O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kredit shartnomasi yuridik shaxs uchun

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Qarz oluvchi
Kreditor
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Muddat oylar bilan hisoblanadi
  • Izoh: Muddat oylar bilan hisoblanadi
  • Izoh: Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar differensial yoki annuitet usulda to‘lanadi
  • Izoh: Masalan kafolat, kafillik, garov
  • Izoh: Masalan har oyda yoki har chorakda

Yuklab oling

YURIDIK SHAXS BILAN TUZILGAN KREDIT SHARTNOMASI

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma tuzilgan joy

 

 

Kreditor bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli banki nomidan Kreditor bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sanadagi Bank boshqaruvchisiga berilgan ishonchnoma raqami-sonli ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda – “Kreditor”) bir tomondan, Qarz oluvchi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchiQarz oluvchi tashkilot nomidan ish olib boruvchi vakilning F.I.O.si (keyinchalik matnda – “Qarz oluvchi”) ikkinchi tarafdan (birgalikda “Tomonlar” deb nomlanadi) ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

Kreditor Qarz oluvchiga mazkur shartnomada koʻrsatib oʻtilgan miqdorda va shartlar asosida kredit berish majburiyatini, Qarz oluvchi esa oʻz navbatida olingan kreditni belgilangan muddatda qaytarish va kreditdan foydalanganligi uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.

KREDITNING SHARTLARI

Kredit summasi Kredit summasi

Kreditdan foydalanish muddati Kreditdan foydalanish muddati oy (shu jumladan imtiyozli davr Kredit bo‘yicha berilgan imtiyozli muddat oy).

Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar ushbu shartnomaning ilovasida koʻrsatilgan jadvalga asosan Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni to‘lash usuli usulida toʻlanadi.

Kredit boʻyicha foiz stavkasi yillik Kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasi .

Kreditning maqsadi: Kredit maqsadi

Kredit obyekti: Kredit obyekti.

 

 

TASDIQLASH VA KAFOLATLAR BERISH

 

Qarz oluvchi quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:

-Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan tashkil qilingan va roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxs hisoblanadi hamda shartnomani tuzish va uni bajarish uchun fuqarolik huquq layoqatiga ega ekanligini;

-ushbu shartnomani tuzish va uni bajarish hamda shartnomaning barcha shartlari Qarz oluvchining taʼsis hujjatlariga zid emasligini;

-kredit olish va uni rasmiylashtirish uchun Kreditorga taqdim etilgan/etiladigan barcha hujjat va maʼlumotlar haqiqiyligini;

-Kreditorga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar haqiqiyligi va ular oʻzining haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirishini;

-Qarz oluvchiga nisbatan uchinchi shaxslar oldida mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligini.

3.2. Qarz oluvchi Kreditor tomonidan ajratilayotgan kredit toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kredit axborot tahliliy markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga taqdim etilishiga oʻz roziligini beradi.

 

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

 

Kreditorning majburiyatlari:

Qarz oluvchiga ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan miqdordagi kredit mabligʻini, shartnomaning 2.7-bandida belgilangan maqsadda foydalanish uchun ajratish.

Kreditdan foydalanish hisobini yuritish, kredit boʻyicha qarzni qaytarish va foizlarni hisoblash maqsadida ssuda hisobvaragʻini ochish.

Qarz oluvchini kreditni muddatidan oldin undirish sabablari haqida xabardor qilish.

Kredit mablagʻlari Kreditor tomonidan jalb etilgan resurslar hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan hollarda, resurs beruvchining (Kreditor) shartlari bajarilganidan soʻng ajratish.

Qarz oluvchining majburiyatlari:

Kreditni va u boʻyicha hisoblangan foizlarni mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorda toʻliq qaytarish;

Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida tegishli tarzda rasmiylashtirilgan Kredit qaytarilishini taʼminlash maqsadida kredit taʼminotining qaysi turi qo‘llangan taqdim etish;

Kreditdan foydalanish davrida kreditlashning qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillariga rioya qilish;

Qarz oluvchining moliyaviy ahvolini, kredit qaytarilishining moliyaviy imkoniyatlarini, kreditdan maqsadli foydalanilganligini va qurilish jarayoni holatini oʻrganish va tahlil qilish uchun Kreditorga Qarz oluvchi o‘zining moliyaviy ahvoli haqida kreditorga qancha muddatda maʼlumot taqdim etib borishi lozim soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balanslari, foyda va zararlar boʻyicha moliyaviy hisobotlar va boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish;

Bunday hisobot Kreditorga chorak/oy tugaganidan soʻng bir oydan koʻp boʻlmagan muddat ichida taqdim etilishi shart.

