar berishi lozim.

 

 

6. SHARTNOMANI BAJARISH TARTIBI

 

6.1. Kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar Qarzdor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, Kreditor Kredit shartnomasi boʻyicha oʻzining talablarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan tegishli pul mablagʻlarini Kafilning hisobvaragʻidan ushbu shartnomaning 3.2-bandiga asosan akseptsiz tartibda undirib olishga haqli.

6.2. Kredit shartnomasi boʻyicha Qarzdorning majburiyatlarini bajargan Kafilga Kreditorning ushbu majburiyat boʻyicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida Kreditorga tegishli boʻlgan huquqlar Kafil Kreditorning talabini qancha xajmda qanoatlantirgan boʻlsa, shuncha xajmda oʻtadi.

6.3. Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Kafil Kreditorga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlovning Kafil to‘lovlarni amalga oshirmagan har bir kun uchun kreditorga kechiktirilgan to‘lovning necha foizi miqdorida penya to‘laydi foizi miqdorida, lekin talab summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.

Penya toʻlanishi Kafilni mazkur shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.

 

7. QOʻSHIMCHA SHARTLAR

 

7.2. Mazkur shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish taraflarning roziligi bilan qoʻshimcha Kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ushbu bilan Kafil Kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oldindan oʻz roziligini beradi va qarzdorning Kredit shartnomasiga kiritiladigan mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan vujudga keladigan majburiyatlari boʻyicha solidar javob berish majburiyatini oladi.

7.3. Kafil kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni Kreditor tomonidan Banklararo kredit byurosiga berilishiga oʻz roziligini beradi.

7.4. Mazkur shartnoma taraflar imzolanganidan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.

7.5. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

7.6. Mazkur shartnoma va uning ilovasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Kreditorda, ikkinchi nusxasi Kafilda, uchinchi nusxasi Qarzdorda saqlanadi.

 

8. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

8.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

8.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

8.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

 

 

 

TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

 

“Kreditor”

Kreditor (bank) nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Kreditorning yuridik manzili

H/R: Kreditorning hisob raqami

STIR Kreditorning STIR raqami

Kreditor (bank) nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh

__________________________

(imzo)

“Kafil”

Kafil tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Kafilning manzili

H/R: Kafilning hisob raqami

STIR Kafilning STIR raqami

Kafil nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh

_______________________

(imzo)

“Qarzdor”

Qarzdor tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Qarzdorning yuridik manzili

H/R Qarzdorning hisob raqami

STIR Qarzdorning STIR raqami

Qarzdor nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh

________________________

(imzo)

 

M.Oʻ. M.Oʻ.(agar mavjud boʻlsa) M.Oʻ. (agar mavjud boʻlsa)

 

 

 

 

 

Kafillik shartnomasi

Qonunchilikka ko‘ra, kafillik bu uchinchi shaxsning boshqa shaxs kreditori oldidagi mazkur shaxsning kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlari bo‘yicha to‘la yoki qisman javobgar bo‘lish majburiyatidir.

Kafillik shartnomasi boshqa shaxsning kreditori va kafil o‘rtasida tuziladi, kafillik shartnomasi bo‘yicha majburiyatning mazmuni qarzdor asosiy majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda kafilning qarzdor bilan birga kreditor oldida javob berish majburiyati hisoblanadi.

Kafillik alohida shartnoma bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek kafillik to‘g‘risidagi shartlar ular bilan qaysi shartnoma majburiyatlari taʼminlanayotgan bo‘lsa, shu shartnomaga kiritilishi mumkin. Bunday holda shartnoma kreditor, qarzdor va kafil tomonidan imzolanadi.