O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Qarz oluvchi
Kreditor
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Muddat oylar bilan hisoblanadi
  • Izoh: Muddat oylar bilan hisoblanadi
  • Izoh: Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar differensial yoki annuitet usulda to‘lanadi
  • Izoh: Kafolat, kafillik va garov kredit qaytarilishini taʼminlash usuli hisoblanadi
  • Izoh: Muddat kunlar bilan hisoblanadi
  • Izoh: Muddat kunlar bilan hisoblanadi
  • Izoh: Qonunchilikka ko‘ra penyaning kunlik miqdori to‘lanmagan summaning 0,5 foizidan oshmasligi lozim

Yuklab oling

KREDIT SHARTNOMASI

(Jismoniy shaxslar uchun )

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Kreditor bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli banki nomidan Kreditor bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sanadagi № Bank boshqaruvchisiga berilgan ishonchnoma raqami-sonli ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda – “Kreditor”) bir tomondan, Qarz oluvchining manzili manzilida yashovchi fuqaro Qarz oluvchining F.I.Osi,(keyinchalik matnda – “Qarz oluvchi”) ikkinchi tarafdan (birgalikda “Tomonlar” deb nomlanadi) ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

SHARTNOMA PREDMETI

Kreditor Qarz oluvchiga mazkur shartnomada koʻrsatib oʻtilgan miqdorda va shartlar asosida kredit berish majburiyatini, Qarz oluvchi esa oʻz navbatida olingan kreditni belgilangan muddatda qaytarish va undan foydalanganligi uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.

KREDITNING SHARTLARI

Kredit summasi Kredit summasi soʻm.

Kreditdan foydalanish muddati Kreditdan foydalanish muddati oy (shu jumladan imtiyozli davr Kredit bo‘yicha berilgan imtiyozli muddat oy).

Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar ushbu shartnomaning ilovasida koʻrsatilgan jadvalga asosan Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lash usuli usulida toʻlanadi.

Kredit boʻyicha foiz stavkasi yillik Kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasi .

Kreditning maqsadi: Kredit maqsadii

Kredit obyekti: Kredit obyekti

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

Kreditorning majburiyatlari:

Qarz oluvchiga ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan miqdordagi kredit mablagʻini, shartnomaning 2.6-bandida belgilangan maqsadda foydalanish uchun Kreditor necha kun ichida kreditni ajratishi lozim ish kunida ajratish;

Kreditdan foydalanish hisobini yuritish, kredit boʻyicha qarzni qaytarish va foizlarni hisoblash maqsadida ssuda hisobvaragʻini ochish;

Qarz oluvchini Kreditor tomonidan kreditni muddatidan oldin undirish sabablari haqida xabardor qilish.

Qarz oluvchining majburiyatlari:

Kreditni va u boʻyicha hisoblangan foizlarni mazkur shartnoma va uning ilovasida belgilangan muddatlarda va miqdorda toʻliq qaytarish;

Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida tegishli tarzda rasmiylashtirilgan Kredit qaytarilishini taʼminlashning qanday usuli qo‘llanadi taqdim etish.

Kreditdan foydalanish davrida kreditlashning qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillariga rioya qilish;

Kreditor xodimlarini maqsadli tekshirishlari uchun sharoit yaratish. Maqsadli tekshirishlarni oʻtkazish muddati Kreditor tomonidan belgilanadi.

TOMONLARNING HUQUQLARI

Kreditorning huquqlari:

Kredit shartnomasi imzolangunga qadar kredit yigʻma jildini tahlil qilish.

Qarz oluvchi kreditni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, taqdim etilgan kreditni qaytarilishiga taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlarning haqiqiy emasligi shartnoma imzolangandan keyin aniqlanganda hamda Qarz oluvchi tomonidan Kreditorning ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlari kuchga kirgan vaqtdan boshlab 1 oydan koʻp muddat davomida kreditdan foydalanilmaganda (yoki toʻlov hujjatlarini taqdim etmaslik) ushbu shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortish.

Quyidagi hollarda Qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni toʻxtatish va foizlarni hamda kredit boʻyicha asosiy qarzni muddatidan oldin, jumladan undiruvni kredit taʼminotiga qaratish orqali undirish:

-kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda;

- kreditni qaytarish jadvalida belgilangan miqdor hamda muddatlarni Qarz oluvchi asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish muddatini qancha kunga buzganda kreditor asosiy qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilish huquqiga ega buzgan holda asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmaganda;

-Kreditorning monitoring oʻtkazishiga toʻsqinlik qilganda;

-Qarz oluvchi tomonidan Kreditorga kredit hujjatlari rasmiylashtirilayotganda taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqiy emasligi aniqlanganda;

-ajratilgan kredit qaytarilishining taʼminoti toʻliq yoki qisman oʻz qiymatini yoʻqotganda yoki taʼminot haqiqiy emas deb topilganda;

-kredit qaytarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganda;

-mazkur shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnoma (garov, kafolat, sugʻurta va b.) shartlari bajarilmaganda yoki buzilganda.

