O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Buyurtmachi taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
Tashuvchi taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish boʻyicha

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Oʻzbekiston Respublikasi Buyurtmachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan ish koʻruvchi Buyurtmachi tashkilot nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si,bundan keyin “Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan va Tashuvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli rahbari Tashuvchi taraf nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si,bundan keyin “Tashuvchi” deb ataluvchi ikkinchi tomondan quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzdilar.

 

I.SHARTNOMANING MAVZUSI

Buyurtmachi Tashuvchi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyati boshlanish vaqti sanasidan Tashuvchi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyati tugash vaqti sanasigacha boʻlgan muddatda Tashuvchiga ushbu shartnomaning 1-ilovasida belgilangan shartlarda, Yo‘lovchi tashish faoliyatining harakat yo‘nalishi raqami-sonli Yo‘lovchi tashish faoliyatining harakat yo‘nalishi nomi yoʻnalishida yoʻlovchilarni muntazam tashishni amalga oshirish huquqini beradi.

 

II. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. “Tashuvchi”ning majburiyatlari:

2.1.1. Shartnomaning ilovasida belgilangan yoʻnalishga xizmat koʻrsatishning talab va shartlari toʻliq rioya qilish;

2.1.2. Shartnomaning amaldagi muddati davomida transport xizmati koʻrsatish uchun berilgan yoʻnalishda yoʻlovchilarni muntazam tashish;

2.1.3. Xizmat koʻrsatish chogʻida tashish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda muntazam yoʻnalishda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga ega boʻlish;

2.1.4. Sertifikatga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanish;

2.1.5. Yoʻlovchilar va bagaj tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilish;

2.1.6. Yoʻlovchining xavfsizligini, xizmat koʻrsatishning zarur qulayliklari va shartlarini taʼminlash;

2.1.7. Ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarish;

2.1.8. Tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz koʻrgan zararni qoplash;

2.1.9. Fuqarolarning ayrim toifalarini bepul va imtiyozli tashish;

2.1.10. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish;

2.1.11. Yoʻnalishning belgilangan sxemasidan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqmaslik, harakat jadvalini buzmaslik hamda yoʻlovchilarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan biron-bir talabni qoʻymaslik.

2.1.12. yoʻnalish talablari hamda ochiq tenderda tashuvchi tomonidan lot boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar va takliflarga muvofiq xizmatlarni koʻrsatish.

Tashuvchining boshqa majburiyatlari

2.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

2.2.1. Tashuvchidan shartnoma shartlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tushgan takliflarni oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish;

2.2.2. Tashuvchining avtotransport vositalariga muntazam yoʻnalishda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini tasdiqlovchi guvohnomani taqdim etish;

2.2.3. yoʻlovchilarning huquqlari taʼminlanishini nazorat qilish;

2.2.4. yoqilgʻi-moylash materiallari, elektr energiyasi, asosiy ehtiyot qismlar va materiallar narxlari oʻzgarganda tariflarni oshirish yoki kamaytirish boʻyicha Tashuvchining taklif va xisob-kitoblarini koʻrib chiqishi;

2.2.5. yoʻnalish boʻyicha belgilangan tariflarni oʻzgartirilganligi haqida Tashuvchiga xabar berish;

2.2.6. shartnoma bir tomonlama bekor qilingan taqdirda 5 kun muddatda Tashuvchini yozma ravishda xabardor qilish.

Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

 

2.3. “Tashuvchi”ning huquqlari:

2.3.1. fuqarolar hayotiga, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarga sabab boʻluvchi holatlarda tashishdan voz kechish;

2.3.2. shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki shartnomani bekor qilish yuzasidan Buyurtmachiga asoslangan takliflar kiritish;

2.3.3. Buyurtmachi tomonidan shartnoma asossiz ravishda bekor qilinganda sud organlariga murojaat qilish;

2.3.4. oʻz ixtiyori bilan Buyurtmachini xabardor qilgan holda, belgilangan tarifni pasaytirish;

2.3.5. Tashuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Tashuvchining boshqa huquqlari

 

2.4. Buyurtmachi”ning huquqlari

2.4.1. Mazkur shartnoma talab va shartlariga, shuningdek, yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

2.4.2. Tashuvchi tomondan shartnoma shartlariga rioya etilmaslik holatlari ikki marotabagacha qayd etilgan taqdirda Tashuvchiga ogohlantirish va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatma berish;

2.4.3. quyidagi hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish:

a) monitoring natijalariga koʻra Tashuvchining lot boʻyicha bergan takliflari haqiqiy emas deb topilsa;

b) tashuvchi shartnoma talab va shartlarini uch marotaba buzsa;

v) tashuvchining litsenziyasi bekor qilinsa, tugatilsa yoki sud qaroriga asosan oʻn kundan ortiq muddatga toʻxtatilsa.