Har moliya yili yakunidan soʻng, 90 kun ichida mazkur moliya yili boʻyicha oʻrnatilgan buxgalteriya hisobi standartlariga asosan tayyorlangan, tegishli soliq idoralarida tasdiqlangan Qarz oluvchining toʻliq moliyaviy hisobotini taqdim etish. Bunday hisobot toʻliq auditorlik xulosasi va Qarz oluvchining rahbariyatiga yozilgan uning buxgalteriya hisobi va tartibi tizimining hamda moliyaviy nazorat choralarining monandliligi (adekvatliligi) yuzasidan sharhlarni oʻz ichiga olgan auditorlarning xati bilan birgalikda taqdim etilishi lozim.

Qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga, kreditning qaytarilishiga va foizlarning toʻlanishiga, shuningdek kreditlanayotgan loyihani amalga oshirilishiga salbiy taʼsir qiluvchi har qanday sezilarli oʻzgarishlar yoki vujudga kelgan sharoitlar haqida Kreditorga Qarz oluvchi tashkiliy-huquqiy shaklining o‘zgarishi yoki moliyaviy ahvoli o‘zgarganligi to‘g‘risida Kreditorni nechi kun oldin yozma ravishda xabardor qilish kerak ichida xabar berish.

Kreditor xodimlarini maqsadli tekshirishlar (qarz oluvchining moliyaviy holati, hisob yuritish hamda hisobot berish ahvoli, kreditdan maqsadli foydalanish, kreditlangan tovar-moddiy boyliklarning hamda garovga qoʻyilgan mulkning saqlanish va butligi masalalari boʻyicha) oʻtkazishi uchun ishlab chiqarish, ombor, xizmat va boshqa binolarga kiritish, shuningdek ularning talablariga asosan birlamchi hisobot va buxgalterlik hujjatlari bilan tanishtirish;

Maqsadli tekshirishlarni oʻtkazish muddati Kreditor tomonidan belgilanadi.

Oʻzining faoliyatini amalga oshirish va mazkur shartnoma shartlarini bajarish uchun lozim boʻlgan barcha ruxsat va litsenziyalarni oʻz vaqtida olish va ularni muddatini uzaytirish.

Tashkiliy-huquqiy shaklining oʻzgarishi yoki qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga oʻz taʼsirini oʻtkazuvchi har qanday boshqa qayta tashkil etish holatlari haqida Kreditorni Qarz oluvchi tashkiliy-huquqiy shaklining oʻzgarishi yoki moliyaviy ahvoli oʻzgarganligi toʻgʻrisida Kreditorni nechi kun oldin yozma ravishda xabardor qilish kerak kun oldin yozma ravishda xabardor qilish;

4.2.8. Moliyaviy ahvoliga taʼsir qiluvchi sud tartibida koʻrilayotgan nizolar hamda oʻzining moliyaviy holati boʻyicha kreditning qaytarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa oʻzgarishlardan Kreditorni Qarz oluvchi moliyaviy ahvoliga taʼsir qiluvchi sud tartibida ko‘rilayotgan nizolar to‘g‘risida Kreditorni nechi kun oldin yozma ravishda xabardor qilish kerak kun ichida xabardor qilish.