Bunday hollarda Kreditor Kreditor asosiy qarzni muddatidan oldin undirish to‘g‘risidagi qarori to‘g‘risida Qarz oluvchiga qancha muddat oldin xabar berishi lozim kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida Qarz oluvchini xabardor qiladi.

Bevosita Qarz oluvchi joylashgan yerda maqsadli tekshirishlarni amalga oshirish.

Qarz oluvchining kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni Kredit axborot tahliliy markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga taqdim etish.

Qarz oluvchining huquqlari:

Kredit mablagʻlari ajratilguniga qadar kredit olishdan bepul asosda voz kechish.

Kredit mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarish.

Kredit qarzorliklari boʻyicha Kreditor maʼlumotlar olish.

Kreditlash va hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Kreditorning ichki meʼyoriy hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar olish.

HISOB-KITOBLAR TARTIBI

Kreditor kreditni mazkur shartnomada koʻrsatilgan shartlar asosida Qarz oluvchining talab qilib olingunicha hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratadi.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar har kuni Kreditor tomonidan hisoblab boriladi.

Qarz oluvchi tomonidan kredit va foizlarni qoplash uchun amalga oshirilgan toʻlovlar quyidagi navbatda kreditni soʻndirishga yoʻnaltiriladi:

-neustoyka;

-muddati oʻtgan kredit foizi;

-muddati oʻtgan kredit boʻyicha asosiy qarz;

-muddatli kredit foizi;

-muddatli kredit boʻyicha asosiy qarz.

KREDIT QAYTARILISHINING TAʼMINOTI VA UNI RASMIYLASHTIRISH

Mazkur shartnoma asosida ajratilgan kredit Kredit qaytarilishini taʼminlashning qanday usuli qoʻllanadi bilan taʼminlanadi.

Kreditor Qarz oluvchidan kredit qaytarilishi uchun qoʻshimcha taʼminot talab qilish huquqiga ega.

Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishi uchun turli taʼminot turlari qabul qilinishi mumkin.

Undiruvni taʼminot predmetiga qaratishga toʻgʻri kelganda, Kreditor oʻz xohishi bilan undiruvni taʼminotning xohlagan bir turiga yoki hammasiga qaratishga haqli.

Kredit boʻyicha majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq barcha harajatlar Qarz oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Qarz oluvchi kredit taʼminotini kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqdorda ushlab turish majburiyatini oladi.

Kreditor ushbu shartnoma boʻyicha majburiyati kredit olish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlar, xususan kredit qaytarilishining taʼminlanishini belgilovchi hujjatlar belgilangan tartibda toʻliq rasmiylashtirilgandan va ular olingandan soʻng taʼminlaydi.

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati oʻtgan kredit), Qarz oluvchi Kreditorga butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda qarz oluvchi shartnomada belgilangan foiz stavkasining qanchasi miqdorida foiz to‘laydi miqdorida foiz toʻlaydi.

Mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Kreditor qarz oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Muddatida to‘lanmagan foizlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan penya miqdori foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 % dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.

Tomonlarning foiz yoki penyalar toʻlashi shartnoma shartlarini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Mazkur shartnomada belgilanmagan holatlar uchun javobgarliklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

8.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

8.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

FORS-MAJOR HOLATLAR

Agar shartnoma imzolangandan soʻng, Tomonlarning erki va istagiga bogʻliq boʻlmagan hamda oldindan koʻra bilib yoki oldini olib boʻlmaydigan, favqulodda vaziyatlar oqibatidagi yengib boʻlmas kuch tufayli Tomonlar mazkur Shartnoma boʻyicha olgan majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajara olmasalar (fors-major), buning uchun ular javobgar boʻlmaydilar.

Taraflar fors-major holatlari vujudga kelganligi va tugaganligi haqida imkon qadar zudlik bilan yozma ravishda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.

Fors-major holatiga asoslanayotgan Tomon, vakolatli davlat idorasining bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi shart.

BOSHQA SHARTLAR

10.1 Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Kreditorda, ikkinchi nusxasi Qarz oluvchida saqlanadi.

10.2. Ushbu shartnoma Tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻladi.

10.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, Tomonlar yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

10.4. Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishida Qarz oluvchi kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni toʻliq qaytarishi toʻlashi shart.

10.5. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

TOMONLARNING REKVIZITLARI

Qarz oluvchi

Kreditor

Qarz oluvchining tug‘ilgan sanasikuni tugʻilgan

Kreditor bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Qarz oluvchining manziliBank manzili

Pasport: Qarz oluvchiga pasport berilgan sanai

H/r: Bank hisob raqami

Qarz oluvchining pasport seriyasi va raqami

STIR: Bank STIR raqami

Qarz oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan berilgan

Tel: Bankning telefon raqami

STIR: Qarz oluvchining STIR raqami

Bank boshqaruvchisining F.I.O.si

Tel: Qarz oluvchining telefon raqami

_______________

(Imzo, muhr)

Qarz oluvchining F.I.Osi

______________________

imzo

Jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasi

Kredit shartnomasi bo‘yicha bir tomon – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (qarz beruvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdor va shartlar bo‘yicha boshqa tomonga (qarz oluvchiga) mablag‘ (kredit) berishni va qarz oluvchi olingan pul miqdorini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kredit shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.