2.4.4. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Buyurtmachining boshqa huquqlari

 

III. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

3.1. Tomonlar ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradi.

 

IV. YENGIB BOʻLMAYDIGAN KUCH (FORS-MAJOR) HOLATLARI

 

4.1. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.

4.2. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

4.3. Agar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari besh kundan koʻp vaqtga choʻzilsa, u holda Buyurtmachi va Tashuvchi qanday choralar koʻrilishini muhokama qiladilar.

V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

5.1. Mazkur shartnomani tuzish, ijro etish, oʻzgartirish va bekor qilishda vujudga keladigan nizolarni Tomonlar muzokaralar yoʻli bilan hal etish choralarini koʻradilar.

5.2. Tomonlar nizolarni hal eta olmasalar, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

VI. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

 

6.1. Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnomaning 1.1. bandida belgilangan muddatlarda amalda boʻladi.

6.2. Mazkur shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tomonlarning kelishuviga koʻra, shuningdek, shartnomaning 2.4.3. bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

6.3 Mazkur shartnoma tomonlarning har biri uchun bir xil teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzildi.

 

VII. SHARTNOMAGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

 

7.1. Yoʻnalishga xizmat koʻrsatishning talab va shartlari mazkur shartnomaning ilovasida berilgan boʻlib, shartnomaning ajralmas qismi xisoblanadi.

 

VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI VA YURIDIK MANZILLARI

TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

Buyurtmachi:

Tashuvchi:

Manzil: Buyurtmachining manzili

Manzil: Tashuvchi tarafning manzili

Bank Buyurtmachining hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank Tashuvchi tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Buyurtmachining hisob raqami

H/R: Tashuvchi tarafning hisob raqami

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

STIR: Tashuvchi tarafning STIR raqami

Telefon: Buyurtmachining telefon raqami

Telefon: Tashuvchi tarafning telefon raqami

 

 

Shartnoma tuzilgan sana sanadagi Shartnoma raqami - sonli

shartnomaga ilova

 

Yoʻnalishga xizmat koʻrsatish talab va shartlari

 

Tashuvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli rahbari Tashuvchi taraf nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si, bundan keyin “Tashuvchi” Tashuvchi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyati boshlanish vaqti sanasidan Tashuvchi tomonidan yo‘lovchi tashish faoliyati tugash vaqti sanasigacha boʻlgan muddatda quyida keltirilgan shartlarda, Yo‘lovchi tashish faoliyatining harakat yo‘nalishi raqami-sonli Yo‘lovchi tashish faoliyatining harakat yo‘nalishi nomi yoʻnalishida yoʻlovchilarni tashishni amalga oshiradi.

 

1. Tashuvchi yoʻnalishda yoʻlovchilarni tashish uchun quyidagi davlat raqamiga, rusumiga, oʻrindiqlar soniga mos keluvchi jami Yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan avtotransportlar soni dona avtotransportdan foydalanadi:

t№

Avtotransport rusumi

Davlat raqami

Oʻrindiqlar soni

Umumiy sigʻimi

11.

 

 

 

 

22.

 

 

 

 

33.

 

 

 

 

44.

 

 

 

 

55.

 

 

 

 

 

Tashuvchi yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda quyidagi choralarni koʻradi:

yoʻlovchilarni tashishda Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi va “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalari” va “Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar” va “Yoʻl harakati qoidalari”ga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash hamda ularda belgilangan talab va shartlarning toʻliq bajarilishini taʼminlashga tashuvchi (birinchi rahbar) shaxsan javobgar;

2.2. yoʻlovchilarni sifatli tashish va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish, transport vositalarini boshqarish huquqi uchun muvofiq toifaga, shuningdek shaharlararo yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida belgilangan ish stajiga va tajribaga ega boʻlgan haydovchilarni ishlatishni taʼminlash;

2.3. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida tashuvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha belgilangan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;