 

TOMONLARNING HUQUQLARI

 

Kreditorning huquqlari:

Kredit shartnomasi imzolangunga qadar, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanganligini ekspertizadan oʻtkazish, kredit yigʻma jildini tahlil qilish;

Kreditlash jarayonida ajratilgan kreditga tegishli boʻlgan buxgalteriya va statistik hisobotlarni (korxonaning moliyaviy-xoʻjalik ahvoli, kreditdan maqsadli foydalanish, kreditning taʼminlanganligi, kredit qaytarilishining moliyaviy imkoniyatlari, toʻlovga layoqatliligi va boshqalar) olish va tahlil qilish;

Qarz oluvchi toʻlovga layoqatsiz deb topilganda, kreditni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, taqdim etilgan kreditni qaytarilishiga taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumot va hisobotlarning haqiqiy emasligi shartnoma imzolangandan keyin aniqlanganda ushbu shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortish;

Quyidagi hollarda undiruvni kredit taʼminotiga qaratish orqali undirish:

-kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda;

-kreditni qaytarish jadvalida belgilangan miqdor hamda muddatlarni Qarz oluvchi kreditni qaytarish muddatiga necha marta amal qilmaganda kreditor undiruvni kredit taʼminotiga qaratish huquqiga ega bo‘ladi marotaba buzgan holda asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmaganda;

-Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashganda (zararlar, nolikvid balans va boshqalar), buxgalterlik hisobi lozim darajada yuritilmaganda;

-biznes reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilmaganda;

-mazkur shartnomaga asosan Qarz oluvchi hisobot maʼlumotlarini taqdim etmaganda, Kreditor nazoratidan bosh tortganda;

-kreditlanayotgan loyiha, shartnomaning bajarilishiga doir Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobot va maʼlumotlarning notoʻgʻriligi (haqiqiy emasligi) aniqlanganda;

-Qarz oluvchi tomonidan Kreditorga kredit hujjatlari rasmiylashtirilayotganda taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqiy emasligi aniqlanganda;

-ajratilgan kreditning qaytarilishi turli sabablarga koʻra taʼminlanmagan boʻlib qolgan hollarda, yoki Kreditor xulosasiga koʻra taqdim etilgan taʼminot toʻliq yoki qisman oʻz qiymatini yoʻqotgan yoki haqiqiy emas deb topilganda;

-mazkur shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnoma (garov, kafolat, sugʻurta va b.) shartlari bajarilmaganda yoki buzilganda.

Bunday hollarda, Kreditor qarzdorni Kreditor undiruvni kredit taʼminotiga qaratishi haqida qarz oluvchiga necha kun oldindan xabar berishi lozim kun oldin xabardor qiladi.

Bevosita Qarz oluvchi joylashgan joyda maqsadli tekshirishlarni amalga oshirish.

Qarz oluvchining kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni Kredit axborot tahliliy markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga taqdim etish.

Mazkur Shartnoma boʻyicha Kreditor oʻzining talablarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan tegishli pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga muvofiq Qarz oluvchining barcha hisobvaragʻlaridan uning topshirigʻisiz soʻzsiz (akseptsiz) tartibda toʻlov talabnomasi yoki memorial order orqali undirish.

Qarz oluvchining huquqlari:

Kredit mablagʻlari ajratilguniga qadar kredit olishdan bepul asosda voz kechish.

Kredit mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarish.

Kredit qarzorliklari boʻyicha Kreditordan maʼlumotlar olish.

Kreditlash va hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Kreditorning ichki meʼyoriy hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida maʼlumot olish.

HISOB-KITOBLAR TARTIBI

 

Kreditor kreditni mazkur shartnomada koʻrsatilgan shartlar asosida Qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan pul oʻtkazish yoʻli bilan tovar-moddiy boyliklar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar)ga toʻlash uchun ajratadi.

Qarz oluvchi berilgan kredit uchun foizlarni Kreditorga mazkur shartnomada belgilangan muddatda va miqdorda toʻlaydi.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar har kuni Kreditor tomonidan hisoblab boriladi.

Qabul qilingan muddatli majburiyatnomalar hamda mazkur shartnoma shartlariga asosan ajratilgan kreditni hamda u boʻyicha foizlarni qaytarish toʻlov topshiriqnomasi orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Qarz oluvchi tomonidan kredit va foizlarni qoplash uchun amalga oshirilgan toʻlovlar quyidagi navbatda kreditni soʻndirishga yoʻnaltiriladi:

-neustoyka;

-muddati oʻtgan kredit foizi;

-muddati oʻtgan kredit boʻyicha asosiy qarz;

-muddatli kredit foizi;

-muddatli kredit boʻyicha asosiy qarz.

