TRANSPORT EKSPEDITSIYASI SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana |
Ekspeditor (avtotransport korxonasi) tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ekspeditor (avtotransport korxonasi) korxonasining vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Ekspeditor (avtotransport korxonasi) nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si bir tomondan va Mijoz (yuridik shaxs)ning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Mijoz (yuridik shaxs)ning vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Mijoz (yuridik shaxs)ning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.siikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha Ekspeditor haq evaziga va Mijoz hisobidan shartnomada belgilangan yuk tashish bilan bogʻliq xizmatlarni bajarish, Mijoz esa bajarilgan xizmatlar uchun haqni toʻlash majburiyatini oladi.
2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Ekspeditorning majburiyatlari:
2.1.1. oʻzi yoki Mijoz tanlagan transportda va yoʻnalishda yuk tashishni tashkil etish;
2.1.2. Mijoz yoki oʻzining nomidan yuk tashish shartnomasi (shartnomalari)ni tuzish;
2.1.3. yukning joʻnatilishini va olinishini taʼminlash;
2.1.4. yuk tashish bilan bogʻliq boshqa barcha ishlarni bajarish;
2.1.5. eksport yoki import uchun talab qilinadigan hujjatlarni olish;
2.1.6. bojxona rasmiyatchiliklari yoki oʻzga rasmiyatchiliklarni bajarish;
2.1.7. yukning miqdorini va holatini tekshirish;
2.1.8. yukni ortish va tushirish;
2.1.9. Mijoz zimmasiga yuklatiladigan bojlar, yigʻimlar va boshqa xarajatlarni toʻlash;
2.1.10. yukni saqlash, uni belgilangan manzilda olish kabi yukni yetkazib berish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirish;
2.1.11. Mijozdan olingan axborotdagi aniqlangan kamchiliklar haqida unga xabar qilish, axborot toʻliq boʻlmaganida esa, Mijozdan zarur maʼlumotlarni talab qilib olish;
2.1.12. shartnomada belgilangan boshqa operatsiyalar va xizmatlarni bajarish.
Ekspeditor (avtotransport korxonasining boshqa majburiyatlari
2.2. Mijozning majburiyatlari:
2.2.1. Ekspeditorning oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma berish;
2.2.2. Ekspeditorga hujjatlar hamda yukning xossalari, uni tashish shartlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotni, shuningdek ekspeditor mazkur shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni berish;
2.2.3. Ekspeditor tomonidan bajarilgan xizmatlar uchun haqni shartnomaning 3.1 va 3.2-bandlarida koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda toʻlash.
Mijoz (yuridik shaxs)ning boshqa majburiyatlari
3. SHARTNOMA SUMMASI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
3.1. Bajarilgan xizmatlar uchun haq Bajarilgan xizmatlar uchun Mijoz tomonidan to‘lanadigan mablag‘ miqdori soʻmni tashkil etadi.
3.2. Mijoz shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan summaningOldindan to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ miqdori (foizda) foizi miqdorida toʻlovni oldindan toʻlov tartibida Oldindan to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ni to‘lash muddatigacha amalga oshiradi. Qolgan summani shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilgandan soʻng Asosiy summani to‘lash muddati (sana) kun ichida toʻlaydi.
3.3. Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar Taraflar o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirish turi orqali amalga oshiriladi.
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
4.1. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Ekspeditor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar boʻladi.
4.2. Agar Ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, Ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi Ekspeditor oldida javobgar boʻladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
4.3. Mijoz shartnomaning 2.2.2-bandida koʻrsatilgan axborotni taqdim etish majburiyatini buzganligi munosabati bilan Ekspeditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
4.4. Mazkur shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortilganida, bu haqda maʼlum qilgan taraf shartnomaning bekor qilinishi tufayli koʻrilgan zararni ikkinchi tarafga toʻlaydi.
4.5. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
4.6. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Taraflar o‘rtasida kelib chiqqan nizolarni hal etish yuzasidan murojaat qilinuvchi sud nomidan koʻrib chiqilishi belgilanadi. Taraflar oʻrtasida kelib chiqqan nizolarni hal etish yuzasidan murojaat qilinuvchi sud nomi sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
5. BOSHQA SHARTLAR
5.1. Mijoz shartnomaning 2.2.2-bandida koʻrsatilgan zarur axborotni taqdim etmagan taqdirda, Ekspeditor bunday axborot taqdim etilgunga qadar tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslikka haqli.
5.2. Ekspeditor oʻz majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash Ekspeditorni mazkur shartnomaning bajarilishi uchun Mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
5.3. Mijoz yoki Ekspeditor Taraflardan biri shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortgan hollarda ikkinchi tarafni ogohlantiruvchi muddat oldin boshqa tarafni ogohlantirib, shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
5.4. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.
5.5. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega va taraflarga bir nusxadan beriladi.
TARAFLARNING REKVIZITLARI
EKSPEDITOR: |
MIJOZ: |
Manzil: Ekspeditor (avtotransport korxonasi)ning manzili |
Manzil: Mijoz (yuridik shaxs)ning manzili |
Bank Ekspeditor (avtotransport korxonasi)ning hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank Mijoz (yuridik shaxs)ning hisob raqami joylashgan bank nomi |
H/R: Ekspeditor (avtotransport korxonasi)ning hisob raqami |
H/R: Mijoz (yuridik shaxs)ning hisob raqami |
STIR: Ekspeditor (avtotransport korxonasi)ning STIR raqami |
STIR: Mijoz (yuridik shaxs)ning STIR raqami |
Telefon: Ekspeditor (avtotransport korxonasi)ning telefon raqami Ekspeditor (avtotransport korxonasi) nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si (imzo, muhr) |
Telefon: Mijoz (yuridik shaxs)ning telefon raqami Mijoz (yuridik shaxs)ning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si (imzo, muhr) |
Qonunchilikka ko‘ra, ekspeditor — transport ekspeditsiyasi shartnomasi tomoni — tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs. U temir yo‘l, suv, avtomobil transportida yuklarni tashish, shuningdek, yuklarni, tavakkalchiliklarni, transport vositalarini sug‘urtalash, yuklar va hujjatlarni rasmiylashtirish, joylashtirish, saqlash, ishlov berish, deklaratsiyalash va bojxona tartibotlari, transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha keng va turli ishlar kompleksini bajaradi, shuningdek, ushbu tashishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni taʼminlaydi va mijozning transport korxonalari oldidagi manfaatlarini himoya qiladi.
Transport-ekspeditorlik xizmati — yukni jo‘natish va qabul qilib olish jarayonini tashkil etish, shuningdek, transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq yuk tashishga aloqasi bo‘lgan boshqa ish turlarini bajarish bilan bog‘liq transport xizmati turi.
Mazkur shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.