O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Pul talabnomasidan voz kechish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Mijoz bo‘yicha maʼlumotlar
Moliya agenti bo‘yicha maʼlumotlar
Shartnoma mavzusi
  • (izoh, foizlar, neustoyka va x.k)
  • (hisobvarag‘i, Bank kodi, STIR, OKONX)

Yuklab oling

PUL TALABNOMASIDAN VOZ KECHISH EVAZIGA

MOLIYALASH (FAKTORING) SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami-sonli

Shartnoma tuzilgan joy

 

Bundan buyon matnda “Moliya agenti” deb yuritiluvchi Moliya agentining nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ishonchnoma asosida ish yurituvchi Moliya agenti filialining nomi filiali boshqaruvchisi Moliya agenti filialining boshqaruvchisining F.I.O.si bir tomondan, hamda bundan buyon matnda “Mijoz” deb yuritiluvchi Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida ish yurituvchi Mijoz bo‘lgan tashkilot vakili F.I.Osi ikkinchi tomondan quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:

 

1. Shartnoma predmeti

1.1. Mijoz va Qarzdor tashkilotning nomi oʻrtasida Qarzdor bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma sanasida tuzilgan Qarzdor bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami-sonli Qarzdor bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnonomaning nomi shartnoma boʻyicha Qarzdor tomonidan akseptlangan toʻlovni talab qilish huquqini (qarzdorni yozma ravishda ogoxlantirgan holda) Moliya agentiga beradi.

Talab qilish huquqinining Moliya agentiga oʻtishi natijasida Moliya agenti mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan shartnoma boʻyicha Mijoz-kreditorning oʻrnini egallaydi va toʻlovchidan toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega boʻladi.

1.2. Moliya agentiga beriladigan toʻlovni talab qilish huquqi shartlari:

1.2.1. Pul talabnomasi umumiy summasi Pul talabnomasi bo‘yicha umumiy summa miqdori jumladan Pul talabnomasi bo‘yicha asosiy qarz miqdori asosiy qarz.

1.2.2. Qarzdor (toʻlovchi): Qarzdor tashkilotning nomi

Yuridik manzili: Qarzdor tashkilotning manzili

Toʻlov rekvizitlari: Qarzdorning to‘lov rekvizitlari

1.2.3. Toʻlov muddati: Qarzdorlik bo‘yicha to‘lov muddati.

1.2.4. Ushbu shartnoma tuzilish paytida Mijoz mazkur shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlarini toʻliq bajargan.

1.2.5. Mijoz va Qarzdor (toʻlovchi) oʻrtasida toʻlovni talab qilish huquqini uchinchi shaxslarga oʻtkazishni taʼqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi kelishuv mavjud emas.

2. Mijozning Moliya agenti oldidagi javobgarligi

2.1. Mijoz mazkur shartnomaning predmeti boʻlgan pul talab qilish huquqining haqiqiyligi yuzasidan Moliya agenti oldida javobgardir.

2.2. Moliya agenti Mijoz va Qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yuzasidan javobgar boʻlmaydi.

3. Taraflarning Qarzdor oldidagi majburiyatlari

3.1. Mijoz mazkur shartnoma imzolangandan soʻng Mijoz mazkur shartnoma imzolangandan so‘ng necha kun ichida Qarzdorni ushbu shartnoma imzolangani haqida xabardor qilishi lozim kun ichida Qarzdorni pul talab qilish huquqini Moliya agentiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda, ijro etilishi lozim boʻlgan pul talabnomasi va Moliya agenti haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda xabardor qilishi lozim.

3.2. Moliya agenti oqilona muddatda pul talabnomasi unga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Qarzdorga taqdim etishi shart.

3.3. Qarzdor tomonidan Moliya agentiga majburiyatlarning bajarilishi Qarzdorni Mijoz oldidagi majburiyatlardan ozod qiladi.