6.6. Qarz oluvchi tomonidan kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganda, Kreditor qarz oluvchining barcha hisobvaragʻidan kerakli summani uning topshirigʻisiz soʻzsiz (akseptsiz) tartibda toʻlov talabnomasi yoki memorial order orqali undirib oladi.

 

KREDIT QAYTARILISHINING TAʼMINOTI VA UNI RASMIYLASHTIRISH

 

Mazkur shartnoma asosida ajratilgan kredit Kredit qaytarilishini taʼminlash maqsadida kredit taʼminotining qaysi turi qoʻllangan bilan taʼminlanadi.

Kreditor Qarz oluvchidan kredit qaytarilishi uchun qoʻshimcha taʼminot talab qilish huquqiga ega.

Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishi uchun turli taʼminot turlari qabul qilinishi mumkin.

Undiruvni taʼminot predmetiga qaratishga toʻgʻri kelganda, Kreditor oʻz xohishi bilan undiruvni taʼminotning xohlagan bir turiga yoki hammasiga qaratishga haqli.

Kredit boʻyicha majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq barcha harajatlar Qarz oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Qarz oluvchi kredit taʼminotini kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqdorda ushlab turish majburiyatini oladi.

Kreditor ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatini kredit olish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlar, xususan kredit qaytarilishining taʼminlanishini belgilovchi hujjatlar belgilangan tartibda toʻliq rasmiylashtirilgandan va ular olingandan soʻng taʼminlaydi.

 

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati oʻtgan kredit), Qarz oluvchi Kreditorga butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda, Qarz oluvchi Kreditorga butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining necha foizi miqdorida to‘lov to‘laydi

Mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Kreditor qarz oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,1% miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 10 % dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.

Tomonlarning foiz yoki penyalar toʻlashi shartnoma shartlarini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Mazkur shartnomada belgilanmagan holatlar uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

 

NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

9.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

9.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

 

FORS-MAJOR HOLATLAR

 

Agar shartnoma imzolangandan soʻng, Tomonlarning erki va istagiga bogʻliq boʻlmagan hamda oldindan koʻra bilib yoki oldini olib boʻlmaydigan, favqulodda vaziyatlar oqibatidagi yengib boʻlmas kuch tufayli Tomonlar mazkur Shartnoma boʻyicha olgan majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajara olmasalar (fors-major), buning uchun ular javobgar boʻlmaydilar.

Tomonlar fors-major holatlari vujudga kelganligi va tugaganligi haqida imkon qadar zudlik bilan yozma ravishda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.

Fors-major xolatiga asoslanayotgan Tomon, vakolatli davlat idorasining bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi shart.

 

BOSHQA SHARTLAR

11.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Kreditorda, ikkinchi nusxasi Qarz oluvchida saqlanadi.

11.2. Ushbu shartnoma Tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻladi.

11.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, Tomonlar yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

11.4. Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishida Qarz oluvchi kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni toʻliq qaytarishi shart.

11.5. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Kreditor

 

Qarz oluvchi

Kreditor bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Qarz oluvchi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Bank manzili

Manzil: Qarz oluvchi tashkilotning manzili

H/r: Bank hisob raqami Qarz oluvchi tashkilotning hisob raqami

STIR: Bank STIR raqami

Qarz oluvchi tashkilotning STIR raqami

Tel: Bankning telefon raqami

Qarz oluvchi tashkilotning elektron pochtasi

Bank boshqaruvchisining F.I.O.si

_________________________________

(Imzo, muhr)

Tel: Qarz oluvchi tashkilotning telefon raqami

 

Qarz oluvchi tashkilot nomidan ish olib boruvchi vakilning F.I.O.si

______________________________

imzo

Kredit shartnomasi yuridik shaxs uchun

Kredit shartnomasi bo‘yicha bir tomon – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (qarz beruvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdor va shartlar bo‘yicha boshqa tomonga (qarz oluvchiga) mablag‘ (kredit) berishni va qarz oluvchi olingan pul miqdorini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kredit shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.