O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Garov shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman, shahar)
Garovga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot
  • Izoh: Masalan DT “Xalq banki”
  • Izoh: boshqaruvchi A.Aliyev, direktor Sh.Ikromov
Shartnoma mazmuni
Garovga qo‘yuvchi to‘g‘risida maʼlumot
  • Izoh: Masalan “Omad” MCHJ
  • Izoh: masalan rais A.Aliyev, direktor Sh.Ikromov

Yuklab oling

GAROV SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Bundan buyon matnda “Garovga oluvchi” deb yuritiluvchi Garovga oluvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan ishonchnoma asosida ish yurituvchi Garovga oluvchi nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh bir tomondan va bundan buyon matnda “Garovga qoʻyuvchi” deb yuritiluvchi Garovga qo‘yuvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Nizom asosida ish yurituvchi Garovga qo‘yuvchi nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh.i ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Ushbu shartnomaga asosan Garovga oluvchi, qarzdorning Kreditor va qarzdor o‘rtasida shartnoma tuzilgan sana kunidagi Kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami-son Kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorning majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, oʻz talablarini garovga qoʻyilgan omonat hisobidan Garovga qoʻyuvchining boshqa kreditorlariga nisbatan imtiyozli suratda qanoatlantirishga haqli boʻladi.

2. GAROV BILAN TAʼMINLANGAN MAJBURIYAT

 

2.1. Ushbu shartnomaga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatlar asosi boʻlib Garovga qoʻyuvchi va Garovga oluvchi oʻrtasida quyidagi shartlarda tuzilgan Kreditor va qarzdor o‘rtasida shartnoma tuzilgan sana kunidagi Kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami-sonli Kredit shartnomasi (keyinchalik matnda – “Kredit shartnomasi”) hisoblanadi:

-Kreditning umumiy miqdori Kreditning umumiy summasi.

-Kreditni qaytarish muddati Kreditni qaytarish muddati.

-Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar Kredit bo‘yicha foiz stavkasi.

2.2. Mazkur shartnomaga koʻra garov ajratilgan kreditning toʻliq summasini, kreditga hisoblanadigan foizlarni, qarzdr tomonidan olingan majburiyatlarning bajarilmasligi oqibatida hisoblanadigan neustoyka hamda undiruv xarajatlari qoplanishini taʼminlaydi.

3. GAROV NARSASI

 

3.1. Ushbu shartnoma boʻyicha garov narsasi boʻlib Garovga qoʻyuvchining bankdagi omonati hisoblanadi.

3.2. Omonat miqdori Garov narsasi sifatida bankka qo‘yilgan omonat miqdorini tashkil etadi.

3.3. Garov huquqi koʻrsatib oʻtilgan omonat boʻyicha hisoblangan foizlarga ham tadbiq etiladi.

3.4. Omonatni qaytarish Kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan keyin amalga oshiriladi.

 

4. GAROVGA QOʻYUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

4.1. Garovga qoʻyuvchining huquqlari:

4.1.1. Omonatdagi pul mablagʻlarini faqatgina Garovga oluvchining ruxsati bilan tasarruf etish;

4.1.2. Garovga qoʻyuvchi Kredit shartnomasi boʻyicha garovda turgan oʻzining omonatidagi mablagʻlarini Kredit shartnomasi davrining hohlagan vaqtida omonatning muddatidan qatʼi nazar, Kredit shartnomasi boʻyicha kreditni toʻliq yoki qisman qaytarish uchun yoʻnaltirish;

4.1.3. Garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyatni muddatidan oldin belgilangan tartibda bajarish.

4.2. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari:

4.2.1. Garovga oluvchidan garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni muddatidan avval bajarilishni talab qilish va undiruvni garovdagi pul mablagʻlariga qaratish huquqi vujudga kelganida Garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish;

4.2.2. Garovga qoʻyilgan omonatga boʻlgan huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechmaslik;

4.2.3. Garov huquqini bekor boʻlishi yoki uning qiymatini kamayishiga sabab boʻluvchi harakatlarni qilmaslik.

5. GAROVGA OLUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

5.1 Garovga oluvchining huquqlari:

5.1.1. Garov bilan taʼminlangan majburiyat Garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov summasiga qaratish;

5.1.2. Garovdagi omonatni kredit shartnomasi boʻyicha bajarilmagan majburiyatga mutanosib qismini majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish.

5.1.3. Qonunchilik hujjatlarida va Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mazkur shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlar Garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilmaganda, garov bilan taʼminlangan majburiyat (kredit va foizlarni muddatidan oldin qoplash)ning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish.

5.2. Garovga oluvchining majburiyatlari:

5.2.1. Omonat bilan taʼminlangan kreditning bir qismi soʻndirilganda, soʻndirilgan kreditga mos ravishda garovdagi omonat summasinining maʼlum qismini ishlatilishiga toʻsqinlik qilmaslik;

5.2.2. Omonatdan kredit shartnomasi boʻyicha toʻlanmagan qarzdorliklarni soʻndirish uchun Garovga qoʻyuvchining topshirigʻisiz mablagʻ hisobdan chiqarilganda, ushbu mablagʻ hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda Garovga qoʻyuvchiga qancha miqdordagi mablagʻ hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.

 

6.TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

6.1. Taraflar ushbu shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

 

7. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

7.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

7.2. shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

 

8. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

 

8.1. Garovga qoʻyilgan omonatga undiruv Garovga oluvchining talabiga asosan sudga murojaat qilmasdan amalga oshiriladi.

8.2. Omonat Garov narsasi sifatida qo‘yiladigan omonat qaysi bankka qo‘yiladida saqlanadi.

Mazkur shartnomaga asosan navbatdagi garov taʼqiqlanadi. Garov narsasini almashtirishga Garovga oluvchining yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

8.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda tuzilib, taraflarning vakolatli vakillari imzolaganidan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

8.4. Ushbu shartnomada koʻzda tutilmagan hollarda taraflar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya qiladilar.

8.6 Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikkita nusxada tuzilib, tomonlarning har biriga bir nusxadan beriladi.

8.7. Ushbu shartnoma har ikkala taraflar imzolagandan soʻng kuchga kiradi.

 

9. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

“Garovga oluvchi”

Garovga oluvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Garovga oluvchining yuridik manzili

H/r:Garovga oluvchining hisob raqami

STIR:Garovga oluvchining STIR raqami

Garovga oluvchi nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh

___________________________

(imzo, muhr)

 

“Garovga qoʻyuvchi”

Garovga qo‘yuvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Garovga qo‘yuvchining yuridik manzili

H/r:Garovga qo‘yuvchining hisob raqami

STIR: Garovga qo‘yuvchining STIR raqami

Garovga qo‘yuvchi nomidan ish olib borishga vakolat berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh.i

___________________________

(imzo, muhr)

 

Garov shartnomasi

Qonunchilikka ko‘ra garov bu bir shaxsning boshqa shaxsga o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi tushuniladi.

Garov shartnomasida tomonlarning nomi, joylashgan manzili (istiqomat joyi), garov turi, garov bilan taʼminlangan talabning mohiyati, uning miqdori, majburiyatni ijro etish muddatlari, garovdagi mol-mulkning ro‘yxati, qiymati va turgan joyi, shuningdek tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.