4. Moliya agentining qarzdor tomonidan toʻlab berilgan pul mablagʻlariga boʻlgan huquqi.

4.1. Moliya agenti Qarzdor tomonidan mazkur shartnomaga asosan toʻlab berilgan pul mablagʻlarining barchasini olish huquqini qoʻlga kiritadi.

5. Shartnomani ijro etish tartibi

5.1. Mijoz mazkur shartnoma tuzish paytida Moliya agentiga u qoʻlga kiritgan huquqni amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

5.1.1.Qarzdor bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma sanasidagi Qarzdor bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqami-son Qarzdor bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnonomaning nomi shartnoma.

5.1.2. Qarzdor bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasining tuzilgan sanasidagi Qarzdor bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasining tuzilgan raqami-son Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.

5.2. Mazkur shartnoma boʻyicha Moliya agenti va Qarzdor oʻrtasidagi hisob kitoblar ushbu shartnomaning 1.1- bandida koʻrsatilgan shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

6. Shartnoma bahosi va xisob-kitoblar tartibi

6.1. Shartnoma imzolangandan soʻng Pul mablag‘larini Mijozning xisobvarag‘iga o‘tkazib berish muddati kun muddat ichida pul talabnomasi hisobiga Moliya agenti mazkur shartnomaning 1.2.1- bandida koʻrsatilgan summaning Talabnomaga asosan pul mablag‘larining necha foizi Mijozning xisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi foizi, yaʼni Talabnomaga asosan Mijozning xisobvarag‘iga o‘tkazib beriladigan summaning miqdori sum pul mablagʻlarini Mijozning xisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

6.2. Moliya agenti tomonidan Mijoz hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan summa bilan mazkur shartnomaning 1.2.1-bandida koʻrsatilgan pul talabnomasi oʻrtasidagi farq, yaʼni pul talabnomasi summasining Pul talabnomasining necha foizi shartnoma bo‘yicha Moliya agentining ish haqi (diskont) hisoblanadifoizi, yaʼni Pul talabnomasining necha so‘m shartnoma bo‘yicha Moliya agentining ish haqi (diskont) hisoblanadi soʻm pul mablagʻlari diskont (Shartnoma boʻyicha Moliya agenti haqi) hisoblanadi.

7. Shartnoma muddati, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi

7.1. Shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan kungacha amal qiladi.

7.2. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan va muhr bilan tasdiqlangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

7.3. Qarzdor akseptni qisman yoki toʻliq rad etgan taqdirda, Moliya agenti Mijozni ogoxlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli boʻladi. Ushbu xolatda Mijoz Moliya agenti tomonidan mazkur shartnomaga asosan oʻtkazib berilgan pul mablagʻlarining qarzdor tomonidan aksepttlanmagan miqdorini Moliya agentiga qaytaradi.

8. Boshqa shartlar

8.1. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

8.2. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun taraflar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan javobgar boʻladi.

8.3. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Bankda, ikkinchi nusxasi Mijozda saqlanadi.

9. Tomonlarning yuridik rekvizitlari:

Moliya agenti:

Mijoz:

Moliya agentining nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Moliya agenti filialining manzili

Mijoz tashkilotning manzili

H/r: Moliya agenti filialining hisob raqami

STIR: Moliya agenti filialining STIR raqami

H/r: Mijoz tashkilotning hisob raqami

Tel: Moliya agenti filialining telefon raqami

STIR: Mijoz tashkilotninrg STIR raqami

Moliya agenti filialining boshqaruvchisining F.I.O.si

Tel: Mijoz tashkilotning telefon raqami

_____________

Imzo, muhr

El.pochta: Mijozning elektron pochtasi

Mijoz bo‘lgan tashkilot vakili F.I.Osi

_____________

Imzo, muhr

Pul talabnomasidan voz kechish shartnomasi

Qonunchilikka ko‘ra, faktoring bu boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish hisoblanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, mijoz bilan uning qarzdori o‘rtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv bo‘lgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pul talabnomasidan voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.