2.4. Agar tashuvchining lot boʻyicha taqdim qilgan taklifida avtotransport vositalari navigatsiya hamda toʻlovni avtomatik qabul qiluvchi validator qurilmalari bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot bergan boʻlsa, u holda navigatsiya va validator qurilmalarini doimiy ravishda ishlashini taʼminlash, qurilmalarni haydovchilar tomonidan oʻchirib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaslik;

2.5. belgilangan ish tartibi, tasdiqlangan qatnov jadvali, harakatlanuvchi tarkibning yoʻnalishda ishlashi uchun rejalashtirilgan soniga qatʼiy amal qilish;

2.6. shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda qatnovchi avtobuslar taxograflar bilan jixozlangan boʻlishini va ularning doimiy soz holda ishlashini taʼminlash;

2.7. har bir avtobus va mikroavtobusning salonida yoʻnalish sxemasi, yoʻl haqi qiymatining tarif jadvali osib qoʻyilishini, “Tashuvchi”ning telefon raqamlari, lyuk, derazalarni shoshilinch ochish usullari va yoʻl-transport xodisasi yuz berganida avtobus salonidagi oynalarni koʻchirish usullari toʻgʻrisida axborotlar, oʻt oʻchirgich, aptechkalar, avariya xolatida tashqariga chiqish joylari ishoralar bilan koʻrsatib qoʻyilishi va boshqa qonunchilik talablari asosida jixozlanishini taʼminlash;

2.8. avtobusni old tomonining pastki va oʻng tomondagi oldingi eshikning yoniga yoʻnalishning raqami va qisqacha tavsifi koʻrsatilgan trafaretlar joylashtirilishi;

2.9. avtobus davlat andozasi va uni ishlab chiqargan zavodning texnik shartlariga muvofiq jixozlanishi, shu jumladan falokat yuz berganida yoʻlovchilar tashqariga chiqadigan joy, oʻrindiqlar soz xolda boʻlishi, oʻrindiqlari raqamlashtirilgan boʻlishi, saloniga kiradigan eshiklar, hech qanday toʻsiqsiz, avtomat usulda, haydovchining boshqaruvi bilan ochilib-yopilishi, mikroavtobusning salonida begona narsalar (zaxira qismlar solingan yashiklar, ishlatish uchun kerakli suyuqliklar solingan idishlar va sh.k.) saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik;

2.10. yoʻlovchilarni tashishda yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan yoʻlkira haqi tarifikatsiyasida belgilangan miqdorida tarif qoʻllash. Tashish uchun tarifni oshirish tomoniga oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik;

2.11. yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga, yoʻnalish sxemasiga muvofiq, faqat shartnoma tuzilgan avtovokzal va avtostansiyalar orqali amalga oshirilishini taʼminlash;

2.12. avtobusni ishlatish paytida harakatlanishga xavf soluvchi, transport vositasi tizimlari va mexanizmlarida texnik tomondan buzilish yuz bersa avtobusni toʻxtatish, hamda eshiklarni (zarurat boʻlsa avariya lyuklarini) ochish, yoʻlovchilarni salondan pastga tushirish, ularni mavjud chiptalari bilan, shu yoʻnalish boʻylab kelayotgan keyingi avtobusga chiqarishni tashkil qilish;

2.13. haydovchi qatnov oldidan avtobusning kunlik texnik koʻrikdan oʻtganligi va oʻzining kunlik tibbiy koʻrikdan oʻtganligini qayd ettirilgan yoʻl varaqasini olib yurishini talab qilish;

2.14. transport vositalarining yoʻnalishda muntazam ravishda qatnovini taʼminlash uchun transport vositalari yoʻnalishdan chiqib ketgan vaziyatlarda avtobuslarni bir yoʻnalishdan ikkinchi yoʻnalishga oʻtkazish. Texnik yoki boshqa sabablarga koʻra yoʻnalishdan chiqib ketgan avtotransportlarni tezkorlik bilan almashtirish uchun Zaruriy hollarda foydalanish uchun zahira avtotransportlarining sonita zaxira avtotransptortga ega boʻlish;

2.15. avtotransport vositalari salonida haydovchilar va yoʻlovchilarga chekish, faqat oʻtirib ketish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari salonida oʻrindiqlar sonidan ortiq yoʻlovchilarni olib yurish, avtobus salonida va tomida yuk tashish, salonda spirtli ichimliklar ichish qatʼiyan man etiladi.

 

 

 

Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma

Qonunchilikka ko‘ra, tashuvchi bu mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat shartlari asosida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tayyorlangan mazkur shartnoma namunasining mazmuni va matni qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.